MUHOKAMA Boshqaruv usuli odatda menejerning xodimlarga va mehnat jamoalariga maqsadli ta'sir ko'rsatish, ularning harakatlarini muvofiqlashtirishni ta'minlash usullari (usullari) majmui sifatida talqin etiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bu yerda usul - bu tashkilotning yerishilgan darajasi bilan shartlangan, rahbardan tashqarida va mustaqil ravishda mavjud bo'lgan mutlaqo ob'ektiv tushunchadir.
Boshqarishning turli usullari va vositalarining optimal kombinatsiyasi va nisbatini tanlash analitik va psixologik ijodiy harakatdir.
So’rovnoma natijalariga ko’ra, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, tarbiyachi xodimlar bilan bevosita aloqasi, ichki nazoratning shaffof emasligi, tashkilotga oliy ma’lumotli kadrlarni jalb etmaganligi, hududdagi boshqa ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik va tajriba almashinuvining to’liq yo’lga qo’yilmaganligi kabi muammolarni aniqladim.
XULOSA Yuqorida keltirib o’tilgan qaror farmon va fikrlarga asoslangan xolda aytish mumkinki, maktabgacha ta’lim boshqaruv tizimi ravnaqlashib va istiqbolga yuz tutgan sohaga kun sayin yerishib boradi maktabgacha ta'lim tashkilotida muammoli xatti-harakatlarni namoyon etishga moyil bo'lgan bolalar boshlang'ich maktabga o'tayotganda intizomiy choralar va maxsus xizmatlarga yo'llanmalarni talab qilishi mumkin. Biroq, bu uzoq muddatli ta'sirlarning barchasiga bolalar kiradigan boshlang'ich maktablarning sifati kabi omillar ta'sir qilishi mumkin.
TAKLIFLAR O’rganilgan tadqiqod jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruvida bir qator o’z yechimini kutayotgan muammolar mavjud ekanligi aniqlandi. Ushbu muammolarni ijobiy hal qilish maqsadida takliflar kiritdildi.
-Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbar yani direktor malakasini oshirib borish:
- Maktabgacha ta’lim tashkilaotlarida rahbar boshqaruv psixalogiyasiga oid zamonaviy bilimlarni yo’naltirish;
- tarbiyachi va xodimlar ish faoliyatini nazorat qilish va rag’batlantirish chora tadbirlarini ko’rish;
- davlat dasturiga tushmagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini dasturga tushirish taklifini tuman hokimiyatiga berish orqali tashkilotni zamon talabiga mos keluvchi shart sharoitlarni yaratish;
- bolalarning aqliy va jismoniy rivojlanishiga xizmat qiluvchi o’quv qurollari va sport jihozlari bilan taminlash;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oliy ma’lumotli kadrlarni ish faoliyatiga jalb qilish;
-maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy texnalogiyalar elementlari bilan ta’mianlashini olib borish;