Tarbiyachi: Bolalar kelinglar, yana bir bor biz qanaqa do’st mehribon, hamjihat, muloyim, tarbiyali ekanligimizni ko’rsatamiz. Hozir biz sizlar bilan “Do’stlik archasi daraxti” nomli hamjihatlikda jamoaviy ish bajaramiz.(Bolalar qog’oz kaftlaridan aplikatsiya bajaradilar: Ular oq qog’oz listdan kaftlarini qirqib o’lchab qirqib oladilar. Va tarbiyachi doskaga oldindan tayyorlab qo’ygan archa daraxti tanasini tagi osmon ko’k rangli vatman qog’ozga bolalar qirqilgan kaftlari aks etgan qo’lchalarni o’zlari tarbiyachi yordamida doskaga yopishtiradilar).
Tarbiyachi: Qaranglar bolajonlar, bitta bo’lib o’zidan bir butun “Do’stlik archa daraxtini” hosil qildi. Men bundan bildimki, bizning guruh bolalari judayam do’st, birdam, yaxshi tarbiyaliklarining shohidi bo’ldim. Qani bo’lmasam hammamiz mehmonlarimiz bilan hayrlashamiz.
(Bolalar guruhdan sho’x do’stlik musiqalari ostida chiqib ketadilar.)
Xulosa
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, ahloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Ahloqiy tarbiya vazifalari quyidagilar:
1. Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
3. Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
4. Xulqdagi salbif sifatlarni barxam toptirish.
Maktabgacha Ta’lim Muassasalarida ahloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali amalga oshirish.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari – oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik yoshli bolalar ahloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o‘yin mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o‘zlashtirib olingan ahloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Foydalanilga adabiyotlar ro'yhati
1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2707-sonli qarori
2.O'bekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3261-sonli qarori.
3.Qodirova F,Toshpo'latova Sh Kayumova N, A'zamova M ning maktabgacha pedagogika darsligi.
4. ,,Ilk qadam”davlat o'quv dasturi
5.O'RQ-637- sonli ta'lim to'g'risidagi qonun.
6. Maktabgacha pedagogika . F R Qodirova Sh Q Toshpo’latova N M Kayumova MN Azamova
7.Internet saytlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |