Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida yosh davrlar bo‘yicha ko‘rib chiqamiz.
Kichik guruh bolalarini kuylashga o‘rgatish metodlari 3 yoshda ovoz apparati endi
shakllana boshlaydi. Qo‘shiqchilik ovozi hali yo‘q, nafas qisqa, lekin bolalar shu
davrda juda qiziquvchan bo‘lib, kattalar ijrochiga bajonudil qo‘shiladilar,
jumlalarning ba’zi tovushlarini kuylay olishadilar. Asosiy vazifa. Boshlang‘ich
kuylash malakalarini rivojlantirish va mustahkamlash. Bu yoshdagi bolalar
qo‘shiqni butun yaxlitligicha kuylay olishmaydilar, faqat ba’zi qismlarinigina
kuylay olishadi. 4 yoshga kelib ovoz kuchayadi, ular eng oddiy qo‘shiqlarni kuylay
olishadi. Bunda qo‘yiladigan vazifa — bolalarda tabiiy tovushda kuylashga,
zo‘riqmasdan, tovushni siqmasdan kuylashga o‘rgatish. Bu yoshda muhim ishlardn
biri bu talaffuz ustida ishlash. Bolalar bu yoshda hali ko‘p so‘zlarni ma’nosini
Do'stlaringiz bilan baham: |