Ertalabki gimnastikani o’tkazish metodikasi
Sog’lomlashtirish va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish uchun ertalabki gimnastika aniq belgilangan vaqtda o’tkazilishi zarur. Ertalabki gimnastika birinchi kichik gruppadan boshlab joriy etiladi.
Gimnastika uchun mashqlarni tanlash va uning davomiyligi programma asosida har bir yosh gruppasi bolalarining xususiyatlari hamda imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Ertalabki gimnastikada qo’llaniladigan mashqlarni bolalar oldindan fizkulg’tura mashg’ulotlarida o’rganadilar. Biroq u yoki bu harakatni quruq takrorlamasalar-da, ularning umumiy asosini saqlaydilar. Masalan, ertalabki gimnastikada «tayoqni bosh ustida ushlab turgan holatdan, bukilgan tizzaga tekkizish» mashqiga bolalar qo’llar yuqoriga ko’tarilgan holatdan bukilgan tizza uzra chapak chalish yoki shunga o’xshash mashqni bayroqchalar, chambarak va hokazolar bilan bajarish vaqtida tayerlanadi. Bunday bir tipdagi mashqlar maxsus o’rganishni talab etmaydi, ayni paytda turli predmetlarni qo’llanish tufayli ko’nikmalarni muntazam mashq qildiradi. Variantlardan qanchalik ko’p foydalanilsa, harakat ko’nikmasi shuychalik ko’p va yaxshiroq hosil qilinadi, mashq aniqroq bajariladi va uning sog’lomlashtirish samarasi ko’proq bo’ladi.
Har bir ertalabki gimnastika kompleksi odatda 7 kun davom etadi. Bu vaqt ichida kompleksga mashq vazifalariga yaqin variaptlar kiritilishi, foydalaniladigan predmetlar o’zgartirilishi mumkin.
Ertalabki gimnastikada harakatlarga o’rgatilmaydi, shuning uchun tarbiyachi mashqii oldindan tushuntirishi va namoyish qpliish kerak emas. Kichik gruppalarda va o’rta gruppalarda yilning birinchi yarmida tarbiyachi bolalarga mashqni o’zi bilan birga, o’yin usullarini qo’llangan holda bajarishni taklif etadi. Keyinchalik o’rta (yilning ikkinchi yarmi), katta va tayyorlov gruppalarida u mashqlarni nomini qisqagina aytadi, dastlabki holat uchun komanda beradi (masalan, «Asosiy tik holatga turilsin!»). SHundan so’ng bolalar mashqni tarbiyachi bilan birgalikda bajaradilar. Ertalabki gimnastikani bunday tashkil etish maqsadga muvofiq: bolalar bexato ko’rsatilgan namunani bevosita idrok etadilar, uni to’g’ri bajaradilar. Biroq, tarbiyachi barcha mashqlarni hamisha ham bajaravermaydi. Agar masalan, boshni pastga egib gavda bilan oldinga engashganda yoki gavda bilan aylanma harakat qilinganda tarbiyachi bolalarni ko’rmaydi, shunday ekan, u bolalarning mashqni qanday bajarayotganini kuzatishi, bajarish tempini boshqarishi, agar kerak bo’lsa, qisqa ko’rsatmalar bilan yordam berishi maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachi bolalarning nafas olishini, nafasni so’z va ovoz bilan chiqarishini talab qilgan holda kuzatib boradi. Bu usul mashqni muzika jo’rligida bajarganda ham saqlanadi. Har bir mashqning oxiri muzika iborasining oxiri bilan tugaydi va bolalar shunga muvofiq sekingina «Pastga» yoki «Chapak», «O’tirdik» deyishadi.
Mashqni boshlashdan oldin va u tugagach, katta gruppa bolalari asosiy tik holatda (tovonlarni juftlashtirib, oyoq uchlarini kerib) turadilar. Shu holatidan ular tarbiyachi ko’rsatmasiga kura keyingi mashq uchun turish holatini o’zgartiradilar va yurishni boshlaydilar. Yurish tugagach ular yana asosiy holatiga qaytadilar. Bu bolani gavdasini (qomatni) to’g’ri tutishga o’rgatishda yordam beradi, ixchamlik, uyushganlikni tarbiyalaydi. Kichik va o’rta gruppalarda bolalar oyoqlarni parallel holda biroz kerib turadilar, bu yassi tovonlikning oldini oladi.
Ertalabki gimnastika so’nggidagi surhatni sekinlatib yurish, turgan joyida oyoqlarni biroz ko’tarib qadam tashlash, nafas olish mashqlarini bajarish bilan tugallanadi. Bu bola yurak pulsini normal holga keltiradi.
Ertalabki gimnastikadan so’ng bolalar ular uchun vrach tomonidan belgilangan suv muolajalari (artinish, ustdan suv quyish, dush) bilan shug’ullanadilar.
Turli yoshdagi bolalardan iborat gruppalarda gruppachalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiy talab hisoblanadi, SHunga muvofiq ertalabki gimnastika mashqlari har bir gruppacha uchun programma va bolalar imkoniyatlaridan kelib chiqib alohida tanlanadi.
Gimnastikani har bir gruppa bilan o’tqazish izchilligi umuman rejimga ko’ra belgilanadi. Turli yoshdagi bolalarni barcha uchun umumiy bo’lgan mashqlarni bajarish uchun birlashtirish mumkchi emas, bunday hollarda yosh jihatdan kichik bolalar birmuncha kattaroq bolalarga mo’ljallangan qiyin mashqlarni bajaradilar va toliqib qoladilar, katta yoshlilar zsa, kichkiqtoylarga mo’ljallangan mashqlarni bajarganlarida ularning topshiriqlarga nisbatan qiziqishlari yo’qoladi va tegishli jismoniy nagruzka olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |