Мактабгача таълим муассасалари учун жамоа шартномаси макети


Xodimlarni mukofotlash Muassasaning mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi. 74



Download 476 Kb.
bet12/46
Sana28.06.2022
Hajmi476 Kb.
#713147
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
Bog'liq
5-ДМТТ учун ЖШ 2022-2025

73. Xodimlarni mukofotlash Muassasaning mukofotlash to‘g‘risidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi.
74. Muassasada oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o‘rnatiladi:
-tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to‘lanadi;
-ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun - 2 baravar miqdorda haq to‘lanadi ;
-xodimlarga bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori mehnat shartnomasi tomonlarining kelishuvi bo‘yicha belgilanadi, lekin lavozim maoshi (tarif stavkasi)ning 30% dan kam bo‘lmasligi kerak. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” qoidalari bajariladi) (160-modda);
75. O‘zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun to‘laniladigan kompensatsiyalar “O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab xizmat safarlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlarivazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va №7/12 son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268 raqam bilan ro‘yxatga olingan) hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 71-moddasiga asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) yo‘l xarajatlari normativ asosida;
b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlar;
v) O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorida sutkalik xarajatlar;
g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.
76. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to‘lanadigan kompensatsiyalar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktabrdagi 92-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) “Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag‘lar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;
77. Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo‘lida xodim o‘ziga tegishli mol-mulk (asbob-uskunalar, ashyolar va hokazo)dan (avtotransport vositasidan tashqari) foydalanganda ularning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan meyorlar asosida hisoblab chiqilgan amortizatsiyasi doirasida xarajatlar qoplanadi;
78. Ish beruvchining taklifiga binoan xodim boshqa joydagi ishga ko‘chib borganda uning quyidagi qo‘shimcha xarajatlari to‘lanadi:
a) ko‘chish va mol-mulkni ko‘chirib borish bilan bog‘liq xarajatlar;
b) yangi joyda o‘rnashib olish bilan bog‘liq xarajatlar;
v) xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.
g) ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun xojatxona farroshlarning lavozim maoshlariga eng kam ish haqining bir barobari miqdorida kompensatsiya.
79. Muassasada amaliyot o‘tuvchi oliy o‘quv yurtlari talabalarining va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining mehnati uchun haq Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining amaliyoti to‘g‘risidagi nizomga binoan amalga oshiriladi.
80. Ish beruvchining ko‘rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo‘lish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, navbatchilik, darslar o‘tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim o‘z asosiy ishidan ozod etiladi.
81. Agarda yuqorida ko‘rsatilgan tadbirlar ish vaqtida o‘tkazilsa, bu holda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qolinadi – mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o‘tkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo‘shimcha dam olish vaqti beriladi.
82. Xodim ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarayotganda Muassasa bo‘yicha tarif stavkalari va lavozim maoshlari miqdori oshirilsa, u holda xodimga mehnat haqi ana shu davrdagi barcha ish kunlar uchun yangi tarif bo‘yicha qayta hisoblab chiqilib to‘lanadi.
83. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”gi Qarori bilan belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida xodimlar farzandlarining chet tillariga o‘qitish uchun ish beruvchi hisobidan moddiy ko‘mak berish.



Download 476 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish