Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida loy ishi mashg`ulotlari Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida loy ishi mashg`ulotlari:
1.Xaykaltaroshlik va uning xususiyatlari.
2.Loy ishi uchun ashyo va jixozlar.
3.Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari.
4.MTMning turli yosh guruhlarida bolalarni loy ishiga o‘rgatish metodlari
Haykaltaroshlik - tasviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). Haykaltaroshlikning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Haykaltaroshlik bajaradigan vazifasi va mazmuniga koʻra bir necha turlarga boʻlinadi:
monumental haykaltaroshlik
Dastgoh haykaltaroshlik,
bezak haykaltaroshligi
mayda haykaltaroshlik
Monumental Haykaltaroshlikka xos boʻlgan xislatlardan biri qahramonlarni koʻtarinki ruhda tasvirlash-dir. Monumental Haykaltaroshlik asarlari uzoqdan koʻrishga moʻljallanganligi sababli, katta-katta yaxlit shakllardan keng foydalaniladi; odam yuzidagi mayda unsurlar, kiyimdagi buklanishlar, mayda qismlar koʻrsatilmasligi mumkin. Bezak Haykaltaroshlikga istirohat bogʻlari, xiyobonlar, koʻcha va bogʻlar, shuningdek, meʼmoriy binolarning devorlarini bezash uchun ishlanadigan turli bezak haykallar kiradi; asarlarida ramziy obrazlar, hayvonlar shakli keng ishlatiladi. Binolarning devorlariga ishlanadigan boʻrtma tasvirlar, amaliy sanʼat buyumlari yuzasiga ishlanadigan bezaklar, favvora, panja-ra, badiiy darvozalar ham shu Haykaltaroshlikning koʻrinishidir Dastgoh Haykaltaroshlikga mustaqil mazmunga ega boʻlgan, sanʼatning boshqa turlariga tobe boʻlmagan asarlar kiradi; ular koʻrgazmalar, muzey xonalariga va uylarning interyeriga qoʻyish uchun moʻljallanadi. Kichik guruhda: ham o’yinchoqlarga qiziqish uyg’otish, o’sha o’yinchoqlarni o’ynash istagini hosil qilish, ham o’yinchoqlariga faqat qiziqib qolmay balki ularning xilma-xil formalarini ko’rishlari, ularga solingan gullar rangini ham ajrata bilishlari, bu o’yinchoq emas, balki guruhni bezatish uchun keltirilgan narsa ekanligini tushuntirishlari zarur. Loy va plastilindan narsalar yasash mashg’ulotlari 3 turga bo’linadi:
2.Mazmunli yoki syujetli loy ishi
1.Buyumli yoki yakka narsalar yasash
3.Bezakli yoki dekorativ loy ishi
O’rta guruhda: Ba’zi xalq o’yinchoqlarini bilishlari va ular haqida hikoya qilib berishlari kerak. Guruhdagi mavjud haykallarni ko’rsatib bera olishlari, unga san’at asarlari sifatida munosabat bildira olishlari lozim. Haykallarni haykaltarosh yasashini bilishlari kerak. Katta guruhda: Xalq o’yinchoqlari qanday materiallardan yasalishini, uni tasvirlash vositalarini bilishlari (o’yinchoqning shakli, proporsiyalari, harakatlari hamda o’yinchoqni yana ham chiroyliroq va qiziqarliroq qiladigan qo’shimcha qismlari to’g’risida so’zlab bera olishlari kerak). Yaqin atrofdagi istirohat bog’iga (maydonga)sayr-ekskursiya vaqtida tarbiyachining haykal to’g’risidagi hikoyasini qunt bilan tinglay bilish, keyinchalik mana shu haykalni kartinkalarda, slaydlarda ko’rib topib olishlari, haykal to’g’risidagi suhbatga qo’shilishlari kerak. Maktabga tayyorlov guruhida:xalq o’yinchoqlarini bilishlari,tushunishlari va sevishlari, ayrim o’yinchoqlarni tayyorlashga oid hunarmandchilik ishlarini tasavvur qilishlari va turli o’yinchoqlarning bir-biridan farqini bilishlari, xalq o’yinchoqlari to’g’risida mustaqil hikoya qila olishlari,o’yinchoqning mazmuni va chiroyli tomonlari to’g’risida gapirib bera olishlari qanday haykallar (xalq haykaltaroshligi yo’li bilan yasalgan formasi kichik monumental haykallar borligini bilishlari, haykalni tomosha qila olishlari uning hamma tomonlaridan aylanib o’tib tomosha qilishlari, haykalning tasviriy vositalariga e’tiborni qaratishlari lozim Dekarativ loy ish.Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari shu jumladan xalq ustalarining mayda dekotativ plastikasi bilan tanishtirishdir. Qo’g’irchoq, hayvon, qushni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan skakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, tasavvur va fantaziyani kengaytiradi Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko`radi, qo`liga oladi, paypaslaydi, kerak bo`lsa o`zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo`yqalam emas balki qo`ldir, to`g`rirog`i ikki qo`lidir, shu sababli mahorat darajasi o`z qo`llarning egalik darajasiga bog`liq. SHu nuqtai nazardan qaraganda, modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o`zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin. Loy ishida qo`llaniladigan usullar
2. SHar yasash, so`ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish
1. Yumaloqlik – bir bo`lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
3. Yassilash – sharikdan yassi non yasaladi, qo`lning holati doimo o`zgarib turadi.
4. CHo`zish – sharikning bir qismi cho`ziladi.
5.Surish(yamash) buyumning ayrim qismlarini o`zaro biriktirish.
Modellashtirish texnikasi turli va rang- barang bo`lib, shu bilan birga kichik yoshdagi bolalar ham bajara olish imkoniyatiga egadirlar. Fazoviy tasvirlarni modellashtirishda plastik materiallardan narsalarni yasash ajoyib imkoniyatlarni beradi. E`tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |