64. Ta’til uchun haq to‘lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
65. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilan Ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.
66. Mehnat kodeksining 150-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlardan tashqari (1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan I va II guruh nogironlariga, o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga) yana quyidagi xodimlarga ularning hoxishiga ko‘ra ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda 14 kalendar kunga qadar ta’til beriladi:
a) betob oila a’zosini parvarishlayotgan shaxslarga;
b) 30 yoshgacha bo‘lgan yosh oila a’zolariga;
v) ishlayotgan nafaqaxo‘rlarga;
67. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning hoxishiga ko‘ra, yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
V. MEHNATGA HAQ TO‘LASH.
KAFOLATLI TO‘LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO‘LOVLARI
68. Ходимлар меҳнатига ҳақ тўлаш тизими Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 5 сентябрдаги “Халқ таълими тизимига бошқарувнинг янги тамойилларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 3931-сонли қарори ҳамда бошқа меъёрий ҳужжатлар асосида амалга оширилади.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash tizimi Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 823-sonli qarori hamda boshqa meyoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
69. Ish haqini to‘lash muddatlari:
birinchi yarim oy uchun - joriy oyning 20 sanasida;
ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning 5 sanasida;
Haq to‘lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to‘lanadi
70. Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi, bunday o‘tkazma miqdori to‘lanadigan summaning 40 foizidan oshmaydi.
71. Xodimga haq to‘lash mazkur Shartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat ko‘rsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda – Ish beruvchi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o‘rtasidagi xizmat ko‘rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to‘g‘risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to‘lashni tartibga solishga yo‘naltirishni o‘z zimmasiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 31 dekabr PQ-4939-sonli Qaroriga binoan Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni ta’minlab, ularning malaka darajasini hisobga olgan holda ish haqi to‘lanishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatadi.
72. Ish beruvchi mehnatga haq to‘lashga va mehnatni meyorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibini Kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |