Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


SPORT TURIZMINING MAMLAKAT IQTISODIY-MADANIY SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

SPORT TURIZMINING MAMLAKAT IQTISODIY-MADANIY SALOHIYATINI OSHIRISHDAGI 
O‘RNI VA AHAMIYATI (XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA) 
 
TASHTAYEV SH.D., Toshkent davlat texnika universiteti 
So‘nggi vaqtlarda sport turizmi turizm sohalari orasida tobora rivojlanib borayotgan sohalardan bo‘lib 
hisoblanadi. Sport turizmi, ayniqsa, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari, Avstraliyada turizmning istiqbolli 
sohalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Sports Business Market Research Incorporation tashkiloti tomonidan Amerika shaharlariga sport turizmi ta‘siri 
o‘rganib chiqilganda, 1980-1990-yillardayoq AQSh shaharlari sport, ko‘ngilochar tadbirlar va turizmga shaharlar 
daromadining asosi sifatida katta e‘tibor berishi aniqlashtirilgan. Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz kerakki, sport turizmi 
1990-yillarda yuzaga kelgan bo‘lsa, 2000-yillarga kelibgina hududlar bo‘ylab tarqala boshladi.
Xususan, Buyuk Britaniyada sport o‘yinlari va tadbirlari orqali mamlakatga yoki shaharlarga jalb etiluvchi 
mablag‘ning katta qismi mazkur hududlar uchun iqtisodiy tiklanishning asosi bo‘lib hisoblanib, ko‘pgina Buyuk 
Britaniya shaharlari infratuzilmasi bunday turdagi tadbirlar orqali iqtisodiy jihatdan qayta tashkil etilgan. Jumladan
2002-yil Manchester shahrida o‘tkazilgan Hamdo‘stlik O‘yinlari sababli shaharda uning mamlakat bo‘yicha rivojlanish 
yo‘nalishi, sport va tijoratning taraqqiyoti orqali esa shaharsozlikning yangi bosqichiga ko‘tarilganligi, mazkur turnir 
orqali olib borilgan madaniy tadbirlar va o‘tkazilgan qisqa muddatli ta‘lim dasturlari tufayli ijtimoiy qonunchilikning 
yanada takomillashganini ko‘rishimiz mumkin.
Shimoliy Amerikada deyarli har bir shahar hozirda alohida shior va nom ostida sport turizmi tadbirlari – 
musobaqa, turnir, ko‘ngilochar dastur kabi alohida hududiy tashabbusga ega bo‘lib, bu kabi tadbirlar ko‘pincha, alohida 
bir shaxs nomi yoki tashkilot sharafiga nomlanadi. Natija sifatida shuni aytishimiz mumkin, ayni bir mamlakat 
hududida bu kabi ko‘p miqdorda musobaqalar hamda turnirlar mavjudligi sharoitida raqobat darajasi ham ancha yuqori 
bo‘lib hisoblanib, tadbirlarning deyarli barchasi o‘ziga tomoshabin yoki ishtirokchi yig‘ish, shu orqali tadbir 
o‘tkazilayotgan hudud iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida kuchli raqobat olib boradi. AQShda ilk marta 
1992-yil AQSh Sport Nazorati Milliy Assotsiatsiyasi tashkil etilgandan buyon uning birinchi tadbirlari va ―tajriba‖ lari 
Indianapolisda o‘tkazilgan bo‘lib, juda yaxshi iqtisodiy va moliyaviy natijalarga olib kelgan.
Kanadada esa 2001-yil Kanada Sport Turizm Birlashmasi tashkil etilgandan so‘ng mazkur sanoat turizm 
bozoriga mos holda rivojlanib, o‘z natijalarini berib kelmoqda. Bu birlashmaning asosiy maqsadi sport va turizm 
o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirish, eng yaxshi tajriba natijalari bilan bo‘lishish, intellektual jihatdan xalqlarni 
birlashtirish, sport turizmini rivojlantirishga investitsiya kiritish va turli yangi g‘oyalar bilan ishlashdan iboratdir.
Turizmga bog‘liq bo‘lgan sport boshqaruvi va sport bilimlari ikki asosiy ko‘rinishni o‘z ichiga olib, ulardan 
biri ham qatnashish, ham kuzatuvchilar bo‘lishini talab etsa, yana boshqa ko‘rinishi qatnashuvchilarning o‘zi bilangina 
kifoyalanishi ham mumkin. Ulardan biriga millionlar o‘yini bo‘lmish futbol yoki Jahon Olimpiya o‘yinlarini misol qilib 
keltirsak, ikkinchisiga chang‘i uchish yoki sport turizmining ekstremal turlarini ko‘rsatishimiz mumkin.
Ularning moliyaviy jihatdan farqlari ham mavjud bo‘lib, agar sport turi ayni vaqtda ham kuzatuvchi va ham 
qatnashuvchilar bo‘lishini talab qilsa, bu bu tadbirlar ko‘p hollarda davlat yoki hokimiyat boshqaruvi ostidagi 
tashkilotlardan tomonidan ta‘minlab beriladi. Kuzatuvchilarga ham qonuniy jihatdan davlat ruxsatnomasi berilib, bu 
ularning mamlakatga kirishlari va o‘z navbatida tadbir o‘tkaziluvchi mamlakat byudjetida kirimlar oshishini ta‘minlab 
beradi. Shu bilan birga, bunday sport tadbirlarining tashkillashtirilishi boshqa mamlakatlardan kirib kelayotgan 
xorijliklarning mamlakatda qolib ketmasligini ham kuchli darajada ta‘minlab beradi (noqonuniy migratsiya). Tabiiyki, 
mazkur sport tadbirlari nisbatan ancha yirikroq, jahon, qit‘a yoki mintaqa doirasida o‘tkaziluvchi tadbirlar bo‘lib 
hisoblanib, bu sport turlarining boshqasiga nisbatan iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini, ya‘ni, deyarli ikki barobar 
daromad olinishini (kuzatuvchilar yoki hamrohlik qiluvchilar hisobiga) anglatadi.
Sport turlarining boshqasida esa qatnashuvchilarning nisbatan ko‘p bo‘lishi mazkur sport turlari bo‘yicha 
ta‘lim dasturlarining ko‘payishi, shu orqali xarajatlar moliyaviy jihatdan qoplanishi ko‘zda tutiladi.
Xususan, har yili Kanadada o‘tkaziluvchi xalqaro ―Bell Capital Cup‖ hokkey musobaqasi vaqtida 80-150 
guruh ishtirok etgan. Umumiy hisobda, boshlang‘ich darajadan boshlab, 500 dan ortiq guruhlar ishtirok etgan bo‘lsa, 
bundan o‘ziga xos ravishda katta miqdorda moliyaviy foyda ko‘rilgan. Jumladan, har yilgi musobaqa natijalariga ko‘ra, 
shuni aytishimiz mumkinki, mazkur hokkey musobaqasi tufayli o‘rtacha miqdorda 12-15 mln. AQSh dollari miqdorida 
moliyaviy faollik yuzaga keladi, 150 dan ortiq yangi ish turlari yaratiladi, shu bilan birga, yiliga o‘rtacha 16000 dan 
ortiq kuzatuvchi ishtirok etib, bundan ham alohida sayohatning boshqa turlari daromadiga kiritilgan holda, foyda 
olinadi. Birgina shu hokkey musobaqasidan ham ko‘rishimiz mumkinki, sport turizmi, mamlakat, ayniqsa, tadbir 
o‘tkaziluvchi shahar iqtisodiyoti rivojlanishi uchun katta turtki beradi. Birgina Kanadada sport turizmida ishtirok 
etuvchi ichki turistlar orqali mamlakat byudjetiga yillik 3.5-5 mlrd AQSh dollari miqdorida daromad tushadi.


388 
Bu kabi sabablar mavjudligi uchun ham yangi yo‘nalish bo‘lishiga qaramasdan, dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlarida sport turizmiga e‘tibor, nafaqat, xususiy firmalar yoki tadbir uyushtiruvchi tashkilotlar tomonidan, 
balki, davlat tomonidan ham ortib bormoqda. Bu ayniqsa, yirik sport tadbirlari, Jahon Chempionatlari, Yozgi va Qishki 
Olimpiada O‘yinlari, Osiyo yoki Yevropa O‘yinlari kabi sport tadbirlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki, aynan 
mana shunday tadbirlar orqali sport turizmidan nafaqat, yuqori miqdorda daromad olinadi, balki, uning yuqorida sanab 
o‘tilgan barcha sabablari to‘laligicha qondiriladi.
Yuqorida fikrlardan kelib chiqqan holda shuni aytishimiz mumkinki, yurtimizda kelgusida turizmning, nafaqat, 
tarixiy yoki madaniy yo‘nalishlari, balki, ular bilan birgalikda sport turizmini ham rivojlantirish hozirda mavjud bo‘lgan 
sharoitdan foydalangan holda, katta iqtisodiy foyda keltirishi mumkin. O‘zbekistonda sportning ekstremal turlarini 
rivojlantirish bu borada maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lar edi.

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish