Maktabgacha ta`lim


  10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

 


 
113 
10.4. Uslubchi tomonidan ilk yosh guruxlarida bolalar hayotini tashkil 
etishga raxbarligi. 
 
Birinchi  guruhda  ikki  yosh  guruhidagi:  1  yoshdan  1,5  yoshgacha  va  1,5 
yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan kichik guruh bolalari tarbiyalanadi. 
Ilk  yoshdagi  bolalarning  ikkinchi  guruhidagi  hayotini  to’g’ri  tashkil  etish 
kun tartibiga ikki kichik yosh guruhidagi bolalar kundalik hayotiga muvofiq tarzda 
aniq amal qilishni talab qiladi. Bu narsa tarbiya vazifalarini hal etishni, bolalarning 
faolligini muntazam tarzda almashtirib turilishini ta`minlaydi. 
Bu  yoshdagi  bolalarning  ko’pchiligi  yasli  -  maktabgacha  ta`lim 
muassasasiga  endigina  qatnayotgan  bo’ladilar.  Ular  hali  ilojsiz,  kattalarga  to’la 
qaram  bo’ladilar,  atrofdagi  narsalarga  katta  qiziqish  bilan  qaraydilar.  Hayot 
faoliyatining  qaror  topgan  ritmi,  bedorlikning  uzayishi,  mustaqil  yura  olish, 
maxsus  tanlangan  buyumlar  bilan  harakat  qilish,  murojaat  qilib  aytilgan  so’zlarni 
tushunib olish va o’z xulqini kattalar ko’rsatmasi asosida boshqara olish malakasi 
guruhda  bolalarning  mazmunli  hayotini  tashkil  etish  va  ularning  har  tomonlama 
tarbiyasini,  shuningdek,  keyingi  birgalikdagi  hayotini  rivojlantirishning  muhim 
asosidir. 
Ikkinchi  yil  davomida  bolalarda  yurish  malakalari  takomillashadi,  ular 
maxsus va qurolli harakatlarni bajara boshlaydilar, ko’proq muloqotga kirishadilar, 
buyumli - tasviriy o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Shunga muvofiq asosiy binolarni 
guruh  xonasi,  yotoqxona,  ayvon,  qabulxona,  hojatxonani  jihozlash  va  bezashga 
yangi  talablar  qo’yish  ikkinchi  yildagi  rivojlanishning  asosiy  yo’nalishlari 
hisoblanadi.  Mebel  guruh  xonasida  shunday  qo’yilishi  kerakki,  xona  o’rtasida 
yurish  uchun  ko’proq  bo’sh  joy  bo’lsin.  Bolalar  yurish  paytida  tez  charchab 
qoladilar,  shuning  uchun  ayrim  joylarga  divancha,  stullar  qo’yib  qo’yiladi. 
Devordagi  tokchalarda  katta  -  katta  obrazli  o’yinchoqlar:  qo’g’irchoqlar, 
ayiqchalar,  kuchukchalar  joylashadi.  Bolalar  ularni  oladilar  va  yurish  chog’ida 
ko’tarib  yuradilar.  Bu  yurish  chog’ida  qo’l  va  oyoqning  vazifalarini 
takomillashtirishga  va  harakatlarni  muvofiqlashtirishga  yordam  beradi.  Harakat 
faolligini  o’stirish  uchun  derazaga  yaqin  joyda  sirg’aladigan  qiya  tepachalar 
o’rnatiladi.  U  ayni  paytda  tashqarida  nima  bo’layotganiii  kuzatish  imkonini  ham 
beradi.  Bolalarda  funktsional  va  qurolli  harakatlarni  shakllantirish  uchun  burchak 
ajratiladi, unda katta mashinaladi (agar ota - onalar bolalarini guruhga kechroq olib 
keladigan bo’lsa, ular uyda engil nonushta qilib olgan bo’ladilar). 
Bolalar 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylikdan to’rt kishilik stol atrofida o’tirib, 
quyuq bo’tqani qoshiqda mustaqil tarzda tanavvul qiladilar. Agar bolalar eyishdan 
charchasalar, ular ovqatlantirib qo’yiladi. Buning uchun tarbiyachi yoki enaga bola 
yoniga o’tirib, unga yordamlashadi, ayni paytda ular boshqa bolalar harakatini ham 
boshqarib boradilar: «Botir qoshiq bilan egin, nondan tishla» kabi. 
Bolalarda  ovqatni  xush  ko’rish,  berilgan  taomning  hammasini  mustaqil 
eyish malakasini tarkib toptirish lozim. Tarbiyachi bolalarning ishtahasini kuzatib 
boradi, zo’rlab ovqat edirishdan o’zini tiyadi. 
Kichik  yoshdagi  bolalar  birinchi  kunduzgi  uyqudan  uyg’ongach  (1,5 
yoshgacha  bo’lgan  bolalar),  ovqatlantiriladi,  chuiki  ularni  oxirigacha 


 
114 
ovqatlantirishga  to’g’ri  keladi,  shunda  ularni  stol  atrofiga  3  -  4  tadan  qilib 
o’tqaziladi.  Bu  yoshdagi  bolalar  ovqat  berilishini  uzoq  kutib  tura  olmaydilar, 
shuning  uchun  bolaning  qo’li  yuvdirilib,  stolga  o’tqizilgach,  darhol  birinchi 
ovqatni,  ikkinchi  ovqatni,  uchinchisini  berish  lozim.  Ovqatlanib  bo’lgach,  bola 
darhol o’ynagani ketadi, tarbiyachi esa qolganlarni ovqatlantiradi, shuningdek, bu 
vaqtda o’ynayotganlarni nazorat qilib boradi. 
Ovqatlantirish asnosida bolalarda baholi qudrat mustaqillik malakalari hosil 
qilinadi.  Ular  yoshi  1  yil-u  4  oyga  etgach,  sho’rvani  mustaqil  ichishlari  va  ayni 
paytda  non  burdasini  tishlashlari,  qo’llarida  piyolani  ushlab,  undan  ichishlari 
mumkin.  Buning  uchun  ovqatlanishga  zarur  bo’ladigan  harakatlar  bola  bilan 
birgalikda  bajariladi  va  ularning  nomi  aytiladi.  Ovqatlantirish  chog’ida  bolalar 
orastalikka o’rgatiladi. Tarbiyachi va enaga ovqatlanish chog’ida bolalarning qo’li 
va  yuzining  tozaligiga  e`tibor  berishadi,  yuz  -  qo’li  iflos  bolalarni  yuvib  salfetka 
bilan artishadi, stoldagi ortiqcha narsalarni o’z vaqtida yig’ishtirib oladilar. 
Katta  yoshli  bolalarning  barchasini  birga  tushlik  qildiriladi.  1,5  dan  2 
yoshgacha  bo’lgan  bolalar  ovqatlanish  chog’ida  katta  mustaqillik  ko’rsatadilar. 
Biroq ularda hali suzilgan ovqatni to’la eyishga oid barqaror malaka yo’q, shuning 
uchun  tarbiyachi  va  enaga  ular  xatti  -  harakatini  so’z  bilan  boshqarish  imkonini 
hisobga  olib,  bolalarga  qanday  harakat  qilishni  aytib  turadilar.  Ovqatlanishni 
to’g’ri  tashkil  etish  oxir  -  oqibatda  bolalarni  o’z  vaqtida  va  to’laqonli 
rivojlantirishga  hamda  ularda  baholi  qudrat  mustaqillikni  tarbiyalashga 
qaratilgandir. Ovqatlanishdan so’ng bolalar o’yinga kirishadilar. 
Uyqu  ikki  yoshli  bolalar  hayotida  muhim  o’rin  egallaydi.  To’g’ri  tashkil 
etilgan  uyqu  butun  ta`lim  -  tarbiyaviy  ishning  muhim  qismi  hisoblanadi.  Bolalar 
uyqusi  doimo  toza  havo  kirib  turadigan  ayvon  yoki  binoda  tashkil  etiladi.  Uyqu 
ochiq  havoda,  +10  darajadan  kam  bo’lmagan  haroratda  o’tkaziladi.  Bolalarnn 
uyquga  yotqizish  jarayoni  xotirjam  kechmog’i  lozim.  Tarbiyachi  va  enaga 
bolalarga yumshoq muomala qilib, bolalarpi echinishda ham baholi qudrat ishtirok 
etishga  jalb  qilishlari  lozim  (poychasi  berk  ishtonni  echish,  qo’lni  chiqarish  va 
hakazo). 
Kattalar bolalar uxlayotgan paytda ularning yotish holatlari qulaymi-yo’qmi, 
biror  nima  bezovta  qilyaptimi  -  yo’qmi  kuzatib  boradilar,  oldinroq  uyg’ongan 
bolalarga uxlashga yordam beradilar. 
Kattalar  bolalarning  tozaligiga,  ularni  orastalikka  o’rgatishga  ko’p  e`tibor 
berishlari lozim. Buning uchun mazkur yoshdagi bolalarga mo’ljallangan maxsus 
bino va jihozlarga ega bo’lish, to’g’ri usullarni qo’llanish kerak. 
Bolalarning  qo’li  ovqatlanish  oldidan  yuvdiriladi,  buning  uchun  yuvinish 
xonasiga bir vaqtning o’zida 2 - 3 bola kiritiladi. 1 yil-u 2 oylik - 1 yil-u 3 oylik 
bolalarni qo’lini suvga tutish va ishqalashga o’rgatiladi. Ikki yoshga etgan bolalar 
o’z  sochig’ini  topishga  va  uni  joyiga  olib  borib  ilishga  o’rgatiladi.  Kattalar 
bolalarning mustaqillikka intilishini rag’batlantiradilar: «Qo’lingni tut,  Lola, hozir 
suv keladi» va hokazo 
Tarbiyani to’g’ri olib borganda 1,5 yoshli bolalar tuvakka o’zlari o’tirishlari 
kerak, biroq bu odat, hatto 2 yoshda ham barqaror bo’lmasligi mumkin. Bolalarni 
uyqudan  so’ng,  uyqudan  oldin,  sayrdan  oldin  va  undan  so’ng,  albatta  tuvakka 


 
115 
o’tkazish  zarur.  Bu  yoshli  bolalarda  asta  o’z  fiziologik  ehtiyojlarini  nazorat  qila 
olish malakalarini mustahkamlash lozim. 
Bolalarning  tashqi  ko’rinishini  diqqat  bilan  kuzatib  borish,  uning  kiyimini 
o’z  vaqtida  tuzatib  turish  va  unda  toza  va  chiroyli  kiyimdan  quvonish  hissini 
uyg’otish lozim. 
1  -  2  yoshli  bolalarda  birinchi  yarim  yillikda  qo’g’irchoq,  mashina  va  shu 
kabilar  bilan  o’ynaladigan  ayrim  syujetli  o’yinlar  rivojlanadi.  Buyumlar  bilan 
qilinadigan  harakatlarni  umumlashtirish  asosida  bolalar  bir  buyum  harakatini 
ikkinchisiga ko’chiradilar. 
Tarbiyachi  o’yinchoqlarni  tanlar  ekan,  bolalarni  syujetli  o’yinlarga  jalb 
qiladi,  harakat  usullarini  ko’rsatadi,  so’ngra  bolaning  mumkin  qadar  so’zlarni, 
buyum va harakat nomlarini takrorlab natijaga erishishiga intilib, bolaga harakatni 
qayta  takrorlashni  (namunaga  ko’ra  kubiklardan  kuchukcha  uchun  uycha, 
qo’g’irchoq uchun esa stol, stul yasashni) taklif qiladi. 
Bolalarning  syujetli  -  tasviriy  o’yinlarini  tashkil  etishning  xususiyati 
kattalarning  doimiy  ko’magi,  ularning  e`tiborini  o’yinchoqlarga  jalb  etishi,  o’yin 
mazmuiiga  ko’ra  masla-hatlar  berishi,  bolalarni  bir  harakat  yo’lidan  ikkinchisiga 
o’z  vaqtida  ko’chirishidir.  Bolalar  qator  turib  o’ynaydilar  va  bu  o’rinda  muhimi 
ularning  bir  -  birlariga  xayrihohlik  hissini  bildirib,  o’yinchoqlarni  bemalol 
almashishlaridir. 
Tarbiyachi 
bolalarda 
muomalaning 
ijobiy 
shakllarini 
mustahkamlaydi  va  salbiy  shakllarni  yuzaga  kelishining  oldini  oladi.  Kichik 
bolalarni  ular  taqlid  qilib,  harakatlarni  takrorlab  olishlari  uchun  katta  bolalar 
harakatlarini kuzatishga jalb etish mumkin. 
Ilk yoshdagi bolalar ikkinchi guruhining kun tartibida bolalarning buyumlar 
bilan bo’ladigan xilma - xil harakatlariga funktsional va boshqariladigai harakatlar 
mutanosib nisbatini xisobga olib katta o’rin berilishi kerak. 
Ertalab, tarbiyachi bolalarni qabul qilish bilan band bo’lgan, enaga esa guruh 
xonasida bo’lgan vaqtda kichik va katta guruhlar bolalari diqqatini harakat usullari 
o’zlashtirilgan  va  mustaqil  bajarilishi  mumkin  bo’lgan  materiallardan  qurilish 
materiallari, xalq didaktik o’yinchoqlari: piramidalar, matryoshkalar, bir - birining 
ustiga  qo’yiladigan  kub  va  shu  kabilarga  jalb  qilish  o’rinlidir.  Bolalarga  asbobli 
harakatlarni bajarish uchun qo’llanmalarni ham: yog’ochga mixlarni qoqish uchun 
bolg’acha,  suvdan  sharchalarni  tutish  uchun  to’r  va  shu  kabilarni  tavsiya  etish 
mumkin. 
Ertalabki  hamma  guruhlar  uyg’oq  bo’lgan  qisqa  muddatda  bolalarning 
to’rejab yonma-yon harakatda bo’lishlari muhim-dir. 1 - 1,5 yoshli bolalar yog’och 
qoziqqa  hajmi  bir  xil  yoki  hajmi  ikki  -  uch  xil  yoki  ikki  xil  rangdagi  halqalarni 
tizishlari,  qutichalarni  ochishlari  va  yopishlari,  matryoshkalarni  ikki  qismdan 
yig’ishlari, kubiklardan minora yoki mashinalar uchun yo’lkalar qurishlari mumkin 
va shu kabilar. 
Kichik  guruhlarda  kunduzgi  uyqudan  keyingi  mustaqil  o’yinlar  tarbiyachi 
rahbarligi ostida o’tadi. Etarli vaqtga ega bo’lgan tarbiyachi bolaning harakatlarini 
to’g’ri bajarilishiga e`tibor beradi va har biriga ko’maklashadi. 
Buyumlar bilan harakat katta yoshdagi bolalar bilan muloqotni o’rnatilishiga 
yordam  beradi.  Shaxsan  muloqot  bolalar  faolligini  oshiradi  va  ularni  kattalar 


 
116 
ko’rsatgan  harakat  usulini  takrorlashga  yo’llaydi.  Agarda  kattalar  o’yinchoqlar 
bilan  bo’ladigai  yangi  harakatlarni  bolalarga  qarab  turib  ko’rsatsa  va  bolaga 
jilmayib  murojaat  qilsa,  bu  kichkiitoyning  sodir  bo’layotgan  voqeaga  diqqatini 
oshiradi hamda harakat usulini yaxshiroq egallanishiga olib keladi. 
 
Nazorat savollari:  
 
1.  Bolalar hayotini tashkil etishning vazifalari va ahamiyati. 
2.  Maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik jarayonni tashkil etishning 
asosiy printsplarini tushuntiring. 
3.  Guruxga moslashishning o’ziga xos xususiyatlarini izohlab bering. 
4.  Guruxdagi pedagogik sharoitlarni tashkil etishda uslubchining raxbarligi. 
 
Adabiyotlar: 
 
1.  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y 
2.  Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y. 
3.  Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y. 
4.  O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar 
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.  
5.  B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy 
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.  
6.  Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y. 
7.  Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat 
talablari. Toshkent 2008 y. 
8.  J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y. 
9.  R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.  
10. R. Ishmuxamedov ―Ta`limda  innovatsion texnologiyalar‖.  Toshkent 
―Iste`dod‖. 2008 y 
11. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta 
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y. 
12. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y. 
13. ―Uchinchi mingyillikning bolasi‖ Dasturi. Toshkent 1999 y. 


 
117 
XI BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyalanuvchilarini madaniy – 
gigienik masalalarini rivojlantirish (amaliy) 
 
Reja: 
 
1.  Maktabgacha yoshdagi bolalar guruxlarida madaniy-gigienik va mehnat 
malakalarini egallash darajalari. 
2.  Malakalar mazmunini murakkablashuv jadvalini tuzish. 
 
Mustaqil ish. ―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ dasturidan kattalar mehnati 
bo’limini guruxdan guruxga o’tkazishdagi mazmunini murakkablashib borish 
jadvalini tuzish. 
 
Mavzuning maqsadi: Turli yosh guruxlarida bolalarni madaniy-gigienik 
malakalarini egallash bo’yicha o’quvchilar bilimini mustahkamlash. 
 
Mavzuning vazifalari: Dastur asosida mazmunining murakkablashib borishi 
to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish. Dastur bilan ishlash to’g’risida malakalar 
hosil qilish. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish