270
Dastlabki tayyorlgarlik davrida bolalarni turli harakatlarga o‘rgatish eng yuqori darajaga chiqishi aniqlangan.
Ko‘pgina tadqiqotlarda ko‘rsatilganidek, bolalarning harakatlarni o‘zlashtirish xotirasi yoshiga binoan o‘zgarishi
nafaqat son nuqtai nazardan, balki sifat ko‘rsatgichlari bilan ham o‘zgarib borishi aniqlangan.
Harakatlarni eslab qolish qobiliyati bolalarda 7 dan 12 yoshgacha tez rivojlanishi sodir bo‘lar ekan, 13 yoshdan
shu qobiliyatning pasayishi kuzatilgan. Harakatlari bolalarga oddiy, bevosita ko‘rsatilsa va tushuntirilsa, o‘zlashtirishi
oson kechar ekan. Yangi harakatlarni bolalar bir necha marta qaytarishda o‘rganib oladilar. Bu yoshdagi bolalarda sport
turlari harakatlariga qiziqish katta, ularni o‘rganishi, yaxshi tayyorlanish va yutuqlarga erishishga doimio intilishladi.
Jismoniy mashqlarga o‘rgatish ularning ruhiy va jismoniy rivojlanishiga katta yordam berib, tarbiyaviy
ahamiyati kengdir. O‘rgatishning amalga oshirlishi umumiy metodik asosida bo‘ladi. Metodlardan foydalanishda
ko‘rgazma uslublar (mashqlarni ko‘rsatish, ko‘rgazmali qurollar, qo‘llanmalar, taqlid o‘qituvchining yordami), so‘z
uslubi (tushuntirish, ko‘rsatma berish, buyurishlar, suhbat, so‘rov va boshqalar) mashqlar, o‘yinlar va musobaqalashuv
metodlaridan unumli qo`llaniladi.
Yangi harakatlar vazifalarini tushuntirishda bolalarning nimalarni bilishi va qanday qilib mashqlarni bajarish
kerakligini bilishi maqsadga muvofiq tomoni shundaki, bolalar o‘zlari mashq unsurlarini ko‘rsata bilsin yoki aytib
tushuntirsin.
Harakat vazifasi aniq qo‘yilishi shart. Iloji bo‘lsa, ko‘rsatma bilan ushlab olish, yetib olish, turnikka cho‘zilib
tirmashib chiqish va h.k. Qanday bo‘lmasin, mashqni to‘liq o‘rgatish metodidan foydalanish kerak.
O‘quvchilarning yoshi qancha kichik bo‘lsa, mashqlarni bajarishi ularning tajribasi shunchalik kam, binobarin,
harakat ko‘nikmalari juda ojiz, bo`ladi. shunday ekan, o‘rgatishda ko‘proq ko‘rgazmali uslubdan foydalanish zarur.
Kichik yoshi dagi maktab o‘quvchilarda kuzatuvchanlik qobiliyati kuchli bo‘lib, shuningdek predmetli, jonli-tasavvur
qilish fikrlash qobiliyatlari juda rivojlangan bo‘ladi. Ularning fikr yuritishi, f‘eli taqlid qilishga moyil bo‘ladi. O‘smir
bolalarning fikrlash qobiliyati juda tanqidiy va noaniq tarzda kechadi, sezgirlik, zehn, idrok, balki tasavvur kuchli
bo`ladi.
Sport texnikasi unsurlarini kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘rgatishda eng katta rol o‘ynaydigan masala bu
taqlid shakilda ko‘rgazmali chiqish, chunki o‘quvchilarning ko‘rish sezgirligi juda keng imkoniyatlardan iborat. Yangi
harakatni o‘quvchilar tezroq eslab qolish uchun hozirgi paytda kinolavhalar, disklardan keng foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: