Maktabgacha ta`lim


 Uslubchi tomonidan o’yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

12.1. Uslubchi tomonidan o’yin faoliyatini kuzatish va tahlil qilish. 
 
O’yinlarni tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda tarbiyachi o’yin faoliyati 
sifatida  maqsadga  muvofiq  pedagogik  rahbarlik  asosida  shakllanishi  lozimligiga 
asoslanadi.  U  bolalarda  o’yinda  qatnashishga  faol  ishtiyoq  uyg’otishga  harakat 
qiladi,  o’yin  mazmunini  boyitadi,  bolalar  o’ynar  ekanlar,  bir  -  birlariga  xalaqit 
bermasliklariga,  o’yinchoqlarni  almashlab  o’ynashlariga  imkoniyat  yaratadi.  Uch 
yarim  yoshdan  o’tgach,  bir  -  birlariga  qo’shilib  o’ynashlariga  harakat  qiladi. 
Ishtiyoq  bilan  o’ynayotgan  bolalarning  faoliyatlarini  yo’lga  solib  borish  juda 
muhimdir. 
Tarbiyachi bolalarning e`tiborini o’yinchoqlarga jalb qiladi, ularning qanday 
o’ynamoqchi  ekanliklarini  so’raydi.  Syujetli  -  rolli  o’yinlarni  tashkil  etishda 
tarbiyachi  bolalarni  oqibatda  o’yinda  mustaqil  birlashishni  istashlari  va  bilishlari 
uchun ularni yonma - yon o’ynashga undaydi. 
Yil  boshida  bolalar  bevosita  tarbiyachi  ishtirokida  o’ynaydilar.  Ularga 
oldindan tanish o’ynnchoqlar, qurish materiallari taklif etiladi. Yangi o’yinchoqlar, 
tarbiyachi  ularni  bolalar  ishtirokida  o’ynab,  ulardan  qanday  foydalanishni 
ko’rsatganiqan keyin beriladi. 
Nonushtadan  so’ng  bolalar  mazmunan  mashg’ulotga  mos  keladigan 
o’yinlarni o’ynaydilar. Guruh maydonida mavsum sharoitlariga ko’ra butun guruh 
yoki  kichik  guruhlarga  bo’linib  tabiiy  materiallar  (qum,  suv)  bilan  o’yinlar, 
harakatli  o’yinlar  o’tkaziladi.  Kunduzgi  uyqudan  so’ng  didaktik,  syujetli  -  rolli, 
harakatli o’yinlar uyushtiriladi. 


 
122 
O’yin  maktabgacha  katta  yoshdagi  bolaning  etakchi  faoliyati  xisoblanib, 
bola  hayotini  tashkil  etishda  katta  o’rin  egallaydi.  Tarbiyalanuvchilar  o’yin 
g’oyasini aniqlash, syujetini tanlash va rollarni taqsimlash ko’nikmasini namoyon 
qilib, o’yinni o’zlari tashkil etadilar. Ammo ba`zan mustaqil o’yinlar jamoatchilik 
sifatlariii  rivojlantirishni ta`minlay  olmaydi.  Bolalar o’yinlariga  rahbarlik qilishda 
asosiy o’rin o’yinlarning tarbiyaviy ta`limiy samaradorligini kuchaytirish imkonini 
beradigan vosita hamda metodlarni rejalashtiradigan tarbiyachiga talluqlidir. 
1) bolalarning o’yin faoliyatlari uchun kun tartibiga ko’ra ajratilgan vaqtdan, 
o’yinni  rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib to’liq foydalanish; 
2)  o’yinga  rahbarlik  qilishda  bolalarni  har  tomonlama  rivojlantirishni  va 
o’yinlarning  har  xil  to’rini  mustaqil  tashkil  etish  ko’nikmasini  shakllantirishni  
amalga oshirish; 
3)  o’yinlarni  bolalarning  imkoniyatlari  va  qiziqishlarining  hisobga  olib 
tashkil etish; 
4)  o’yindan  bolalar  hayotini  tashkil  etish  shaklida  foydalanib,  bolalarning 
o’yindagi  hayotlarn  qiziqarli,  mazmunli  bo’lnshiga,  o’yinda  xatti-harakatning 
jamoa shaklining mustahkamlanishiga erishish. Bolalarni o’yinda birlashtirishning 
xilma  -  xil  ko’rinishlaridan  foydalanib  guruhlar,  kichik  guruhlar,  hamkorlikdagi 
faoliyatni mustaqil rivojlantiruvchi o’yin jamoalarini yaratish; 
5)  o’yinlarning  bolalarning  jo’shqin  faoliyatlari  hamda  o’yin    anjomlarini 
tayyorlab olish  ko’nikmalarini rivojlantirishga erishishga harakat qilinadi. 
Kun  tartibida  syujetli  -  rolli  o’yinlar,  qurilish  materiallari  bilan  o’yinlar, 
harakatli va didaktik o’yinlar va sahnalashtirish o’yin uchun vaqt ajratiladi. 
Ko’pchilik  bolalar  ertalab  maktabgacha  ta`lim  muassasasiga  kelar  ekanlar, 
o’rtoqlari  bilan  o’ynashni  afzal  ko’radilar.  Bunday  choqda  pedagog 
tarbiyalanuvchilarga  o’zlarini  qiziqtirgan  o’yinlar  bilan  shug’ullanish  imkonini 
yaratishga  intiladi.  U  o’yinning  yanada  rivojlanishi  uchun  mohirlik  bilan  yo’l-
yo’riq  beradi.  Nonushtadan  so’ng  mashg’ulotlar  bilan  birikib  ketadigan  o’yinlar 
tashkil  etiladi.  So’ngra  bolalar  mashg’ulotlar  orasida  10  -  12  daqiqa  o’ynaydilar. 
Bu  vaqtda  ular  to’p  bilan  faol  harakatlarni,  xorovodli  o’yinlarni  afzal  ko’rib 
bajaradilar. 
Sayr vaqtida tanaffusi bilan bir yoki ikkita harakatli o’yin o’tkaziladi. Ularda 
barcha  bolalar  qatnashadilar.  Avval  tarbiyachi  ular  bilan  birga  o’ynaydi.  Agar 
bolalar  o’yin  qoidasini  bilsalar,  ular  mustaqil  o’ynaydilar.  Umumiy  o’yinning 
davomiyligi 6 - 10 daqiqa. Yilning issiq kunlarida davomiyligi 10 - 30 daqiqadan 
iborat  sport  elementlari  bo’lgan  harakatli  o’yinlar  o’ynaladi.  Sayrda  shuningdek 
ertak,  hikoyalar  syujetlarida  ijodiy  o’yinlar  o’ynaladi.  Yilning  iliq  davrida  ochiq 
havoda  sahnalashtirish  va  qurilish  o’yinlarini  ham  o’tkazish  mumkin.  Bunda 
tarbiyachi bolalarning o’yindagi mustaqilliklariga, o’zaro kelisha olish qobiliyatlari 
va o’yin uchun guruhlarga birlashish ko’nikmalariga tayanadi. 
Kunduzgi  uyqudan  keyingi  vaqt  xilma  -  xil  o’yinlar  yoki  mustaqil 
faoliyatga:  badiiy,  qurish  -  yasash  va  shu  kabilarga  keng  yo’l  berish  uchun  juda 
qulaydir. Ba`zan 40 - 50 daqiqa davom etadigan rolli va qurilish o’yinlarida bir - 
biriga  qiziqish  bildiradigan  o’yinda  o’zlariga  xos  o’yin  hayoti  bilan  yashay 
oladigan, o’z munosabatlarini uyushtira oladigan 5 - 6 yoki 12 - 15 bola birlashadi. 


 
123 
Tarbiyachini  kishilarning  mehnat  faoliyatini  aks  ettiruvchi  o’yinlar 
«qurilish»,  «kutubxona»,  «maktab»  va  shu  kabi  o’yinlarni  tashkil  etishdagi  o’rni 
muhimdir.  U  bolalarga,  «kelishuvda»  yordam  beradi,  ular  bilan  birga  har  bir 
qatnashchining o’rnini nazarda tutib, o’yin mazmuni va rejasini muhokama qiladi, 
bolalari  bilan  birgalikda  turli  o’yin  materialini  tanlaydi,  o’zaro  munosabatlarda 
jamoatchilik  sifatlarini  qo’llab  -  quvvatlaydi,  yuzaga  kelgan  bahslarni  bolalar 
o’zlari  haqgo’ylik  bilan  hal  etishlarini  kuzatadi.  Hamkorlikdagi  o’yinda  bolalar 
jamoadagi  hayot  uchun  zarur  o’zaro  munosabatlar  tajribasini  o’rganadilar,  oddiy 
axloqiy  me`yorlarni  egallaydilar.  Tarbiyachi  o’yinlarda  qatnashar  ekan,  rollarni, 
o’yin  qoidasini  bajarib,  o’ynnchoqlar  va  narsalar  o’rniga  o’rin  bosuvchilardan 
foydalanib,  syujet  tuzilishining  namunasini  ko’rsatadi.  U  bevosita  o’yinda 
qatnashmasligi,  balki  qanday  qilib  yaxshiroq  tuzish,  qanday  o’yinchoqlarni  olish 
(yoki  yangitdan  yasash),  qanday  qilib  inoq  o’ynash  xaqida  maslahatlar  berishi 
mumkin.  Bolalarning  birga  o’ynovchi  jamoalarini  shakllantirishga  yordam  berar 
ekan,  tarbiyachi  bolalarni  yuksak  ijtimoiy  xatti-harakat  me`yorlarini  namoyish 
qilishga, uchraydigan vaziyatlarni yaratishga yordam berishi kerak. Bunda syujetga 
doir  bolalarning  o’zaro  munosabatlarinigina  emas,  balki  o’yin  jarayoniga  ta`sir 
etadigan  real  munosabatlarni  ham  yaxshi  bilish  talab  etiladi.  Ko’pincha  bolalar 
tajribalarining  etishmasligi  tufayli,  ayniqsa  o’yin  boshida,  rollarni  taqsimlashda 
bir-birlariga  nohaq  munosabatda  bo’ladilar.  Ularga  bahslarni  haqgo’ylik  bilan  hal 
etishda  yordam  berib,  tarbiyachi  sodir  bo’layotganlarni  faqat  jamoa  manfaatlari 
nuqtai nazaridan baholash lozimligini ta`kidlab, ularga bu ko’nikmani o’rgatadi. 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish