Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


TA‘LIM MUASSASALARIDA JISMONIY MASHQLAR –



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

TA‘LIM MUASSASALARIDA JISMONIY MASHQLAR – 
SALOMATLIKNI SAQLOVCHI MUHITNING ASOSI 
 
SALIXOVA G.X., BOBOMURODOV A.E., O‘zDJTI 

Jismoniy mashqlar – o‘quvcnilar jismoniy holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan harakat faoliyatlaridir. Ular 


bolalarni tarbiyalash jarayonida juda erta yoshdan barcha turdagi: alohida, guruhli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, 
ertalabki badan tarbiya chog‘ida, jismoniy tarbiya daqiqalarida, bolalar bayramlari va h.k. da qo‘llaniladi. Jismoniy 
mashqlar predmetlarsiz, har xil predmetlardan, snaryadlardan foydalangan holda o‘tkazilishi mumkin. O‘quvcnilar 
organizmiga musiqa jo‘rligidagi mashqlar ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Jismoniy mashqlar bir qator xususiyatlarga ega bo‘lib, quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: 
- qomatni shakllantirish;
- nafas va yurak-qon tomir tizimi organlarini rivojlantirish; 
- tananing alohida qismlarini rivojlantirish; 
- jismoniy sifatlar va harakat qobiliyatlarini rivojlantirish; 
- ruhiyatni rivojlantirish. 
Nemis pedagogi F. Frebel: ―Bola o‘z rivojlanishi yo‘lida nimagaki ehtiyoj sezsa, unga hammasini koptok 
beradi‖, - deb yozgan edi. To‘p bilan xilma-xil harakatlarni bajarish o‘quvcnilar uchun juda foydali bo‘lib, uning
ruhiy, jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
To‘p deganda, kishining ko‘z oldiga avvalo o‘yin keladi. Bolalar bo‘sh vaqtlarida, shuningdek, tashkil etilgan 
faoliyat jarayonida – jismoiy tarbiya darslarida, ertalabki badan tarbiya vaqtida, faol dam olish davrida – har doim 
koptok o‘ynashga tayyorlar va bundan hech qachon bosh tortmaydilar. Bola hali o‘tirishni ham o‘rganmagan 
paytidanoq o‘zining dastlabki o‘yinchoqlaridan biri – koptok bilan tanishadi. ―Bola koptokda har qanday buyumning, 
ayni paytda, yaxlit va o‘z ichiga yashiringan birlik sifatida o‘zining ham umumiy ifodasini topadi‖, - deya qayd etgan 
edi E. Y. Stepanenkova. 
Aynan hayotning dastlabki yilida qo‘l panjalarining rivojlanishi bilan asosiy, yashash uchun zarur harakatlar: 
ushlab olish, tashlash, uloqtirish, ilish va boshqalar paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar va koptok bilan bajariladigan 
harakatli o‘yinlar ta‘sirida markaziy asab tizimining (MAT) rivojlanishi, bolaning ruhiy va motor o‘sishi yuz beradi. 
Shu tufayli ruhiyat va aqliy qobiliyatlarning taraqqiy etishida mayda harakatlarning ahamiyati nihoyatda katta.
Faoliyatdagi mushaklardan impuls muntazam ravishda miyaga kelib turadi, shu tariqa ular MATni 
―rag‘batlantirib‖, uning uzluksiz rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bola nozik, mayda harakatlarni qanchalik ko‘p bajarsa, 


386 
harakatlari koordinatsiyasi qanchalik yuqori darajaga ko‘tarilsa, uning ruhiy rivojlanishi jarayoni shunchalik
muvaffaqiyatli kechadi.
Uloqtirish mashqlari va to‘p bilan bajariladigan harakatli o‘yinlar bola organizmiga katta fiziologik ta‘sir ham 
ko‘rsatadi. Ular ko‘z bilan chamalash, muvozanat saqlash, qo‘l, gavda, oyoqlar harakatini muvofiqlashtirish, harakat 
qobiliyatlarini, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, koptok bilan bajariladigan harakatlar 
MATga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, mushaklarning qotib qolishini bartaraf etishga imkon beradi, qo‘l panjasining mayda 
mushaklarini rivojlantiradi. Ayni paytda, bolalarda idrok etishning uch asosiy turi rivojlanadi: predmetni, makonni, 
vaqtni idrok etish (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamonlarni). Shunday qilib, koptok bolaning faqat tanasigina emas, 
ruhiyatining rivojiga ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Bunda bolalarning har xil diametr, rang va og‘irlikka ega bo‘lgan, turli xom ashyodan yasalgan koptoklardan 
foydalanishi juda muhim, bu barmoqlar sezgisi – tahlil idrokni o‘stiradi.
Bu tur mashqlar texnik tavsifiga ko‘ra uloqtirishning o‘zi va uloqtirishga tayyorlovchi mashqlardir: dumalatish 
va tashlash. O‘z navbatida, tashlash to‘pni yuqoriga otish (ushlab olish yoki olmaslik bilan), polga urib tutib olish, 
o‘zaro otish (ilib olish yoki ilmaslk bilan) hamda to‘pni olib yurishni nazarda tutadi. Mazkur harakatlarni faqat to‘p 
bilan emas, soqqalar, qumli haltachalar bilan ham bajarish mumkin. Shuningdek, tabiiy materiallar – daraxt shoxlari, 
yong‘oqlar, qor bo‘laklaridan ham foydalansa bo‘ladi. Uloqtirishga tayyorlovchi har bir mashq harakat ko‘nikmalarini 
shakllantirish hamda ruhiy-jismoniy sifatlarni rivojlantirish bo‘yicha pedagogik vazifalarni hal etish uchun o‘z mustaqil 
ahamyatiga ega. 
To'p bilan bajariladigan va ―to‘p maktabi‖ deb ataladigan xilma-xil mashqlarni bajarayotib, ularni muntazam 
ravishda asta-sekin va izchil ravishda murakkablashtirib borish lozim. Masalan, to‘pni bir-biriga qarata, turli buyumlar 
orasidan o‘tkazib, yo‘lakcha bo‘ylab, chiziq bo‘lab va h.k. dumalatish mashqini barcha yosh guruhlarida qo‘llash 
lozim. Mashqlarning murakkabligi to‘pning kattaligi, nishongacha bo‘lgan masofa, bolaning tana holati (cho‘nqayish, 
o‘tirish, egilish) kabilarga bog‘liq. Kichik yosh guruhidagi bolalar ko‘proq sof ―tashlashlar‖ni amalga oshiradilar – 
bular to‘pni tashlab, u poldan qaytganida tutib olish va tutmaslik, bir qo‘l bilan tashlash, ikki qo‘l bilan tutib olish va 
h.k. O‘rta guruh uchun to‘pni tashlash bilan tutib olish orasida turli harakatlarni bajarish, masalan, qarsak chalish, 
qo‘llarni tizzaga tekkizish, o‘tirib-turish kabilar murakkablashtirish hisoblanadi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish