15.2. Uslubchi tomonidan o’quv faoliyatini nazorat qilish.
Uslubchi pedagoglarga mashg’ulotlarda bolalar bilan olib boriladigan ta`lim
- tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning samarali shakl va usullarini topishlarida,
uning izchil hamda asta-sekin bajarilishiga erishishlarida yordam beradi, buning
uchun esa uslubchining o’zi har bir yosh guruxidagi bolalar mashg’ulotda
egallashlari lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi hamda sifatini
belgilar ekan dasturi talablarini yaxshi bilishlari zarur. Uslubchi mashg’ulotlarga
qo’yiladigan didaktik talablar:
maqsad va dastur materialini belgilashdagi aniqliq ta`lim - tarbiyaviy
masalalarning kompleks amalga oshirilishi; mashg’ulotlar uchun optimal
mazmunni bolalarning rivojlanish va tayyorgarlik darajalariga muvofiq
tanlanganligi; o’qitishning eng ratsional metod va usullari bolalarning bilish
faolligini, ular fikrining mustaqilligini ta`minlovchi mashg’ulotning didaktik
maqsadlarga ko’ra tanlanganligi; o’rganilayotgan materialning oldingi va keyingi
materiallar bilan bog’lanishi; mashg’ulotning tashkiliy aniqligi; mantiqiy uyg’unlik
va tugallanganlik, mashg’ulot uchun ajratilgan vaqtdan maksimal foydalanish;
bolalarning dastur materialini o’zlashtirishlariga rioya qilingan-qilinmaganligiga
e`tibor berishi kerak.
Bu asosiy talablarning bajarilishi mashg’ulotlar samaradorligini ta`miilaydi.
Ma`lumki, bolalarning mashg’ulotlarda bilim egallashlari birdan-bir maqsad
emas. Tarbiyachilar oldidagi murakkabroq vazifa - egallanayotgan bilimlardan
aqliy qobiliyatlarni, bilish faoliyatiga ehtiyojni rivojlantirish vositasi sifatida
foydalanishdir. Shuning uchun uslubchining tarbiyachilar xarakterga ko’ra turlicha
mashg’ulotlarni o’tkazishlarini kuzatib borishi muhimdir.
1, Maqsadi bolalar oldiga bilish vazifalarini qo’yish, bolalarga predmetlar, ijtimoiy
hayot va tabiat hodisalari haqidagi bilimlarni berish, ularni kengaytirish hamda
aniqlashdan iborat bo’lgan yangi bilimlarni ma`lum qilish mashg’ulotlari. Bu yangi
ob`ektlarni kuzatish, badiiy asarlarni o’qish, tarbiyachining hikoya qilishidir.
Bunday mashg’ulotlar barcha yosh guruxlarida o’tkaziladi.
2. Bolalardagi jamg’arilgan (uyushgan va stixiyali) tajribalarni mustahkamlash
hamda tizimga solish mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning asosiy maqsadi idrok
etilganni anglash va ilk umumlashtirishlarni tarkib toptirishdir. Bu tanish
ob`ektlarni kuzatish, ikkita bir turdagi predmetlarni (xona o’simliklari, gulxona
o’simliklari, daraxtlar, hayvonlarni) qiyosiy kuzatish, didaktik o’yinlar,
suhbatlardir. Bunday mashg’ulotlarni rejalashtirar ekan, tarbiyachi bolalarning
nimani yaxshi o’zlashtirgan, nimani etarlicha o’zlashtirmaganliklarini, nimani
takrorlash kerakligini biladi. Tarbiyachi bolalarga ma`lum bilimlarni yangi detallar
bilan to’ldiradi, bu esa ulardagi mavjud bilimlarni boyitadi, jonlantiradi hamda
151
yanada chuqurlashtiradi. Tarbiyachi bu mashg’ulotlarda bolalarning bilimlariii
umumlashtiradi va tizimga soladi.
3. Nazorat, tekshiruv mashg’ulotlari. Bu mashg’ulotlarning maqsadi - bolalarda
tegishli tasavvur, ko’nikma, malakalarning mavjudligini aniqlash va shu asosda
dastur talablarining bajarilishi, keyin qilinadigan ishlar va metodlar haqida xulosa
chiqarishdir.
4. Kompleks mashg’ulotlar — maktabgacha ta`lim muassasasi praktikasida eng
ko’p tarqalgan mashg’ulotlar bo’lib, ularda bolalarga yangi materiallar ham
beriladi, mavjud bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va tizimlashtirish ham,
bilim, ko’nikma va malakalarni qo’llash ham o’rin oladi.
Yuqorida aytib o’tilgan mashg’ulot turlarining har birini tahlil qilish jadvalsi
turlicha, o’ziga xos bo’ladi. Tahlil jadvalsi mashg’ulotning maqsadi va vazifasiga
hamda maktabgacha ta`lim muassasasining uslubchisi muayyan tarbiyachining
ishini tekshirishga tayyorlanishda oldiga qo’yadigan maqsadiga bog’liq bo’ladi.
Uslubchi ro’yxat - nazorat, tekshiruv mashg’ulotlarini tahlil qilish jadvalsini
ishlab chidishga alohida e`tibor beradi. Bu jadval unga bolalarning Dasturni u yoki
bu bo’limi bo’yicha materialni kvartal, yarim yil, yil davomida egallash sifatlarini
tekshirishida yordam beradi.
Dasturning turli bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlar tahlilining jadvalsi o’ziga
xos bo’ladi. Masalan, uslubchi tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni o’stirish
mashg’ulotlarini kuzatar ekan, tahlil jadvalsiga quyidagi savollarni kiritadi:
mashg’ulot bolalar lug’atining boyishi, aniqlanishi va mustahkamlanishiga yordam
beradimi, bu maqsadda tarbiyachi qanday metod va usullardan foydalanadi
(kuzatish, rasmlarni ko’rsatish, vidiofilmlarni namoyish qilish, badiiy adabiyotni
o’qish va shu kabilar), bolalar lug’atini qanday faollashtiradi, bolalar nutqining
grammatik va mantiqiy strukturasi ustida, nutqning intonatsion ifodaliligi ustida
ishlash metodikasi qanday va boshqalar.
Bolalarda
elementar
matematik
tasavvurlarni
shakllantirish
mashg’ulotlarshsh tahlil qilish jadvalsi quyidagi asosiy masalalar: mashg’ulot
bolalarda matematik tasavvurlar, zehnlilikni rivojlantirishga, bo’shliq va vaqtda
muljal ola bilish, ko’z bilan chamalash malakalarini o’stirishga; oddiy matematik
operatsiyalarni bajarish, shuningdek oddiy masalalarni echishgina emas, balki
tuzish ko’nikmalariii rivojlantirishga yordam berish-bermasligi masalalarini
qamrab oladi.
Tasviriy san`at mashg’ulotlarini tahlil qilishda kuzatishlar jadvalsiga
bolalardagi rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash,
applikatsiyaga doir texnik malakalar darajasini, bolalarda voqelik va san`atga
estetik munosabatning rivojlanganligini, ijodiy qobiliyatlarning rivojlanganligini
aniqlash va shu kabilar kiritilishi kerak.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini tahlil qilishda uning asosiy qismlari:
kirish, tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlariga material tanlanishi; har bir bolaning
harakat faolligini mashg’ulot boshidan to oxirigacha taqsimlanishi; bolalarning
asosiy harakatlarni (yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, tirmashib
chiqish va shu kabilar) egallashdagi malakalari; ko’p, o’rta va kam harakat talab
qilinadigan harakatli o’yinlarning to’g’ri tanlanishi, o’yin qoidalarining bajarilishi;
152
sport ko’ngil ochish o’yinlarining o’rni, mashg’ulotlarning gigienik sharoitlariga
alohida e`tibor berish kerak.
Yuqorida aytilganlardan tashqari mashg’ulot bosqichlarining vaqtga ko’ra
taqsimlanishiga (tarbiyachining tushuntirishi, topshiriqlarning bolalar tomonidan
bajarilishi, bolalar ishlarining tahlili va boshqalar); mashg’ulotda foydalaniladigan
metod
hamda
usullarning
samaradorligi
va
o’qitish metodikasining
takomillashtirilishiga; ko’rgazmalilikdan foydalanish va uning o’quv materialini
bolalar tomonidan egallanish sifatiga ta`siriga; mashg’ulotda axloqiy va estetik
tarbiya masalalari qanday hal etilayotganligiga; oldindan qanday ish
o’tkazilganligi, izchillik va mashg’ulotlarning boshda turlari bilan boglanish
bo’lgan-bo’lmaganligiga;
bolalarda
uduv
faoliyati
elementlari-ning
shakllantirilishiga; turli yosh guruxlarida uduv faoliyatining amalga oshirilishi
hamda shakllantiri-lish xususiyatlariga e`tibor berish kerak. Keykngisini biroz
mufassalrod kurib chidamiz.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar tafakkurining ko’rgazmali-amaliy va
ko’rgazmali-obrazli xarakterini hisobga olib, tarbiyachi atrofidagi o’ta xilma - xil
murakkab taassurotlardan bolalarning o’zlashtirishlari uchun eng aniq va
tushunarli o’quv materialni ajratib olishga harakat qiladi. Uslubchi bu murakkab
masalani turli hal qilishda tarbiyachiga har tomonlama yordam beradi. Tarbiyachi
kichkintoylar mashg’ulotlarining mazmuniga aylanib, bolada sensor tajribaning va
atrof-muhitda amaliy yo’l topa bilishning shakllanishiga yordam beradigan eng
yordin predmet va hodisalarni ajratib oladi. Bunday mashg’ulotlar tizimi tarbiyachi
umumlashtiruvchi xarakterdagi ilk tushunchalarni o’yinchoqlar, kiyimlar, idishlar
va shu kabilarni shakllantirishda tayanishi mumkin bo’lgan kerakli hissiy asosni
asta-sekin yaratadi. Kichik gurux mashg’ulotlarida o’qitishning xarakterli
xususiyati uning o’yin, jonli va emotsional xarakterda bo’lishidir. O’qitish
bolalarga sezdirmay olib boriladi. Bu o’rinda tarbiyachining nasihatomuz toni xech
bir o’rinli emas. O’yin usullaridan, xilma - xil qiziqarli va ular uchun tushunarli
didaktik materiallardan, o’yin harakatlarndan foydalanish mana shunday o’qitish
vazifalarini dal qiladi.
Bolalarni o’rta guruxda o’qitish dam deyarli shunday xarakterda bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalarda dam dali etarli tajriba juda kam, abstrakt tafakkur
qobiliyati hali zaif, u eng asosiyni doimo ham o’zlashtira olmaydi, shuning uchun
bu gurux mashg’ulotlarida ham aniq bevosita idrok etiladigan materialdan
foydalanish lozim.
Va nihoyat, tarbiyachi katta guruxdagi mashg’ulotlarda yil davomida
bolalarga
predmet
yoki
hodisalarning
muhim
bo’lmagan belgilaridan
abstraktsiyalash, asosiy, muhim belgilarni topa bilishni o’rgatadi. Bu guruxda
mashg’ulotlarni ko’rgazmali materialdan foydalanib suhbat shaklida o’tkazish
maqsadga muvofiqdir. Izchil va muntazam tarzda o’qitilganda katta gurux bolalari
egallanayotgan bilimlarni baholay boshlaydilar, ularning o’zlari uchun ahamiyatini
anglab eta boshlaydilar. Kechagina bolalar uchun qiyin tuyulgan narsa bugun
egallanilgan va oddiy narsaga aylanadi. Mashg’ulotlarda katta gurux bolalari tabiat
hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari o’rtasidagi oddiy sabab bog’lanishlarini
aniqlash ko’nikmasini egallaydilar.
153
Katta gurux tarbiyachisi bolalar bilan ishlashning o’quv faoliyati
malakalarining yuqoriroq darajasi; tahlil va sintez qilish, umumlashtirish va
xulosalar chiqarish, o’qishga qiziqish va ishtiyoqning paydo bo’lishini
rivojlantirish, topshiriqlarni bajarishda o’zini - o’zi baholash va o’zini-o’zi nazorat
qilishni rivojlantirish; tarbiyachining aytishi bilan mashg’ulotga, to’rejash, kerakli
materialni tez tayyorlash va mashg’ulotda ulardan keragida shovqin - suronsiz
foydalanish, uni tez almashish, mashg’ulot tugagandan so’ng o’z joyiga olib qo’ya
bilish; mashg’ulotda jim o’tirish, diqqat-e`tiborli va faol bo’lish, o’rtoqlariga
xalaqit bermaslik, ishni hamma birga, orqada qolmay bajarish shakllanadigan qilib
uyushtirishni ta`minlaydi.
Shunday qilib, tarbiyachi katta gurux bolalarida ularning maktabda o’qish
qobiliyatlarini ifodalovchi xususiyatlarini shakllantiradi. Keyinchalik o’qituvchi
mana shu xususiyatlarga tayana oladi: o’qishga ongli yo’llanma va ishda zo’r
berish odati; qiziquvchanlik va bolaning uni qoniqtirishga faol intilishi;
tafakkurning faolligi va mustaqilligi, ongli harakat dila bilish. Tarbiyachi yangi
bilimlarni beribgina qolmay, balki bolalarga ularni topishni, mustaqil holda kichik
«kashfiyotlar» qilishni o’rgatadi; kuzatuvchanlik, zehnlilik, kuzatilayotgan hodisa
ma`nosini tushuna bilish. Zehnlilikni rivojlantirish, atrofdagi voqelik oddiy
hodisalarini tushuna bilish va uni o’z tasavvurlari, tushunchalari, nutqida to’g’ri
aks ettira bilishga o’rgatish - tarbiyachining asosiy vazifasidir, Bo’larni hal qilishi
bolalarga turli vaziyatlarda to’g’ri yo’l tutishlarida yordam beradi va maktabda
muvaffaqiyatli o’qitishning poydevoriga aylanadi; og’zaki nutqni rivojlantirish;
o’zini-o’zi nazorat qilish, katta yoshlilarning bergan ko’rsatmalari asosida o’zining
va o’rtoqlarining ishini baholay bilish. Mashg’ulotlardagi o’qitish jarayonida
bolalar faqat bilim, ko’nikma va malakalarining hajmini kengaytirish emas, balki
shaxsning sifatlarini shakllantirish xam sodir bo’ladi, chunki o’qitish jarayoni
tarbiya bilan uzviy bog’langandir. «Fan — deb yozgan edi. N. I. Pirogov — faqat
ma`lumotlar olish uchungina kerak emas, unda ba`zan chuqur va shuning uchun
dam yuzaki qaralganda sezilmaydigan boshda muxim element— tarbiyaviy
element yashirinib yotadi. Kimki undan foydalana olmas ekan, u fanning barcha
xususiyatlaridan hali bexabar bo’ladi va og’ir yuklarni osongina ko’tarishida
yordam beradigan vositani qo’lidan chiqaradi.
O’qitishning butun jarayoni bolalarga tarbiyaviy ta`sir ko’rsatadi va bu
ta`sirda hal qiluvchi rolni tarbiyachi uynaydi. O’qitish jarayonida bolalarda axloqiy
sifatlar shakllantiriladi, aqliy, jismoniy va estetik tarbiya amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida o’tkaziladigan barcha mashg’ulotlarning
mazmuni eng yaxshi axloqiy sifat va estetik tushunchalarni shakllantirish hamda
rivojlantirishning barcha imkoniyatlarini qamrab oladi. Masalan, bolalarni
hayvonlar, o’simliklar, odamlarning faoliyatlari bilan tanishtiradigan mashg’ulotlar
ularda jonli ob`ektlarga muhabbatni, ularga g’amxo’rona munosabatni, qiziqishni,
odamlarga hurmat hamda muhabbatni tarbiyalaydi, SHu nuqtai nazardan etik
temalardagi mashg’ulotlar: «Do’stlik va o’rtoqlik haqida», «Xushmuomala bo’l!»,
«Vijdonlilik va to’g’ri so’zlilik haqida» va boshqalar katta qimmatga egadir.
Tabiatga ekskursiya, ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish bolalarda
xayrixohlik hissiyotlarini uyg’otadi, badiiy didni tarkib toptiradi.
154
Mashg’ulotlarda o’qitish bolalarda uyushqoqlikni, qat`iylikni, mustaqillikni,
qiyinchiliklarni engish, jamoada ishlash ko’nikmasini, vijdonlilik va to’g’ri
so’zlilikni, kamtarlik, muloyimlik, go’zallikni tushunish va baholay bilish
malakasini tarkib toptiradi. To’g’ri uyushtirilgan o’qitish tabiat va jamiyatdagi
hodisalarning tabiiy o’zaro aloqasi hamda o’zaro bog’langanligini ochib beradi,
kuzatilayotgan hodisalarning bolalar uchun tushunarli ichki sabablarini aniqlaydi,
shuning uchun xam maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang’ich materialistik
dunyoqarashni shakllantirish asosi hisoblanadi. Bu esa shaxsning kelgusidagi
e`tiqodi va dunyoqarashining dastlabki poydevoridir.
Uslubchining guruxlardagi o’quv faoliyatiga ob`ektiv, ishbilarmonlik
munosabati, uning aniq takliflari, hayrixohligi tarbiyachilarga mashg’ulotlarga
puxtaroq tayyorlanishlarida, uning guruxga kirishiga osoyishta munosabatda
bo’lishlariga, olingan maslahat, tavsiyalarni keyingi ishlarida nazarda tutishlarida,
kamchiliklarni tuzatishlarida yordam beradi.
Tarbiyachilar
ishining
tahliliga
ularning
individual
xususiyatlari,
tayyorgarlik darajalarini hisobga olib o’ta xushmuomalalik bilan yondoshish zarur.
Bahsli vaziyatlarda qat`iy fikr bildirishga shoshmaslik, o’z fikrini majburan qabul
qildirmaslik, balki maktabgacha ta`lim muassasasining mudiri, tajribali
tarbiyachilar bilan maslaxatlashish, javobni maxsus adabiyotlardan izlash va ana
shundan keyingina tarbiyachilar bilan birga umumiy to’g’ri xulosaga kelish zarur.
Kuzatilgan mashg’ulotlarni tahlil qilar ekan, uslubchi tarbiyachiga o’z
mashg’ulotini: maqsadga erishish, foydalanilgan metodlar samaradorligi, olingan
natijalar, qiyinchiliklarni baholash huquqini beradi. So’ngra mashg’ulotni o’zi
tahlil qiladi. U qo’yilgan maqsadga ko’ra mufassal tahlil qiladi, tarbiyachi ishidagi
barcha qimmatli tomonlarni, muvaffaqiyatli metod va usullarni qayd etadi, dastur
materialining bolalar tomonidan o’zlashtirilishi sifatini, shuningdek aniqlangan
kamchiliklarni tahlil qiladi, ularning sabablarini ularni bartaraf qilish yo’llarini
ustalik va xayrixohlik bilan ko’rsatadi, ba`zan tarbiyachiga u yoki bu kamchilik
ustida fikr yuritishni va uni o’zi to’g’rilashini taklif qiladi.
Uslubchi o’z kuzatishlarini tekshiruv daftariga yozib, unda sana, gurux,
tarbiyachining
familiyasini,
mashg’ulot nomi, uning dastur mazmuni,
mashg’ulotga kirishdan maqsadini so’ngra mashg’ulotning qisqacha tahliliii ijobiy
tomonlari va nuqsonlarini belgilab qayd etadi. Oxirida o’qitish jarayonini
takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni yo’qotish bo’yicha o’z maslahat va
tavsiyalarini yozib qo’yadi.
Keyingi kirishlarda uslubchi guruxdagi ta`lim - tarbiyaviy jarayonni
yaxshilash bo’yicha tarbiyachiga berilgan tavsiya va takliflarning bajarilishini
tekshiradi, ijobiy o’zgarishlarni rag’batlantiradi, zarur bo’lsa, yaxshi tajribani
umumlashtirashi va jamoaga tarqatadi.
Nazorat savollari:
1. O’quv jarayonining turlarini yoritib bering.
2. Uslubchi tomonidan o’quv jarayonini nazorat qilishga qanday talablar
qo’yiladi?
155
3. Mashg’ulotning turlarini qanday tamoyillar asosida almashinib turadi?
4. YOsh guruxi bo’yicha mashg’ulot ishlanmasi jadvalsini bayon eting.
Adabiyotlar:
1. O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2. SH.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
3. Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y.
4. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari. Toshkent 2008 y.
5. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
6. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
7. ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y.
8. M.Sh.Nurmatova, Sh.Xasanova, D.Azimova ―Ustaxonada amaliy
mashg’ulot‖ T., ―Cho’lpon‖ 2010 y.
9. M.Sh.Nurmatova, Sh.Xasanova ―Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga
o’rgatish metodikasi. T.., ―Musiqa‖ 2010 y.
156
XVI BOB. Pedagogik kengash.
Reja:
1.
Pedagogik kengash – jamoa pedagoglar fikrini ifodalovchi metodik ish
shakli.
2.
Pedagogik kengash to’g’risidagi Nizomning maqsadi va vazifalari.
3.
Pedagogik kengash o’tkazish metodikasi.
4.
Pedagogik kengash bo’yicha ish xujjatlarini yuritish.
Mavzuning maqsadi: O’quvchilarni pedagogik kengashning mazmuni, vazifalari,
uni o’tkazish metodikasi bo’yicha nazariy bilimlar bilan qurollantirish.
Mavzuning vazifasi: Pedagogik kengash to’g’risidagi Nizom va boshqa tegishli
xujjatlarni o’rganish va ularni amaliyotga joriy eta olish kabi ko’nikma – malakalar
hosil qilish.
Tayanch tushunchalar:
Metodist – maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, metodik ishlarga rahbalik
qiladi.
Operativ masalalar – kechiktirib bo’lmaydigan masalalar.
Tahlil – tahlil qilish, ta`lim
_
tarbiyaviy, metodik va boshqa jarayonlarni kuzatish va
muhokama qilish.
Qiyosiy nazorat – solishtirma nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |