Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlari.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida:tarbiyalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi maxsus bo‘linmalari tomonidan;
yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga amal qilinishini o‘rganish, yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va ilmiy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilinishini o‘rganish, sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilarning sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi va hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari tomonidan;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlash, mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda uning hududiy bandlikka ko‘maklashish va aholini ish bilan ta’minlash markazlari tomonidan;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralarni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‘lishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan;
er, yer osti boyliklari, suv, daraxtlar va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini o‘rnatish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish borasida yagona siyosatni amalga oshirish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish, pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha tekshirish — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |