Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy didaktik o’yinlar


Bolalar o‘yinlarida musiqa



Download 0,55 Mb.
bet3/4
Sana27.02.2020
Hajmi0,55 Mb.
#41050
1   2   3   4
Bog'liq
Kichik yoshdagi


Bolalar o‘yinlarida musiqa Har xil bolalar o‘yin mashqlarida turli xil musiqalardan foydalaniladi. Bolalar o‘zlari mashg‘ulotlarda o‘rgangan: «Musiqa mashg‘ulotlari», «Konsert»larda raqsga tushadilar, ashula aytadilar. Bunday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarga ro‘llarni bo‘lib beradi, har xil musiqalarni topib beradi.

Bolalar tariyasida musiqiy-didaktik o‘yinlar katta rol o‘ynaydi. Ulardan ayrimlari mashg‘ulotlar vaqtida o‘rganiladi. O‘yinlar musiqaviy qobiliyatni, fikrlashni oshiradi. Oila tarbiyachisi bolalarning kundalik hayotida olgan bilimlarini mashg‘ulotlarda takrorlaydi, ularni yangi musiqiy-didaktik o‘yinlar bilan tanishtirib boradi.

Oila tarbiyachisi bolalarni har xil musiqaviy asboblar bilan tanishtirib boradi va bolalarni har xil musiqaviy asboblar qo‘yilgan stol atrofiga o‘tqizadi. Bolalarni birma-bir chaqirib, asboblarning nomini so‘raydi, tarbiyachi musiqa chalib beradi va qaysi musiqaviy asbobda chalganini bolalardan so‘raydi.

Musiqaviy ta’lim berish jarayonida musiqa tinglash, kuylash, musiqa savodini o‘rgatish, raqs tushish, cholg‘u asboblarini chalish hamda musiqa ijodkorligi kabi bilimlarni berish har tomonlama kamolga yetishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Bolalarga musiqiy tarbiya berishning negizi qo‘shiq aytishdir. Qo‘shiq har tomonlama bolani kamolga yetaklaydi. Bolalardagi musiqiy qobilyatni rivojlantirishga hamda bolaning barkamol yetuk avlod kishisi sifatida o‘sishiga yordam beradi. Bolalar bog‘chasida o‘rgatiladigan har bir qo‘shiq mazmuni va xarakterini ongli tushunishga o‘rgatish kerak bo‘ladi. Avvalambor tarbiyachi biror

bir she’rni yod olishni dasturdan foydalangan holda o‘rganadi. Har bir tanlangan she’r bolaning qiziqishlari, bolaning ishlari, guruhlari hamda fasllarga qarab bayramlarning turlariga qarab o‘rgatiladi. Qo‘shiq bolaning hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Qo‘shiq inson tafakkurini va ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda avval qo‘shiq kuyini, keyin she’rini misrama-misra o‘rgatamiz. Qo‘shiq kuyini o‘rgatganda to‘rt xil musiqa asboblari orqali chalib yoki bo‘lmasa, biror-bir jonivorning ovozlarini berib, o‘rgatishimiz mumkin. She’rni esa bo‘g‘inlarga ajratib yoki chapaklar orqali yod oldiradi. Bolalar she’rlarni tezroq yod olishlari uchun she’r matnlarini takror aytishimiz kerak. Agar bolaning xayoli bir joyda bo‘lmasa, musiqa tovushlarini va she’rni tez yod olishlari murakkab bo‘ladi.

Chunki musiqaviy qobilyatini o‘stirish musiqa san’atiga bo‘lgan mehr va qiziqishini oshirib borish bolalarning o‘z faoliyati jarayonida muvoffaqityali bajaradi. Qo‘shiq aytishda bolalarning ovoz xajmi diapozoni ishtiyoqi va zavqi, musiqa va qo‘shiq sohasidagi tayyorgarligini e’tiborga olishi lozim.

Har bir qo‘shiq ma’lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zda tutib tanlanadi. Qo‘shiqlarni ma’lum bir tizimga solishda oddiydan-murakkabga qarab borishga rioya qilish kerak.

Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga qarab tanlash tafiya etiladi:

-tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzulishi va xarakteri;

-qo‘shiqning matnini yod olishligi, badiiy yuksakligi va bolaarning lug‘at boyligiga mosligi;

-ohangning xarakteri, intonatsiya ifodasi, kuyning o‘lchovi, diapazonning bolalar ovoziga mosligi;

-qo‘shiqning musiqa cholg‘u asboblari jo‘rligi uchun nota matni bo‘lishligi va bolalar yoshiga mosligi;

-qo‘shiqning shakli, necha band, qismdan iboratligi, naqoratning mavjudligi.

Yalla, lapar, alla kabi o‘zbek xalq qo‘shiqlari, shuningdek, terma qo‘shiqlar milliy musiqiy-ritmik harakatlar bilan o‘rgatiladi. Musiqa rahbari bolalarga qo‘shiqlarni ifodali yoqimli ovzda aytib berib tanishtiradi. Qo‘shiq mazmunini obrazli, qiziqarli tarzda bolalar ongiga yetkazishga harakat qiladi. Bunda u ko‘rgazmali qurollar, musiqiy ritmik harakatlardan foydalanadi. qo‘shiq mazmuni va xarakterini bolalar yaxshi anglab olgandan so‘ng o‘rgatishga kirishadi. Bolalar toliqib qolmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish uslubi vaqti-vaqti bilan o‘zgartirilib turiladi.

Bolalar qo‘shiqni o‘rindiqlarga o‘tirgan yoki tik turgan holda kuylaydilar. O‘tirgan holatda o‘rindiqlarga suyanib ya’ni, orqaga yotib olib aytish mumkin emas. O‘rindiqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishligi lozim. Qo‘shiq o‘tirib kuylayotganda qo‘llarni tizzalariga qo‘yishi shart. Qo‘shiqning mazmuniga mos musiqiy-ritmik haraktarni bajarish bolalarning ko‘krak qafasi va nafas yo‘llarini yaxshi rivojlantirishga yordam beradi.

Qo‘shiq kuylash yengil va oson amalga oshirilishi tufayli bolalar diqqatini tez jalb etish mumkin. qo‘shiq repertuarini tanlashda bolalarning quyidagi ovoz diapazonlariga rioya etish lozim.

-2-3 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni mi -1-lya -1;

-3-4 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-lya -1;

-4-5 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-si -1;

-5-6 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-do -1;

-6-7 yoshli guruhlarda ovoz diapazoni re -1-re -2;

Barcha guruh bolalari uchun (fa 1-si 1) yengil primar-qulay regstr hisoblanadi. Shuning uchun vokal mashqlarini va yengil qo‘shiqlarni shu regstrda kuylatish maqsadga muvofiqdir. Bu bolalarda musiqiy qobiliyatni har tamonlama rivojlantirishda katta ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarning fikrlash qobiliyati, nutqi, idroki o‘sadi. Musiqa rahbari albatta har bir qo‘shiqni o‘rgatish davomida bolalar bilan suhbat qilib ulardan qo‘shiq haqidagi fikrlarini so‘rab ularni fikrlashga undashi yaxshi. Musiqa rahbari shu bilan birgalikda bolalarni ovozini asrab avaylashga o‘rgatib borishi lozim.



Talaffuzning aniq va ravshanligi qo‘shiqning tushinarli bo‘lishiga berib uning badiiy obraz bilan aniq va mahzunli ijro etishiga kumaklashadi. Bolalarning ovoz xosila tizilmalari musiqa o‘quvi yoshga qarab o‘sadi. Shuning uchun qo‘shiq aytish malakalari ovozning asosiy elementlari: nafasning rejaga solish, tovush hosil qilish, talaffuz, soz, ansambl, dasturida har qaysi o‘quv elementlarining hammasi bir - biriga o‘zviy bog‘lanib borishi. Yuqorida ko‘rsatilgan elementalarning har biri hamma guruhlardagi qo‘shiq aytish ilimining mazmuniga kiradi, va asta-sekin mustahkamlanib, sifati o‘zgarib, murakkab qo‘shiq repertuarida rivojlanadi. Shu guruh bolalariga alohida e’tibor berilishi kerak.

Kichik guruh(ilk yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi. Musiqa rahbari qo‘shiqni mayin, jonli kuylaydi, so‘ng rasmlar,o‘yinchoqlar yordami bilan mazmunan qisqacha hikoya qilib beradi. Savol-javob orqali qo‘shiq mazmunini ochib beradi. Dastlab bolalar qo‘shiqni ijro eta olmaydilar. Ular takrorlanuvchi jumlalarni kuylaydilar xalos. Bolalarda kuylash holati, talaffuz, ovoz hosil qilish, to‘g‘ri nafas olish kabi vokal malakalarini shakllantirib borish ishlari boshlanadi.bolalar musiqa rahbariga taqlidan u ijro etgan qo‘shiqni qaytarishga harakt qilishadi. Qo‘shiq mazmuniga mos harakt qila boshlaydilar. Musiqa rahbari ularda jamoa bo‘lib kuylash ko‘nimalarini shakllantirib borishi lozim. Bolalar mashg‘ulotlar davomida asta-sekin qo‘shiqlarni bir-biridan farqlay boshlaydilar.

Kichik guruh(ilk yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi

T.r

Mashg‘ulot mazmuni

Uslub va usullar

Mashg‘ulotning maqsadi va vazifalari

1

Musiqiy ritmik harakatlar





2

Tinglash





3

Kuylash . “Rumolcha” P. Mo‘min she’ri. D. Omonullayeva musiqasi

Tushuntirish, ijro, rahbatlantirish

Qo‘shiq mazmunini tanishtirib ko‘rgazmalardan foydalanish

4

Raqs





5

Bolalar cholg‘ularida ijro





Musiqa rahbari: hozir sizlarga qo‘shiqni ijro etib beraman deb qo‘shiqni ijro etadi va bolalardan qo‘shiq nima haqida ekanligini so‘raydi. Hozirgi kun talabi shuki qo‘shiqni o‘rgatish davomida musiqa rahbari bolalarni savol javobga undash kerak, ya’ni ularni mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirib borish shart. Umumiy musiqa mashg‘uloti 10-15 daqiqa davom etsa, kuylash mashg‘ulot davomida 5 daqiqa davom etishi tavsiya etiladi.

O‘rta guruh(4 yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi

O‘rta guruh bolalarining atrofdagi hodisalarga qiziqishi ancha ortadi, ular musiqa rahbariga turli savollar bera boshlaydilar. Bu yoshda nutq rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi: bolalarning so‘z boyligi ortadi, ular tevarak-atrof haqida fikr yurita oladigan bo‘ladilar. Musiqa rahbari ushbu jihatlarni hisobga olgan holda o‘z rejasini tuzib olishi lozim.

4-yoshli bolalar tanish qo‘shiq va kuylarni bilib oladilar, ularni nomlarini aytadilar. Bolalar tovush balanligi va tembrlarini farqlay oladilar, musiqa rahbarining ovoziga yaxshi moslashadilar, cho‘zib kuy oladilar.

Musiqa mashg‘uloti bu guruh bolalari uchun 20-25 daqiqani tashkil etadi.



Katta guruh(5 yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi

Besh yoshli bolalarda qo‘shiqlarni o‘ynab kuylash. Idrok qilish faoliyatlari o‘rta guruh bolalariga qaraganda ko‘proq rivojlangan bo‘ladi.qo‘shiqlarni ifodali qilib aytib bera oladilar.

Musiqa rahbari:

- bolalar nutqini takomillashtirish, so‘zlarni aniq talaffuz etishga o‘rgatish.

-Musiqa asari bilan tanishishda badiiy idrok qilish qobiliyatini o‘stirib borishi lozim.

-Qo‘shiq so‘zlarini tabiiy ovozda, zo‘riqtirmay, to‘g‘ri talaffuz qilib kuylashga o‘rgatish.

Musiqa mashg‘ulotlari davomiyligi 25-30 daqiqani tashkil qiladi.

Tayyorlov guruh(6-7 yosh) bolalariga qo‘shiq o‘rgatish texnologiyasi bu yoshdagi bolalar musiqa rahbari topshiradigan vazifalarning mohiyatini tushunadilar, ko‘rsatmalarni mustaqil bajaradilar. Tovushni to‘g‘ri hosil qilib, sof intonatsiya, musiqa ostida ritmik harakatlar bajarib kuylay olishadi. Qo‘shiqni tabiiy, yengil, jarandor, yoqimli ohangda kuylash olishga o‘rgatish lozim. Qo‘shiq jumlalari orasida yelkalarni ko‘tarmasdan nafas olish ko‘nimalarini rivojlantirish lozim. Bolalarga tantanavor ruhdagi qo‘shiqlarni o‘rgatish, bayramona rtmdagi qo‘shiqlar ko‘proq yoqadi.

Musiqa mashg‘uloti davomiyligi 30-35 daqiqani tashkil etishi mumkin.

Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida yosh davrlar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.

Kichik guruh bolalarini kuylashga o‘rgatish metodlari 3 yoshda ovoz apparati endi shakllana boshlaydi. Qo‘shiqchilik ovozi hali yo‘q, nafas qisqa, lekin bolalar shu davrda juda qiziquvchan bo‘lib, kattalar ijrochiga bajonudil qo‘shiladilar, jumlalarning ba’zi tovushlarini kuylay olishadilar. Asosiy vazifa. Boshlang‘ich kuylash malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash. Bu yoshdagi bolalar qo‘shiqni butun yaxlitligicha kuylay olishmaydilar, faqat ba’zi qismlarinigina kuylay olishadi. 4 yoshga kelib ovoz kuchayadi, ular eng oddiy qo‘shiqlarni kuylay olishadi. Bunda qo‘yiladigan vazifa — bolalarda tabiiy tovushda kuylashga, zo‘riqmasdan, tovushni siqmasdan kuylashga o‘rgatish. Bu yoshda muhim ishlardn biri bu talaffuz ustida ishlash. Bolalar bu yoshda hali ko‘p so‘zlarni ma’nosini tushunmaydilar. Ularga so‘zlarning mazmunini va to‘g‘ri talaffuzini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar umumiy bir tempda kuylashi qiyin kechadi. Bu narsa tarbiyachining doimiy e’tiborida bo‘lishi va bolalarning birgalikda kuylashga o‘tgatishi kerak.

5 yoshli bolalar murakkab bo‘lmagan qo‘shiqlarni musiqiy rahbariga ergashib kuylaydilar.

Metodik usullar:

1. Musiqa rahbari tomonidan qo‘shiqni ifodali emotsional ijroda ko‘rsatish;

2. Qo‘shiqni birinchi bor tanishtirish jarayonida rasm, o‘yinchoqlar bilan qo‘shiqni mazmunini ochib berishga yordam beradi.

3. O‘yin shakllarini qo‘llash.

4. Ta’limiy usul — musiqa rahbari asarni 2-3 marta fortepianoda chalib beradi va bolalar bilan birgalikda kuylaydilar.

5. Qo‘shiq matnini kuy bilan birgalikda o‘rganiladi.



O‘rta guruh bolalarini kuylashga o‘rgatish metodlari 5 yoshdagi bolalar ma’lum darajadagi umumiy musiqiy tayyorgarlikka ega. Ovozi ancha mustahkamlangan bo‘lib diapazon (re 1 — si 1) kengaygan. Nafas biroz mustahkamlangan, chuqqurlashgan, so‘zlarni to‘g‘ri to‘laffuz qilish malakalariga egadir.

Asosiy vazifa:

1. Tabiiy tovushda zo‘riqmasdan kuylash. Bu malaka ustida muntazam ravishda ish olib boriladi.

2. To‘g‘ri nafas olish, ya’ni bir jumlani bir nafasda kuylash.

3. To‘g‘ri talaffuzga e’tibor berish

4. Artikulyatsiya ustida ishlash (qo‘shiq ijrosi vaqtida og‘izni to‘liq ochishga, past jag‘ni zo‘riqtirmasdan, siqmasdan ochib kuylash).

5. Ansambl malakalari — qo‘shiqni birga boshlab, birga tugatishga

erishish. Bu yoshdagi bolalarni jo‘rsiz ijroga o‘rgatish (yaxshi o‘rganilgan

va mustahkam biladigan qo‘shiqni jo‘rsiz aytishi mumkin) kerak.

Metodik usullar:

1. Qo‘shiqni o‘rgatish jarayonida fortepiano jo‘rligida yoki jo‘rsiz olib

boriladi.

2. Musiqa rahbarining ovozidan kuylashga o‘rgatish bolalar uchun

osonlashadi.

3. Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida musiqiy jumlalarni bolalarni guruhlarga

bo‘lib, navbatma-navbat ayttirish (bunday metodni qo‘llashdan maqsad

bolalarning eshituv jarayonini va diqqatini rivojlantiradi).

4. Cho‘zib kuylash malakasini o‘stirish (kontelenno ijrosi). Bu yoshda kuylash oldidan ovoz sozlash mashqlariga katta e’tibor beriladi. Mashqlar bolalarda qo‘shiqchilik ovozini va qo‘shiqchilik nafasi rivojiga olib keladi.



Katta guruhda kuylashga o‘rgatish metodlari Tovush hosil qilish ustida ishlaganda zo‘riqmasdan kuylashga e’tiborini qaratadi, ammo ovoz jaranglash turli-tuman bo‘lishini, ya’ni tabiiy, jarangdor, chaqqon, yengil, mayin kuylashga erishish kerak. Qo‘shiqchilikda diksiya va qo‘shiqchilikni rivojlantirib o‘z-o‘zini eshitishga ovoz kuchini boshqarishga, so‘zlarni aniq talaffuz etishga o‘rgatish. Musiqa rahbari doim bolalar sof kuylashiga e’tibor berishi kerak. Kuylashning sifati kuylash holatiga bog‘liqdir. Ifodali kuylashga erishishda dinamiz tuslar, ansambl malakalari to‘g‘ri

bajarilishi muximdir.

Metodik usullar:

1. Aks-sado usuli.

2. Qiyoslash-taqqoslash metodlaridan foydalaniladi.

Maktabga tayyorlov guruhlarida kuylashga o‘rgatish metodlari Maktabga tayyorlov guruhida musiqiy-estetik masalalar alohida ahamiyat kasb etidi. 6-7 yoshli bolalarda kuylashga ehtiyoj kuchayadi. Maktabga bolalarni puxta egallagan bilim va malakalar bilan yuboriladi.

Maktabga tayyorlov guruhi bolalaridan talab etiladi:

1. Qo‘shiqni ifodali ijro etishi: jarangdor, kuychan, yengil ovoz bilan

kuylash; ko‘krak va yelkani ko‘tarmasdan nafas olish; jumlani boshida olingan nafasni jumlaning oxirigacha tejab sarflash; artekulyatsiya malakalari, so‘zlarni (unli va undosh harflarni) aniq va burro talaffuz qilish.

2. Qo‘shiqni birga boshlab birga tugatishi (tempni tezlashtirmasdan yoki sekinlashtirmasdan); ritm va tempni aniq his qilishi; kuyni sof intonatsiya qilishi, yonidagi do‘stini kamchiligini ayta olishi; tanish bo‘lgan qo‘shiqni asbob jo‘rligida yoki jo‘rsiz ijro eta olish; kuyning yuqoriga va pastga harakatlanishi, uzun va qisqa tovushlarni aniqlay olishi; notalar nomlarini bilishi; yuqori notalar nota yo‘lining yuqorisida, past notalar esa pastiga yozilishini bilishi kerak.

3. Jamoa va yakka kuylay olishi. Bunda qomatini tik tutib, ega bo‘lgan

qo‘shiqchilik malakalarini ko‘rsata olishi.

4. Qo‘shiqchilik diapazonini rivojlantirishi (do (do#) 1-re2).



Qo‘shiqchilik malakalari

1. Tovush hosil qilish ustida ishlash (yengil, yuqori, jarangdor, kuychan). Musiqa rahbari qo‘shiq o‘rgatish jarayonida o‘zi yoki yaxshi kuylaydigan bola misolida ko‘rsatadi.

2. Unli tovushlar (a, o, u, e, i)ni to‘g‘ri talaffuz qilish. Bunda musiqa

rahbari kuylashdan oldin ovoz sozlash mashqlarida (lya-le-li bo‘g‘inlari) qo‘llashi maqsadga muvofiqdir.

3. Qo‘shiqchilik nafasi ustida ishlash.

4. Diksiya rivoji. Bola matnni mazmunini tushungan holda to‘g‘ri kuylashi kerak.

5. Intonatsiya (stroy) ning sofligi va to‘g‘riligiga erishish.

Metodik usullar:

1. Qo‘shiq kuylashdan oldin ovoz sozlash.

2. Qo‘shiqni yuqori va past tonalliklarda transportda kuylash.

3. Kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.

4. Kuyni qo‘l xaraktida ko‘rsatish (dirijyorlik elementlari).

Musiqiy asar tahliliga namuna: «Yangi yil archasi» M.Abdushukurova she’ri A. Berlin musiqasi asar maktabga tayyorlov yosh bolalarga mo‘ljallangan. Bu qo‘shiqning murakkab joylari ko‘p bo‘lib, bolalarda kuylash faoliyatini takomillashtiradi. Qo‘shiq diapazoni mi 1 – do 2. Bu qo‘shiqda qishning ziynati, quyoncha, tulkicha, qorbobo va boshqa mexmonlarni kutayotganlari haqida, umuman olganda, bolalarning hayotida yangi yil xotiralari o‘chmas iz qoldiradi. Uning yorqinligi, bolalar ertak qahramonlari bilan hamnafaslikda bo‘lganligi bolalarni o‘ziga jalb etadi.

Qo‘shiq aytish murakkab psixologik fiziologik jarayondir. Qo‘shiq aytganda bola organizimning deyarli hamma a’zolari ayniqsa, tovush hosil qiluvchi artikulyatsiya nafas organlari va nerv tuqimalari nerv sistemasi faol ishtirok etadi. Agar mazkur organlarining biri qo‘shiq aytish jarayonida notug‘ri ishlasa ovoz xosila tizilmasiga va ovoz xosil bo‘lishiga ziyon yetishi mumkin. Shuning uchun vokal malakalarini hosil etishda bu organlarning bir vaqtda o‘zaro aloqada va normal ishlashga erishi zarur. Bu tadbirlar nafasning tekis, osoyishta tutqinli chiqishiga va nutq talaffuzning yaxshi rivojlanishiga katta yordam beradi.

Musiqa o‘quvini o‘stirish ovozni parvarish qilish va vokal xor malakalarini hosil etishda maxsus vokal mashqlari ya’ni uch tovushli past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlari orasida intervallar kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida qo‘shiq aytib “Ovozni maqomga solish” katta ahamiyatga egadir.

Musiqadan savodli qilish vazifasi bolalarning musiqa o‘quvini o‘stirish asosida ularga qo‘shiqning musiqiy ohangni anglash va tushunishni qo‘shiq so‘zlarini to‘g‘ri aytishni o‘rgatishdir. Musiqa sohasida berilgan barcha nazariy ma’lumotlar notaga qarab qo‘shiq aytish va mashqlar qilish jarayonida mustahkamlanadi.



  1. Qo‘shiq ijro malakalalari va ularning ahamiyati. Xor bo‘lib kuylash murakkab psixologiya fiziologiya jarayon hisoblanadi. Vokal xor ishlari bolalarni ahloqiy estetik tarbiya uchun o‘qitishning eng aktiv shaklidar. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylaganda bolalarni diqqat e’tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanidi, ovoz diapozoni kuchayadi, musiqiy o‘quvi usadi, rasta davri yengil o‘tadi. Vokal-xor malakalari yildan-yilga shakllanib boradi, har bir darsda qayta-qayta eslatib nazorat qilib turish lozim. Vokal xor malakalarini 6 xil turga bo‘linadi.

  2. Mashg‘ulotda qo‘shiq kuylash holati.

  3. Qo‘shiqchilik nafasi.

  4. Ovoz hosil qilish.

  5. Sozlanish.

  6. Ansamblga jo‘r bo‘lish.

  7. Talaffuz.

Qo‘shiq aytishda gavda xolatining to‘g‘ri bo‘lishiga estetik va fiziologik tomondan qarash lozim. Qo‘shiqchi biridan eshituvchi diqqatini chalg‘itadigan keraksiz xarakatlardan o‘zini xoli qilib, tabiiy majbur bo‘lmagan va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishga o‘rganishi kerak. Qo‘shiqchilikda saxnada o‘zini tutish manzarasi muvaffaqiyat uchun katta ahamiyatga egadir.

Gavdaning to‘g‘ri holati ovoz chiqarishdaqo‘yidagi qo‘layliklarni to‘g‘diradi. Gavdaning erkin, lekin aktiv holati muskullarni tovush hosil qilish vazifasini bajarishga safarbar qiladi. Shunday qilib qo‘shiq aytishda gavdaning to‘g‘ri holati qo‘shiqsi uchun prinsipial ahamiyatga egadir.



Qo‘shiqchilik nafasi. Bu masalada ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, qo‘shiq aytish jarayonida nafasning bir turi bo‘lib qat’iy ravishda ijro qilish mumkin emas. Qo‘shiqdan aralash nafas ishalatiladi. Nafas chiqarish qo‘shiq aytishda katta rol uynaydi. Bolalarga murakkablatirmasdan tushuntirib maqsadga muvofiq o‘qituvchi bolalarda qo‘shiq nafasi oddiy fiziologiya nafasni farqi birligini yaxshi anglash bilish kerak. Chunki guruh bolalarida nafas organlari edi rivojlanish darajasida bo‘lganligi uchun ularni ko‘proq nafas gimnastikasi bilan shug‘ullantirishi ovozni tezroq qo‘shiq uchun shaklalnishga sabab bo‘ladi.

Ovoz hosil qilish uchun mayin va yoqimli kuylay olish kerak. Og‘ir sur’atdali qo‘shiqlarni kuylaganda ortiqcha chuzib, asarning xarakterini bushashtirib yubormaslik zarur. Tez sr’atli asarlarda shoshmaslik, ovoz mayinligini yo‘qotmadan maqsadga muvofiqdir. Liga bilan birlashtirgan notalarni ea kuylay olish kerak. Unlilarni to‘g‘ri talaffuz etish undosh tovushlarni esa burro va aniq talaffuz qilish maqsadga muvofiqdir. Kuylaganda og‘izning yumaloq bo‘lishgae’tibor berish kerak.

O‘zbek tilida talaffuz qilinadigan unlilarni “u” tovushiga yaqinroq qilib yaqinroq qilib aytishbariq qattiq va nozik ovozda kuylashga yo‘l qo‘ymaslik kera. Tovush hosil qilish uchun artikulyatsiya organlarini erkin harakatlantirish, lablar va tillalarni faol tutish zarur. Unli tovushlarni talafuz etganda og‘iz va lablarning ochilishi holatiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Unlilarni yumaloq qilib kuylay olish kerak.tovush tembrining bir xilligiga erishish uchun tovushni bir maromda va unisonda kuylash olish zarur.o‘rtacha dinamikida mayin,yumshoq kuylash, mantiqiy urg‘ular bera olish maqsadga muvofiqdir.

Qo‘shiq ijro etishda ovoz mashqlarining o‘rni. Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarga tizimli ravishda vokal va xor malakalarini sindirib borish o‘qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Kichik maktab yoshdagi bolalarning ovoz xosila tizilmalari juda nozik, ovoz diapozonlari cheklangan bo‘ladi. Uzoq vaqt surunkasiga qo‘shiq kuylash bolalar ovoz xosila tizilmalarining shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun dars stukturasini buzib musiqa savodi va musiqa tinglash faoliyatlari o‘rnida ham qo‘shiq kuylatish xolalariga yo‘l qo‘yish tavsiya etilmaydi.

Bolalar ovoz xosila tizilmalariga patur yetkazmaslik, ovoz saqlashning muhim sharti ovoz diapozonlarini yaxshi aniqlash va ishchi diapozonlaridagi notalardan tashqariga chiqmaslik, shuningdek vokal malakalarini izchilik bilan rivojlantirib borishdir. Odatda har bir mashg‘uloti ovoz sozlash malakalaridan boshlanib, bu mashqlar bolani navbatdagi vokal kuylash ishalri uchun tayyorlaydi. Ovozni sozlash mashqlariga doimiy ravishda u mashg‘ulotdan bu mashg‘ulotga qaytarilib keladigan mashqlar ishlatiladi. Bu mashqlarning vazifasi ovoz va nafas xosila tizilmalarining to‘g‘ri yo‘nalishda shakllanishini ta’minlashdan iboratdir.

Birinchi mashq odatda bitta ovozda masalan, sol oktava notasida ijro qilinadi. Bolalarga bu tovushni unlisida juda ko‘p vaqt davomida chuzib turish taklif qilinib, og‘iz bushlig‘i va hiqildoq keng ochilib, kuylash xuddi “Esnash” holatida amalga oshiriladi.

Xar bir kuylovchi erkin nafas olib ya’ni nafas tamom bo‘g‘ilgandan yana nafas olib usha tovushni kuylashni davom etitridadi. Bu holatda umumiy kuyganlik va tonning aniqligi har bir bolani umumiy jaranglashda moslashga yordam beradi.

Kuylash jarayonida unison paydo bo‘lib, kuylovchilarning diqqat bir joyga tuplangpnligini sezgandan keyin xormeyster o‘qituvchi navbatdagi mashqqa o‘tish mumkin.bu mashqda bolalar shu sol tovushni yana unlisi faol nafas chiqarish orqali to‘rt marta qisqa qilib kuylashlari va beshinchi martasida chuzishlari lozim.

Bu ijro usuli nafas jarayonini faollashtiradi va tovushhosil qilishning erkin, zuriqmasdan bo‘lishini ta’minlaydi. Navabatdagi mashq yuqoridagi mashqni unlisida kuylashdan iboratdir. Bunda tovushni dumaloq holda ya’ni yu yoki i holatda kuylaganda yaqinlashtirish lozim. Bu xolatda yorqin va yaqin jarangdor va tovush tuqmalarning aktiv ishlashiga zamin yaratiladi.

Bu mashqlardan keyin tovushni konsertrik tarbiyalash uslubidan foydalanib kuyning diapozoni kengaytirib va boshqa tovushlarda ham yengil kuylashga o‘tish mumkin.

Ikkinchi guruh mashqlar odatda u yoki bu vokal xor malakalarini rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Bu mashqlar zanjir shaklidagi nafas olishini ko‘p ovozlikni akapella qilib kuylash malakalarini tartiblaydi.

Masalan gammani yuqoriga yoki pastga butun notalarda kuylanadi va har bir tovushning o‘rtasida nafas yanngilanadi.

Bu mashqda har bir ijrochi boshqa ijrochilar bilan bir vaqtga va aniq qilib naqasni tiklaydi, so‘ngra intonatsion aniq shu tovushni qaytaradi.

Uchinchi guruh mashqlar rahbari tomonidan asarni o‘rganish jarayonida ishlab chiqiladi. U mashqlar asarni o‘rganish jarayonida paydo bo‘ladigan intatsion ritmik yoki boshqa muammolardan kelib chiqqan holda rahbar tomonidan tuziladi.

Qo‘shiqchilikda ovoz xosila tizilmalarining tuzilishi va ahamiyati. Insonning ovoz xosila tizilmasi o‘ziga xos murakkab musiqa asbobi bo‘lib o‘zining rang-barang tembr boyligi nihoyatda nozik musiqa ifodalash xususiyatlariga egaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki kishi ovozi kuy va so‘zni organik payvandlash natijasida musiqiy nutqni asl ma’nosini ochib beradi. Bu boradi inson ovoziga teng keladigan birorta ham musiqa asbobi yo‘q. Ovoz xosila tizilmai tomoq, xiqildoq, xaqum nafas ravogi ovoz pardalari bog‘lamlari rezator va har xil ushalardan iborat.

Xiqildoq ovoz paydo qilish xosila tizilmai vazifasini bajaradi. Xiqildoq uzuksimon, qalqonsimon va ikkita shoxsimon uchburchak tomonlardan iborat bo‘ladi. ular muayyan muskullar yordamida oldinga va orqaga harakat qiladi. Qalqonsimon tagayning pastki uzuksimon tang‘ayning xalqa qismi ustidagi pardalar elastik tolalardan tuzilgan. Tomoqning xalqum devorlari tomonidan nafas yo‘li boshlanadi va ovoz ravog‘iga taqaladi.

Ovoz ravog‘i har ikkala chetida juda nozik tola-tuqimalaridan iborat kuchliligi ovoz barqarorligi, ovoz chidamliligi kabidir. Ovoz yumshoq va jarangdor bo‘lsa, bu ovoz tembri yaxshi hisoblanadi. Aniq barqarorlik ovozning qaltiramasliligi, har bir tovushni u balandlikka chuzib tura olish qobiliyatiga egaligidir. Ovozning chidamliligi esa ko‘ylaganda tez charchamaslik qiyin va katta asarlarni ijro qilishda ovozning toliqmaslik xususiyati bilan belgilanadi. Qushiq aytish manand tovush ovoz pardalarining tebranishi hamda rezanatorlar tovushni kuchlantirish natijasida paydo bo‘ladi.

Rezanatorlar ikki hil bo‘ladi: Yuqori va pastki. Yuqori –bosh rezanatorga ovoz pardalarining tepasiga joylashgan xiqildoq.,burun va og‘iz bo‘shliqlari kiradi. Pastki kukrak rezanatoriga kukrak rezanatoriga kukrak qafasi troxeyale bronxlar kiradi. Rezanatolar tovush xosil qilish paytida o‘z shaklini xajmini artikulyatsiya xosila tizilmasi orqali o‘zgartirib turadilar.

Diapozoni yuqori registr tovushlar, bosh rezanotor, pastki registr tovushlari –ko‘krak rezanotor deyiladi. O‘rta registr tovushlarini kuylaganda aralash bosh va kukrak registrlaridan foydalaniladi.

Artikuliyatsiya-lotincha “artikul” –bo‘linish degan ma’noni bildiradi. Talaffuz aniq yoki noaniq bo‘linish artikulyatsiya xosila tizilmasining aktiv yoki passivligiga bog‘liq. Vokal darslarida olib boriladigan ma’lum mashqlar artikuliyani aktivlashtiradi. Artikulyatsiya xosila tizilmasi organlarni aktivlashtirish uchun turli xil mashiqlardan foydalanish mumkin. Masalan, pastki jag‘ xarkatining aktivlashtirish uchun “na”, “ma”, “da” kabi bug‘inlardan foydalanib mashq qilish mumkin. Tug‘ri talaffuz qilishda undosh bug‘inlardan undosh va unli tovushlarni o‘zaro munosabati katta ahamiyatiga ega bo‘ladi.

O‘nli tovushlarni uzlashtirishda undosh tovushlarning aniq talaffuzi muhum rol o‘ynaydi.

Endi lab tish faolligi uchun qilinadigan mashiqlardan ayrim namunalar keltiramiz. Lablarning faolligi uchun lab undoshlari z. m. p. ya. f. Va lab unlilari o. u. yu. tovushlaridan nu. mu. mo. bu. ku. Kabi bug‘unlar tuzib talaffuz qilish mumkin. Til faolligini oshirish uchun undosh d. k. z. l. n. r. s. t. s. ch. sh. Va unli tovushlardan iborat lya.lyo.lyu.le. va hokozo bug‘inlardan tuzilgan mashiqlardan foydalanish mumkin.

Agar u. unlilari k.g. undoshlar bilan qushib ku, ku, gu bug‘inlari yordamida mashq qilinsa artikulyatsiya xosila tizilmasining orqa tomoni faollashadi. Shuningdek di, zi, de, ze bug‘inlar yordamida mashq qilish artikuliyatsiya xosila tizilmasining oldingi qismini faollashtiradi va tovush bir muncha mayin va xarakatchan bo‘ladi, til oldinroqda joylashadi. So‘z talaffuzida ovoz kuchli tessitura talab qiladi. Yuqori registrda kuylaganda ovoz birmuncha qiyin sharoitda bo‘ladi. Bunday paytda yuqori notalarda ovozni shakllantirish bilan so‘zlarni aniq tanaffuz qilish oddiy ish bo‘lmaydi.

Asardagi adabiy matn so‘zlarini tinglovchilarga yetkazib berish vositasi deksiya deyiladi. Deksiya asarning g‘oyaviy mazmunini ochib berishda muhim o‘rin tutadi. Vokal musiqasida so‘z va muzika bir birini tuldiradi va badiiy obraz yaratadi.

Deksiya lotincha “talaffuz” nutq aniq so‘z talaffuzi ma’nosini bildiradi.

Musiqa rahbari bolalarga asar matnini tug‘ri va aniq talaffuz qilishni o‘rgatish bilan cheklanmasdan so‘zlarni qanday talaffuz qilishni bilishi mantiqiy urg‘ularga orfoepiya qoidalariga rioya qilishi zarur. Talaffuzning aniq bo‘lishi nutq xosila tizilmasining qanday joylashganligi va ishlashiga bog‘liq. Ovoz pardalari, tovush xosil qilish pardalari joylashgan. Odam ovozi juft va toq xiqildoq tog‘aylari pardalarining muskullari yordamida bir – biri bilan birikish hosil bo‘ladi. Nafas orqali chiqayotgan havo xiqildog‘i tog‘aylar orasida tortilgan baland pastligi yo‘g‘on-ingichkali xiqildog‘ bo‘lishiinng katta-kichikligini pardalarning tarangligiga ularning uzunligi va qalinligiga, til xalqum,-xiqildoq muskullarning qisqarishiga bog‘liqdir. Bu pardalar yuqori va pastda joylashgan bo‘lib, yuqoridagi soxta pastdagisi esa chin ovoz pardasi deyiladi.

Qo‘shiqchilikda qo‘shiq aytishga moyil va ma’lum ovoz balandligi, yoqimli tembrga, tiniq lirik yoki dramatik kichik yoki katta kuchlanishga ega bo‘lgan ohangdor ovozlar kuylashga monand ovozlar hisoblanadi. Yetarli hajmi chiroyli tembr ovoz, lablar, yumshoq tanglay, qattiq tanlay, jag‘ tinglash qo‘shiqchilik nutqini tashkil qiladi. Shunday qilib qo‘shiq ijrosida asarning poetik va mazmunini tinglovchilarga yetkazib berishda talaffuz talaffuz artikulyatsiya muhim rolb uynar ekan. Musiqa madaniyati darslarida bolalarning so‘z talaffuzi mahorati bilan birga nutq madaniyatini o‘stirib borish lozim. Yaxshi kuylash malakasiga ega bo‘lgan bola har qanday shaklda yozilgan qo‘shiqni to‘g‘ri talaffuz qila oladi.

Bolalar ovozini rivojlantirish Ovoz-axborotini o‘zatishning g‘oyat muhim tovush vositasidir, odamlarning o‘zaro aloqa bog‘lash vositasidir. Odamlarning ovoz bilan bog‘liq faoliyatining asosiy turlari nutq va qo‘shiq aytishdan iborat bo‘lib, ularga ayni vaqtda musika faoliyatining bir turi deb ham qaraladi.

Ovoz – insonning katta boyligi bo‘lib, bu boylikdan u butun umri davomida foydalanadi. Shu munosabat bilan tovush xosila tizilmasini ustalik bilan mashq qildirish, chiniqtirish, uni mumkin qadar uzoq vaqt sog‘lom saqlashga intilish muhimdir.

Shu narsa aniqki, bolalikdan qo‘shiq aytishga to‘g‘ri o‘rgatish odamni muzikaviy – ijodiy rivojlantirishnigina emas, balki uning tovush xosila tizilmaini mustahkamlash, ovozni asrashning ham samarali usulidir. Qo‘shiq aytishni rivojlantirish nutqning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qo‘shiq aytishga bolalikda to‘g‘ri o‘rgatish muhimdir. Bunda bolaning qo‘shiq ovozni iloji boricha ertaroq, ehtiyot bo‘lib, g‘amxo‘rlik bilan rivojlantirish, uning tovush xosila tizilmasining holatiga doimo e’tibor bilan qarash zarur.

Bola ovozining rivojlanishi bola yoshining ulg‘ayishi natijasida qo‘shiq aytishga aniq maqsadni ko‘zlab o‘rgatish tufayli yoki muntazam o‘quv jarayoniga uyutirilmagan sharoitlardagi ijobiy ta’sir ostida, yoki bo‘lmasa har ikkala yo‘lning qo‘shilib ketishi tufayli yuz beradigan jarayondir.

Bola ovozining birlamchi manbai bo‘g‘iz bo‘lib,unda tovush naychalari oralig‘ida tutashgan tovush pardalari bo‘ladi. Qo‘shiq aytgan vaqtda markaziy asab sistemasining boshqaruvida faqat bo‘g‘iz emas, balki artikulyatsiya xosila tizilmai, nafas organlari hamda boshqa organ va sistemalar jalb etiladi.

Boladagi tovush xosila tizilmasining ayrim organlari takomillashuvi jarayonida ba’zan ular rivojida nomutanosiblik paydo bo‘ladi. Bir tomondan-bu jarayonda sezilarli sakrashlar yuz beradi, ikkinchi tomondan shunday intervallar bo‘ladiki, bunda ayrim organlarning rivojlanishi deyarli sezilarsiz o‘tadi. Ularning shakllanishi bir vaqtda tugamasligi ham xarakterlidir.

Qo‘shiq aytishga o‘rgatishni tashkil etishda shu narsa katta ahamiyatga egadirki, bolalaning ovozi yosh jihatidan kamol topishining bir qancha davrlarini boshdan kechiradi. Ularning muddatlari turli bolalarda har hil bo‘lib, ba’zan juda katta farq qiladi.

Bunda bolaning ovoz diapozoni bir muncha qisqarishi, kuylash chog‘ida bir qadar o‘ng‘aysizlik, kuylab bo‘lgandan so‘ng charchoq paydo bo‘lishi, ovoz jarangida bir muncha o‘zgarish yuz berishi, masalan u bir oz bo‘g‘ilishi mumkin.

Qo‘shiqchilik rivojida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan optimal ko‘rsatgichlarga erishish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni bajarish kerak.

a) qo‘shiq hamisha erkin, tabiiy, zo‘riqmasdan aytilishi kerak;

b) qo‘shiq aytish xotirjamlikni, faollikni, emotsional tayyorgarlikni, qo‘shiq aytish chog‘ida gavdani tutish qoidalariga rioya qilish zarurligini, muayyan asarni ijro etishga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lishi, o‘zining musiqa tinglash qobilyatini muttasil kontrol qilib turishni talab qiladi;

v) jarangdor, lekin ayni vaqtda mayin, yumshoq, ohangdor tovushni, butun diapozonda bir tekis bo‘lgan tovushni shakllantirishga, ovozning individual go‘zalligini saqlashga harakat qilish kerak;

g) ovozning jaranglash tembrini ovoz diapozoning markaziy qismidan yuqori va pastga qarab mustahkamlash hamda rivojlantirish, uning eng chetdagi tovushlarini suiiste’mol qilmaslik, ovozning ishchi diapozoni –butun diapozonning shunday bir qismiki, uning doirasi oson va erkin kuylanadi, ovozning bir tembri saqlanib, undan aralash tovushlar muvaffaqiyatli shakllantiriladi degan fikrga asoslanish;

д) qo‘shiq aytgan vaqtda qichqirish, tovushni zo‘riqtirish mumkin emas;

ye) doimo past tovush va bolaning lanjligi bilan bog‘liq holda qo‘shiq aytishdan ham naf kam;

j) qo‘shiq nutqining aniqligi (talaffuz) yaxshi bo‘lmog‘i uchun unli tovushlarni to‘g‘ri, aniq, lekin birmuncha silliqlashtirib shakllantirish kerak; undosh tovushlarni aniq, keskin, qisqa, har bir kishida ma’lum darajada individual bo‘lgan qo‘shiq aytish rejimida ovoz xosila tizilmasining ishidagi qulaylik buzmagan holda chiqarish zarur;

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bayram ertaliklari jarayonlarida estetik tarbiya berish samarali kechadi. Keyingi paragrafda shu haqda so’z boradi
MTM tarbiyalanuvchilari uchun bayram tadbirlarini o’tkazishda musiqaning o’rni

Nafosat tarbiyasining mazmuni serqirra bo‘lib, musiqa tarbiya eng asosiy o‘rinni egallaydi. Musiqiy ta’limning oliy maqsadi: yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qila oladigan hamda musiqa boyligini idrok eta oladigan, yetuk, barkamol, madaniyatli, nafaqat o‘z milliy an’analarini, balki boshqa millatlar madaniyatidan boxabar va bu an’ana, madaniyatlarini hurmat qiladigan qilib voyaga yetkazishdan iboratdir. Bunda nafosat tarbiyasining ahamiyati benihoya kattadir.

Bayram ertaliklari estetik ya’ni nafosat tarbiyasi berishda muhim tadbirlardan biridir. Ertaliklar bog‘cha hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan bo‘lib, tantanavorlik, xursandlik va shodlik holatini vujudga keltiradi, bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bayram ertaliklaridan maqsad, bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib yorqin taassurotlar qoldirish va shodlik baxsh etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Istiqlol sharofati tufayli qadryatlarimiz, unutilgan, lekin bola tarbiyasida nihoyatda zarur bo‘lgan urf-odatlarimiz tiklanmoqda. Shu sababli bayram ertaliklari shaklan va mazmunan o‘zgarmoqda. Bolalar bog‘chalarida nishonlanadigan asosiy bayramlar quyidagilardan iborat:

1. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni.

2. O‘qituvchi va murabbiylar kuni.

3. Mehrjon bayrami.

4. Yangi yil bayrami.

5. Vatan himoyachilari kuni.

6. Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

7. Navro‘z bayrami.

8. Xotira va qadrlash kuni.

9. Gul va qushlar bayrami.

10. Sog‘lomjon va polvonjon bayram ertaligi.

11. Bolalarni maktab quchog‘iga kuzatish tadbiri.

Har bir bayramning o‘z ma’nosi va alohida xususiyati bor.

Masalan, 1 sentabrda nishonlanadigan Mustaqillik bayramida vatanni sevish va e’zozlash, unga munosib farzand bo‘lib yetishish, uning yutuqlaridan faxrlanish hissi tarbiyalanadi. Bayram katta guruh bolalari bilan o‘tkazilib, ular O‘zbekiston Respublikasi madhiyasini kuylaydilar. Kichik va o‘rta guruh bolalari tomoshabin sifatida qatnashadilar. Ertalikdagi o‘yinlar, inssenirovkalarda xalqimizning erishgan yutuqlari, mehnatning insonga quvonch baxsh etishi odamlarning bir-biriga mehr-oqibati, qadriyatlarimiz ko‘rsatilishi kerak. Musiqa rahbari bayram dasturini tuzishda ijodiy yondoshib, zamonaviy bolalar qo‘shiqlari bilan bir qatorda, o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ham dasturga kiritishimiz lozim.

Mehrjon bayramida mehnat mavsumi yakuniga yetayotganligini ifodalab, «Quyosh bobo» ga minnatdorchilik bildirib, «Bobodehqon» mehnatini, «Ona yer» saxovatini, mehr muruvvatini, «Kuzjon» ning to‘kin sochinligini ramziy obrazlar orqali chuqurroq idrok etishlariga erishish lozim. Bu bayramni katta, o‘rta va kichik guruh tarzida o‘tkazish mumkin. Bayram tantanalarida iloji boricha o‘zbek milliy asboblarini (karnay, sunray, nog‘ora) jalb qilish tavsiya etiladi. Imkoniyat bo‘lmasa, fonogrammadan foydalanish lozim. Askiyalar va kichik sahnalashtirilgan ertaklar ham bo‘lishi tavsiya etiladi. Qo‘shiq, lapar (aytishuv) va askiyalar mazmuni bolalarga tushunarli bo‘lishi kerak.

Yangi yil bayrami butun dunyoda ramziy qabul qilingan bo‘lib, jahon bolalarining eng sevimli bayramidir. Unda chiroyli bezatilgan archa, quvnoq kuy, qo‘shiq va o‘yinlar Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari, o‘rmon hayvonlari ishtirok etib, bolalar bilan xursandchilik qiladilar.

Navro‘z bayramida uyg‘onayotgan borliq, tabiat ulug‘lanadi. Qadriyat, urf-odat udumlarini aks ettiruvchi mazkur bayram, tabiat uyg‘onishi, yangi mehnat mavsumining boshlanishi, tabiat go‘zalligidan zavqlanish va uni asray bilish, ko‘kalamzorlashtirish, mehnatni ulug‘lash kabi g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. Qo‘shiq-yallalar kuylanadi, o‘lanaytishuvlar va turli xil qiziqarli o‘yinlar o‘tkaziladi. Bu bayramni bog‘cha sharoitidan kelib chiqqan holda, zalda yoki hovlida o‘tkazish mumkin.

Qadimda sharq xalqlari o‘z sayllariga odamlarni karnay-surnay orqali chorlaganlar. Shuning uchun bayramning tantanali qismida milliy cholg‘u asboblardan yoki fonogrammadan foydalanish lozim. Badiiy qismda quvnoq qo‘shiqlar yangraydi.



8 mart bayramida bolalar onalari, buvilari, opalari, tarbiyachilariga bo‘lgan mehrlari va ulkan muhabbatlarini qo‘shiq, she’r, raqs, o‘yinlarida ifodalaydilar. Ularning mehnatlarini e’zozlab, minnatdorchilik bildirib, o‘z qo‘llari bilan yasagan sovg‘alarini taqdim etadilar. Ular uchun katta, o‘rta va kichik guruhlarda konsert uyushtiriladi. Bayram uchun to‘g‘ri tanlangan qo‘shiq, musiqa, sahna ko‘rinishlari bolalarda xushchaqchaq kayfiyat tug‘dirishda katta ahamiyatga ega. Ular bayramning umumiy xarakteriga, mazmuniga mos bo‘lishi kerak. Agar bog‘chada xalq cholg‘u asboblaridan tuzulgan bolalar ansambli bo‘lsa, uni ham bayram dasturiga kiritish kerak.

Buyuk siymolar tavallud topgan kunlar uchun badiiy musiqiy nafosat soatlarini tashkil etish, bolalarda milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirib boradi. Ularning rasmlarini ko‘rsatib, buyuk xizmatlari haqida ma’lumotlar berish, bolalar yoshiga mos asarlari bilan tanishtirish esa bolalar ma’naviyatini oshiradi. Shuningdek, bayramlar bolalarni Respublikamizda yashaydigan barcha millat va xalqlarning urf-odatlari, qo‘shiq va o‘yinlari bilan tanishtirish hamda ularga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashda kata o‘rin egallaydi.



Kichik, o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari

MTM da olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga bog‘cha yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqiylikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi. Bolalar yoshiga xos musiqa asarlari kichintoylarda unutilmas taassurot qoldiradi, ularni ruhiy dunyosini boyitadi. Bog‘cha sharoitidagi musiqaviy tarbiya badiiy adabiyot va tasviriy san’at bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi.



Kichik va o‘rta guruhlarda bayram ertaliklari

1. Mustaqillik bayrami. Bu bayram tadbiri 1-sentabrda o‘tkaziladi. Tadbir O‘zbekiston Davlat madhiyasining yangrashi bilan boshlanadi. Bolalar Vatanimiz haqidagi she’rlarni yoddan o‘qib, qo‘shiqlar ijro etadilar.

2. Mehrjon bayrami – Bobodehqon va ona zaminni ulug‘lovchi bayramdir. U 25-oktabrdan 5-noyabrgacha o‘tkaziladi.

3. Archa bayrami. Bu bayramda Qorbobo, Qorqiz va sevimli ertak qahramonlari ishtirok etadilar.

4. 8-mart – Onajonlar bayrami.

5. Navro‘z bayrami 21-martdan boshlanadi.

6. Sog‘lom va polvonjon tadbiri esa 1-iyunda o‘tkaziladi.

Katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari

1. «1-sentabr – Mustaqillik bayrami». Bayram tadbirlari orqali bolalarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘ulari tarkib toptiriladi.

2. 1-oktabr – «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni».

3. Til bayrami. Bu bayram «Til – dil kaliti», «Ona tilim – jonu dilim» nomlari ostida nishonlanadi.

4. «Mehrjon bayrami» – hosil bayrami.

5. 8-dekabr – Konstitutsiya kuni. Shu munosabat bilan

«Qomusimiz – nomusimiz» tadbiri o‘tkaziladi.

6. «Archa bayrami» ertaligi.

7. 14-yanvar. «Vatan himoyachilari kuni».

8. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan konsert uyushtiriladi.

9. 21-mart – Navro‘z bayrami. Bu tadbirda, asosan, u urfodatlarimiz va qadriyatlarimiz haqidagi sahna korinishlari va kuy qo‘shiqlar ijro etiladi.

10. Gullar va qushlar bayrami may oyida o‘tkaziladi. Bolalar O‘zbekiston gullari va qushlari haqida she’r hamda qo‘shiqlar aydatilar.

11. «Sog‘lomjon va polvonjon», «Sog‘lom tanda – sog‘ aql» tadbirlari 1-iyunda o‘tkaziladi. Bayramda turli estafeta va bellashuvlar uyushtiriladi.

12. Maktabda kuzatish bayrami. «Xayr, bog‘chajon – salom, maktab!».




XULOSA

Kichik yochdagi bolalarga estetik tarbiya berishda musiqaning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash maqsadida olib borgan izlanishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:

1. Musiqa – bolalar estetik tarbiyasida asosiy o‘rin tutadi.

2. Bolalar musiqiy estetik madaniyatini shakllantirish muammosi asrlar davomida ilm ahli uchun dolzarb muammo bo‘lib kelgan. Chunki jamiyat ma’naviyatini shaxs ma’naviyatining yuksakligi, qolaversa, bolalarning musiqiy estetik madaniyatning shakllanganlik darajasi tashkil etadi.

3.Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa mashg‘ulotlari imkon darajasida tashkil etilgan, ammo kichik yoshdagi bolalarni estetik tarbilash uchun davr talabi asosida musiqa mashg’ulotlarini yanada takomillashtirish va qo‘shiq o‘rgatishda yangi texnologiyalardan foydalanishga undamoqda.

4. Bolalar ma’naviy-estetik tarbiyasini yanada takomillashtirish uchun mo‘ljallangan tadbirlarda qo‘shiq va raqslardan ko‘proq foydalanish lozim.

5. Bolalarning musiqaga qiziqishini oshirish maqsadida muntazam tashkil etiladigan tadbirlarga o‘zgacha ruh bag‘ishlash kerak.

6. Demak, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa vositasida kichik yoshdagi bolalarni musiqiy madaniyatini shakllantirishdan pirovard maqsadimiz xalq farovonligi, yurt tinchligi, Vatan taraqqiyotini o‘zida mujassam qilgan Ozod va obod Vatan quradigan barkamol shaxslarni tarbiyalashdan iborat.



Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni. Barkamol avlod orzusi. –Toshkent: O‘zbekiston, 1998. –20-29 b.

2.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Barkamol avlod orzusi. –T.: O‘zbekiston, 1998.- 31-61 b.

3.Karimov I. A., “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” -T.:, “Ma’naviyat”, 2008

4.Karimov I. A., O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T.: , “O‘zbekiston”, 1992. 90 bet

5.Karimov I.A. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. –T.: “O‘zbekiston” 1996 y.

6.Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-tom. –T.: O‘zbekiston, 1997. -384 b.

7.Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni –xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin -Toshkent: O‘zbekiston, 1998. –30 b.

8. Karimov I. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: “O‘zbekiston”, 2000 y, -66 b.

9. Qodirov R. G‘. “Musiqa psixologiyasi” T: Musiqa. 2005- yil 7-b

10. Sharipova G., Yakubova Sh. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa

o‘qitish metodikasi Toshkent-Cho‘lpon nashriyoti -2007 yil

11. Bola ma’naviyatini shakllantirish. (Yo‘ldoshev J.tahriri ostida.) – Toshkent:

Sharq, 2000. – 301 bet.

12.Bolalarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi

konsepsiyasi. –Toshkent: Rahbar, 1998. –15 b.

13.Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent Musiqa

nashriyoti 2009 yil

14. Soliyev N Musiqa savodi ailifbosi T.:G’ofur G’ulom 2003 y

16 Umarov.E. Estetika T.: “O‘zbekiston”, 1995y., -210–bet

17. Ushinskiy K.D. Sbor, soch. —M.: L., 1988.

18. Shimanovskiy K. Tanlangan maqola va xatlar. L., 1993, 80–bet.

19. P.Yusupova. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi», Toshkent, 1993.

20 G.Sharipova, Sh.Yakubova. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi». Toshkent, 2007.



21. Internet ma’lumotlari





Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish