Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BOLALAR MUSIQA VA SAN‘AT MAKTABI O‘QUVCHILARIDA ―AN‘ANAVIY XONANDALIK‖



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

BOLALAR MUSIQA VA SAN‘AT MAKTABI O‘QUVCHILARIDA ―AN‘ANAVIY XONANDALIK‖ 
FANIDAN KUYLASH MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH 
 
QODIROV D., TDPU. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Bolalar musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi 
to‘g‘risida‖gi qabul qilingan 910 sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabdagi 
―Bolalar musiqa va san‘at maktablarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yillarga 
mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida‖gi 24.35 sonli qarori ushbu siyosatning yorqin ifodasidir. 
Qabul qilingan ushbu Dasturlar kelgusida farzandlarimizning iste‘dodi va qobiliyatini rivojlantirish
yoshlarning milliy va jahon musiqalari namunalaridan keng bahramand bo‘lishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga 
qaratilgan. Dastur mohiyat e‘tibori bilan mamlakatimizda boshlang‘ich musiqiy ta‘lim tizimini tubdan 
takomillashtirishni ko‘zda tutadi. 
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, musiqa va san‘at bilan shug‘ullanish bolalarni intellektual hamda 
ma‘naviy rivojlantirishning eng muhim va hal qiluvchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu 
masalaga g‘oyat jiddiy e‘tibor berilmoqda.
Qabul qilingan mazkur Davlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturlari mohiyatidan kelib chiqqan holda yosh avlodni milliy madaniyat va hurmat ruhida 
tarbiyalash, o‘zbek xalq an‘anaviy qo‘shiqchilik mahorati maktabini yoshlarga singdirish hozirgi kunda ta‘lim
sohasidagi muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi kunda Respublikamizda 273 ta Bolalar musiqa va san‘at maktablarida yoshlarimiz musiqa va san‘at 
bilan shug‘ullanib keladilar. Aytish joizki, mazkur barcha ta‘lim muassasalarida an‘anaviy ijrochilik bo‘limlari, O‘zbek 
xalq musiqasi namunalari ijrosi bilan shug‘ullanib kelayotgan maxsus sinflar, mahorat maktablari faoliyat ko‘rsatib 
kelmoqda. 
Ushbu sohada o‘quvchilar orasida milliy musiqa, an‘anaviy ijrochilik, O‘zbek xalq qo‘shiqchilik maktabi 
bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borishda kuylash malakalarini shakllantirish Bolalar musiqa va san‘at 
maktablaridagi ―Ustoz-shogird‖ an‘anasi, mahorat maktablari oldidagi dolzarb vazifalarimizdan biridir. 
O‘zbek xalq musiqa madaniyati qadimiy va boy merosga ega.Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati, 
oliy insoniy fazilatlari, istiqlol va mustaqillik uchun kurashi tasvirlanadi. O‘zbek xalq musiqasi iborasi keng mazmunli, 
serkalom tushuncha bo‘lib o‘z ichiga musiqiy merosning ichki qatlamining xalq ommaviy musiqasi va kasbiy 
musiqasini oladi.o‘zbek xalq musiqasining ommaviy janrlariga alla, lapar, yalla,terma qo‘shiqlar, kasbiy musiqasiga esa 
maqomlar, katta ashula, mumtoz qo‘shiqlar kiradi. 
Bolalar musiqa va san‘at maktablari ―An‘anaviy xonandalik‖ darslarida o‘zbek xalq qo‘shiqlarini ijrochilik 
maktabini o‘zlashtirishda eng avvalo, milliy ovoz va shu ovozda milliy bezaklar, nolalarni kuylab ijro etib bera olish 
mahorati zarur bo‘ladi. Buning uchun kuylash malakalari haqidagi nazariy bilimlarni ko‘rib chiqamiz. 
O‘zbek xalq qo‘shiqchilik maktabi ko‘p ming yillik tarixga ega. Xalqimizning milliy yashash turmush tarzi, 
shodlik va quvonchlari o‘z qo‘shiqlarida aksini topgan. 
Beshik qo‘shiqlari, to‘y-marosim qo‘shiqlari, mehnat qo‘shiqlari, lirik va epik qo‘shiqlar, marosimlari, o‘zbek 
xalqining o‘z boshidan kechirgan butun o‘tmishini aks ettiradi. Bu namunalar birgina an‘anaviy kuylash uslublarida 
aksini topgan. Qadimdan saqlanib kelayotgan «Ustoz-shogird an‘analari» avloddan-avlodga, tildan tilga, ustozlardan 
shogirdlrga o‘tib qo‘shiqlarimiz yashab kelmoqda, o‘z navbatida o‘zbek xalqining ashulachilik maktabi shakllanib o‘z 
fayzi tarovati bilan shinavandalar e‘tiborini qozongan. Ashulachilik maktabi ikki ijro uslubida bo‘lib ular «Binnigi» va 
«Gulligi» uslublaridir. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish