2.Respublika sportchilarining Markaziy Osiyo, Osiyo o'yinlari va jahon musobaqalaridagi ishtiroki
Mustaqillik tufayli respublika sportchilari dastlabki yillar-dan boshlaboq xalqaro miqyosdagi rasmiy hamda nufuzli sport musobaqalarida faol ishtirok etish, yuksak g'alabalarni qo'lga kiritishga musharraf bo'lishdi.
1994-yil 11-19-aprelda Toshkentda Markaziy Osiyo res-publikalari futbol jamoalarining birinchi turniri bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston 4 ochko bilan oldingi o'rinni egalladi. Turkmaniston va Qozog'iston futbolchilari esa 2 tadan och-koga ega bo'lib, keyingi 2-3-o'rinlarni egalladi.
1995-yil 3—8-sentabrda Toshkentda Markaziy Osiyo res-publikalarimng birinchi o'yini bo'ldi. Bunda XOQ prezidenti XA.Samaranch tabrik so'zi bilan qatnashdi. O'yinlar das-turida tennis, og'ir atletika, boks, qilichbozlik, suzish, yengil atletika va boshqa turlar bor edi. Tennis, boks, og'ir atletika, basketbol va boshqa turlarda O'zbekiston yaxshi natijalarga erishdi. Umumjamoalar o'rtasida Qozog'iston 42 ta oltin, 37 ta kumush va 17 ta bronza, jami 96 ta medalni egallab birinchi bo'lishdi. O'zbekiston: 37, 35 va 25, jami — 97 ta medalga ega bo'lib ikkinchi va Qirg'iziston esa 11, 10, 27 -jami 48 ta medal olib, uchinchi o'rinni egalladi. Tojikiston (1 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza) 10 ta va Turkmaniston 23 ta (8 ta kumush, 15 ta bronza) medallar bilan keyingi o'rinlarni egalladi.
Futbol, yengil atletika, kurash, boks, tennis, basketbol, ot sporti va boshqa sport turlari bo'yicha Markaziy Osiyo res-publikalari sportchilarning xalqaro turnirlari, o'zaro o'rtoqlik uchrashuvlari qizg'in bo'lib o'tmoqda. Ayniqsa, Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik va saralash rasmiy musobaqalarida O'zbekiston va Qozog'iston bilan teppa-teng bo'lib kelmoqda.
1999-yil oktabrda Bishkekda Markaziy Osiyo respub-likalarining uchinchi o'yini bo'lib o'tdi. Unda sportning 9 turi bo'yicha 96 kishi qatnashdi. Umumiy hisobda O'zbekiston uchinchi o'rinni egalladi.
Shu yili kuzda Toshkentda boks bo'yicha Osiyo chem-pionati bo'lib o'tdi. Unda D.Yo'ldoshev, ARaximov, T.Turg'unov, S.Mixaylov, R.Chagayev, R.Saidovlar o'z vaznlarida oltin medalga sazovor bo'lishdi.
1994-yil 2—15-oktabrda Yaponiyaning Xirosima shahrida XII Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda ilk bor O'zbekiston sportchilari ham ishtirok etdi. Futbol bo'yicha respublikamiz terma jamoasi (bosh murabbiy RAkramov) xitoyliklar bilan so'nggi uchrashuvda g'ohb kehb, ularning shuhrati Osiyoda keng tarqaldi. Respublikamiz barcha bellashuvlarda 40 ta medalni (10 ta oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza) qo'lga kiritdi.
Sportchilar orasida A.Avazboyev (baydarka), O.Maskayev (boks), Sh.Ahmedov, N.Ripichev, E.Osmonov (o'q otish), O.Yarigina (nayza uloqtirish), R.Ganiyev (o'n kurash) vaboshqalar chempionlik unvoiiiga sazovor bo'lishdi.
1994—2005-yilda Respublika Prezidenti kubogi uchun tennis bo'yicha xalqaro turnirlar, boks bo'yicha Osiyo chem-pionati (sentabr - 1996) va kurash, boks, sharqona yakka kurashlar, sport o'yinlari bo'yicha juda ko'p rasmiy muso-baqalar, turnirlar Toshkentda o'tkazildi.
1991—2005-yillar davomida at-Termiziy, Amir Temur, Miizo Bobur, Jaloliddin Manguberdi kabi ulug' allomalar, sarkardalar xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan kurash hamda boshqa turlar bo'yicha xalqaro turnirlar O'zbekiston sport tarixidan keng joy oldi.
Sharqona yakka bellashuvlar (karate, taekvando, ushu, kikboksing va hokazo) bo'yicha juda ko'p yosh sportchilar (ular orasida 9—11—13 yoshli Abdumavlonovlar ham bor) xalqaro turnirlar va jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Ularning memiati va shuhrati Prezident hamda Respublika hukumati tomonidan haqli ravishda taqdir-lanmoqda.
1998-yil Moskvada birinchi xalqaro yoshlar o'yini bo'lib o'tdi. Unda 131 mamlakatdan sportchilar qatnashadi. O'zbekiston yoshlari saflda 109 kishi bo'lib, sportning 11-turida ishtirok etishdi. Umumjamoalar orasida O'zbekiston faxrli 13-o'rinni egalladi. Kurashchilar o'yindagi 10 ta medalning 8 tasini (1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza) egalladi. Dilshod Mansurov erkin kurashda oltin medal so-hibi bo'ldi. 1998-yil XIII Osiyo o'yinlarida (Bangkok) respublika sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etadi. 41 mam-lakat sportning 36 turi bo'yicha o'z vakillarini yuborgan edi. Faqat Xitoy, Yaponiya Tailand va Koreya to'la dasturda ishtirok etdi. O'zbekiston sportchilari 21 tur bo'yicha qat-nashdi. Umumiy hisobda respublikamiz sportchilari 10-o'rrnni egalladi.
Bu Xirosimadagi o'rindan ikki barobar past edi. Uning sababi shundaki, shtanga, gimnastika, o'q otish, tennis, sinxronli suzish, taekvando va xokkey sport turlarida o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadilar. V.Shin boshchiligidagi M.Abdullayev, S.Mixaylov, R.Chagayev boks bo'yicha chempion bo'ldi. Suv sporti turlarida jamoalarimiz 2—3-o'rinlarni egalladi. Yengil atletikachilar O.Veretelnikov (o'n kurash) va S. Voinov (nayza uloqtirish) oltin medalga sazovor bo'lishdi. Umumiy medallar soni 40 ta edi, 6 ta oltin, 22 ta kumush va 12 ta bronza.
1999-yilda IV qishki Osiyo o'yinlarida sportchilarimiz qatnashdi.
1999-yil Xyustonda boks bo'yicha jahon chempionati bo'ladi. O'.Haydarov va M.Abdullayevlar jahon chempionati unvonini egalladi.
«Yunusobod» sport majmuida Prezident kubogi bo'yicha 6-xalqaro turnir o'tkazildi.
2002-yil Janubiy Koreyaning Pusan shahrida XIV Osiyo o'yinlarida ishtirok etgan bokschilar, suv sporti vakllari, yengil atletikachilar va boshqa sportchilar muvaffaqiyatli qat-nashdilar. Sharqona yakka kurashlar, boks, milliy kurash, mtbol va boshqa sport turlari bo'yicha respublikamiz sportchilari AQSH, Angliya, Rossiya, Janubiy Koreya, Tailand va boshqa ko'pgina mamlakatlarda turli xil turnirlar birinchiUk-lari hamda rasmiy musobaqalarda ishtirok etishdi.
Umuman aytganda, O'zbekiston sportchilarining nufuzi jahondagi barcha mamlakatlarga tanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |