2.2. Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an'analarning uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga olib keldi. Shunday bo'lsa-da, eski an'analar zamirida yangi an'analar paydo bo'la boshladi.
Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari Hindistonda keng tarqaldi. Bunda ku-rash, kamondan o'q otish, yugurish, ot o'ytnlaridan foy-dalanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yog (hind gimnastikasi), ya'ni gavdaning harakat me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |