Ertalabki gimnastika uchun musiqa
Musiqa ertalabki gimnastika chog’ida bolalarda emotsional ko’tarinkilik, quvonch tuyg’ulari uyg’otadi. Ertalabki gimnastika uchun musiqa asarlarini tanlash unga kiritiladigan mashqlar xarakteri bilan belgilanadi. Masalan, shaxdam qadam bilan boshlanuvchi ertalabki gimnastikaga marsh muzikasi moe keladi. Aksincha, ertalabki gimnastika so’ngidagi yurish qo’zg’alishni susaytirish va organizmni normaga keltirish uchun beriladi; shunga muvofiq yakunlovchi marsh ham bosiq bo’lishi, o’rtacha suratda ijro etilishi lozim.
Katta gruppalarda gimnastikani qo’shiq aytib yurishdan boshlash tavsiya etiladi. Qo’shiq aytish bolalarda tetik kayfiyat hosil qiladi va o’ziga xos, foydali nafas olish gimnastikasi hisoblanadi. Musiqa rahbari yo’qligida tarbiyachi buben, baraban yoki gramplastinkadan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |