385
Shu nuqtai nazardan «insonning salbiy motivasiyasi» tushunchasi ijtimoiy psixologiya va yuridik
psixologiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lib, inson xulq-atvorining ma‘lum ma‘noda huquqiy normadan chiqishi, unda
impulsiv (shartsiz refleks) harakatning namoyon bo‘lishi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, inson ruhiyatida kuchli
qo‘zg‘alishni, hissiy muvozanatsizlikning ortishini va idrok etish ko‘lamining torayishini sezish mumkin.
Sport qobiliyatlari o‘z-o‘zidan sport sohasidagi yutug‘ga aylanib qolmaydi. Sportda natijaga erishish uchun
xohish va iroda zarur. Bu ijtimoiy ehtiyojlardan paydo bo‘luvchi ijodiy faoliyat – insonning yuksak ruhiyatiga bog‘liq.
Ijtimoiy ta‘sirlar tug‘ma intilishlar va qobiliyatlarni ijodiy faoliyat tizimiga aylantiradi. Tafakkur
–
ehtiyoj
va
erishilgan natija orasidagi bir bosqich, xolos. Xohish kuchi va faoliyat natijasi orasidagi munosabat qanday? Bu
munosabat Yerkes-Dodson qonuni bilan aniqlanadi. Ya‘ni, xohish qancha kuchli bo‘lsa,
natijalar shuncha yuqori
bo‘ladi. Faqat ma‘lum chegaragacha. Agar motivasiya bu chegaradan o‘tib ketsa, natija yomonlashadi. Stimullar ichida
eng ahamiyatlisi maqsadga yo‘nalganlik. Maqsad aralash-quralash assosiasiyalarni anglangan izlanishga aylantiruvchi,
faoliyat boshini tashkil etuvchi narsa. Bir narsaga diqqatni to‘plash, fikrlash jarayonining samarali bo‘lishi uchun,
avvalo, shaxsda stimul bo‘lishi lozim. Shaxs esa bilim, ko‘nikma va qobiliyatlar bilan birga yuksak rivojlangan
hissiyotlarga ham ega bo‘ladi. Busiz iqtidorni va keng qiziqishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘spirin shaxsining sport
faoliyatidagi shu jihatlardan o‘rganish va rivojlantirish ushbu muammoning ilmiy muhimligini belgilaydi.
XXI asr buyuk o`zgarishlar davri. Bu o`zgarishlar eng avvalo inson tafakkuriga, uning fikrlash tarzida ro`y
bеrishi muqarrar. Tabiiyki, bu holat shaxs ma'naviyati va u orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasiga o`z ta'sirini
ko`rsatmay qolmaydi.
Mazkur mavzu sport mutaxassislari uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib,
unda sport
psixologiyasini o‘rganish orqali shaxsni tarbiyalash mеtodlari, sport faoliyatining, o`qitish va sport mashg`ulotlarining,
sport musobaqalarining psixologik tahlillari, bilish jarayonlarining sport mashqlarini bajarishdagi roli, emotsional
tanglik va ularni tug`diruvchi omillar haqidagi masalalar ochib berilishi kerak.
Statistika bo‘yicha dunyoda noqonuniy giyohlarni iste‘mol qilish ko‘pincha 14 yoshgacha uchraydi. Yosh avji
21 yoshga to‘g‘ri keladi. Albatta, shakllanmagan shaxsning giyohlarni iste‘mol qilishi ijtimoiy-psixologik
muammolarni tug‘diradi: me‘yoriy psixik va
jismoniy yetilish imkonsizligi, maktabga moslashmaganlik, kasb va
bandlikni tanlash muammosi, sheriklik munosabatlarini yaratishdagi qiyinchilik, asotsiallik va h.k.
Bu borada mutaxassis N. Komilova ta‘kidlasicha, ―barcha giyohlarga tobe odamlar
shaxsiy muammoga ega
bo‘lishi mumkin, biroq psixologik muammosi bo‘lgan hamma odamlar ham tobe bo‘lib qolmaydi. Odam agar o‘z
tuyg‘ularini (shu jumladan, salbiy) barobar ifodalashga qodir bo‘lsa, hayotni qanday bo‘lsa shundayigicha anglasa; o‘zi
oldida to‘g‘riso‘z bo‘lsa; boshqalar bilan sog‘lom munosabat o‘rnatish va o‘zi haqida g‘amxo‘rlik qilishga qodir bo‘lsa;
maqsad qo‘yishni va uni amalga oshirishni uddalasa; ijodkorlikka qodir va ish bilan band bo‘lsa; turli buyumlardan
lazzat olishni uddalasa kimyoviy tobelikka qarshi psixologik immunitetga ega bo‘ladi‖.
Do'stlaringiz bilan baham: