Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning ijodkorligini rivojlantirish



Download 36,5 Kb.
Sana22.07.2022
Hajmi36,5 Kb.
#836826
Bog'liq
205 Murotova G MTM



MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASALARIDA BOLALARNING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH
AnDU Maktabgach ta`lim yo`nalishi katta o`qituvchisi
M Tairova
AnDU BTSTI yo`nalishi 2-bosqich talabasi
Murotova Gullola Anvarjon qizi
Maktabgacha ta`lim uzviy ta`limning asosiy bo`g`ini hisoblanib, mamlakatimizda mazkur ta`lim tizimini qayta ko`rib chiqish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan. Bu borada muayyan ishlar olib borilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta`lim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarorida maktabgacha ta`lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash, bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash, darajasini tubdan yaxshilash, ta`lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta`lim dasturlari va texnologiyalarini tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik, jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. [1]
Davlatimiz rahbari alohida qayd etganidek, Maktabgacha ta`lim muassasalariga bolalarni to`la qamrab olishga erishish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish bugungi kun talabiga javob beradigan o`quv tarbiya dasturlarini ishlab chiqishni davrning o`zi taqozo etmoqda.[1]
Hozirgi kunda zamonaviy kadrslarsiz biror yetuk natijaga erishib bolmaydi. Bunday yetuk kadrlarni tayyorlash esa bevosita maktabgacha ta`lim muassasalaridan boshlanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy asoslariga ko`ra inson o`z umri davomida oladigan barcha axborot va ma`lumotlarning 70%i 5-6 yoshgacha bo`lar ekan. Shuning uchun, kelajak avlodlarga mukammal tizim yaratish lozim.
Ta`lim-tarbiyani turli o`yinlardan ayro tasavvur etib bolmaydi. Bolalarda mashg`ulotlar o`yin shaklida o`tkaziladi. Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish maqsadida bir necha o`yinlarni misol qilishimiz mumkin. “Kim topqir” o`yini. Bunda tarbiyachi 1dan 10gacha bo`lgan raqamlarni chalkash tarzda joylashtiradi, bolalar esa bu raqamlarni tartibi bilan joylashtirishlari kerak bo`ladi. Kim birinchi bo`lib berilgan topshiriqni bajarsa tarbiyachi tomonidan rag`batlantiriladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni ijodiy faolligini oshirishdagi mashg`ulotlarni bevosita matematika fani bilan bog`lab o`tish maqsadga muvofiqdir. [2]
Bunda bolalar rasm daftariga o`zlari xohlagan shaklni chizadilar. Masalan: doira, to`rtburchak kabilar. O`zlari yoqtirgan rangli qog`ozni olib, kichkina bo`lakchalarga bo`lib chiqadilar va shu bo`lakchalar bilan rasm daftariga chizgan shakl ichini rangli qog`chalar orqali yelim bilan yopishtiradilar. Bunday mashg`ulotlar bolalarni matematik figuralarni chizish malakasini shakllantiradi. Rangli qog`oz bo`lakchalari bilan figura ichini to`ldirish jarayonida, figura ichini nechta bo`lakchalar orqali to`ldirish kerakligi
Hozirgi kunda turli xil multimediali ta`lim vositalarini ishlab chiqish va ularni ta`lim-tarbiya jarayonida tadbiq etish jadal rivojlanmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tayyorlanadigan multimedia vositalari musiqali, harakatlanuvchi, rangli va jozibali bo`lishi shart. Matematikani bolalarga o`rgatishda tabiatga bog`lab o`rgatishimiz mumkin. Masalan, “Gullar” mavzusi bo`yicha mashg`ulot ishlanmasini ko`rib chiqamiz. Avval mashg`ulot mavzusiga oid multimedia ko`rinishdagi ko`rgazmalar tayyorlab olinadi: ekin maydoni, u yerga gullar ekish, sug`orish, begona o`tlardan tozalash, parvarish qilish, gullarni o`sishini kuzarish kabilar. Mashg`ulotning borishi: tarbiyachi Power Point dasturi yordamida tayyorlagan materiallarini bolalarga ko`rsatadi va bolalarga - gul ekish uchun ajratilgan maydon katta ekanmi yoki kichkina?, shu maydonga nechta gul eksa bo`ladi? Parvarish qilish uchun nimalar qilishimiz kerak? kabi savollar beradi. Savol berish jarayonida tarbiyachi ketma-ketlik bilan multimediani qo`yib boradi (gul ekiladigan maydon, ekish va parvarish qilish jarayoni). Bolalar berilgan savollarga javob bera boshlaydilar. Barcha bolalar o`zlarining fikrlarini aytadilar. So`ng tarbiyachi bolalarni aytib o`tgan fikrlarini umumlashtiradi.
Bunday jarayonda tarbiyachi bolalarni tabiatni asrab avaylash bilan bir qatorda matematikaga qiziqishlarini va bolalarning kompyuter savodxonligini rivojlantirishga ham erishadi. Yana bir mashg`ulotni ko`rib chiqamiz. Bunday kompyuterli mashg`ulotlar an`anaviy mashg`ulotlarga nisbatan qiziqarli bo`ladi, hatto mashg`ulotlarga qiziqmaydigan bolalar ham faol qatnasha boshlaydilar.
O`quvchilarni bu kabi pedagogik texnologiyalar asosida darsga qiziqtira olsak boshqa salbiy narsalarga qiziqishlariga yo`l qo`ymaymiz va oldimizga qo`ygan maqsadimizga erishgan bo`lamiz.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:

  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti – “Harakatlar strategiyasi”

  2. “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari” – T.: 2006.

  3. “Pedagogik mahorat” – T.: “Avtonashr” 2006.

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish