Maxsus maktablarda o‘qitishni tashkil etish – dars va dasturlari
Yordamchi maktablarda ta’lim jarayonini tashkil qilishning individual va guguhli shakllaridan foydalaniladi. Asosan sinf dars tizimi qo‘llaniladi. Pedagogika fanining tarqqiyotida alohida o‘ringa ega bo‘lgan buyuk cheh pedagogi Yan Amos Kamenskiyning “Buyuk didaktika” asarida birinchi marta dars masalasi atroflicha ochib berildi. Keyinchalik qator olimlar darsning turli shakllarinirivojlantirdilar. Ommaviy maktablarda bo‘lgani kabi yordamchi maktablarda ham o‘quvchilarning yosh va individual hususiyatlariga asoslanib ma’lum guruhlarga birlashtiriladi. Yordamchi maktablarda darsga qo‘yiladigan asosiy didaktik talablardan biri tuzatish va tarbiyalashda koreksion yo‘naltirilganligidadir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar narsa va voqealar bilan tanishtiribgina volmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar ham. Bu esa o‘z navbatida, bolalarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarining shakllanishiga olib keladi.
Agar o‘quvchilar bilimlarni egallash vaqtida fikr yuritsalar taqqoslasalar, hulosa qilsalar, o‘z fikrlarini bayon etsalar, uning tarbiyaviy tomoni yanada ortadi. Darsdagi o‘quv materiallarining hajmi o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda maxsus dastur talablarida belgilangan.
Maxsus maktab o‘quvchilarining diqqaining turg‘un emasligi tez charchashlari sababli dars jarayonida turli faoliyatlardan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, ko‘rgazmali, og‘zaki va maliy ish usullarini birga qo‘shib olib borish maqsadga muvofiqdir. Yordamchi maktablarda o‘quvchilar bilan ishlashning yana bir muhim tomoni ular bilan individual, guruhli, frontal ishlarni to‘g‘ri qo‘shib olib borishdir.
Individual va guruhli mashg‘ulotlar o‘quvchilardagi qoloqlikni engishda muhim ahamiyatga ega. Qoloq o‘quvchilar o‘quv individual va guruhli tarzda faoliyatinig muntazam nazorat qilinishi: uy vazifalarini qanday bajarganliklarini, ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish, tez-tez doska chiqarish, ularni vaqti vaqti bilan qullab quvatlash, rag‘batlantirish, kerak bo‘lsa tanbeh barish - bularning hammasi qoloqlikning oldiniolish yoki ketkazish tadbirlaridir.
Shunday qilib yordamchi maktablarda darslarga quyidagi didiktik tablablar qo‘yiladi:
Darsning (korreksiyalash), tarbiyaviy va ta’limiy maqsadlarinig uzluksizligi, ajralmasligi;
Darsning har bir qismi uchun uslub va o‘quv materialining to‘g‘ri ianlash;
Keng ko‘lamli va guruhli, individual ishni qo‘shib olib borish;
Darsning tashkiliy aniqligi;
Yordamchi maktablarda darslar didaktik talablarga ko‘ra quyidagicha tashkillanadi:
Yangi bilimberish darsi;
Aralash darslar;
Amaliy darslar (darsni mustahkamlash va egallagan bilimni amalda qo‘llash);
Nazorat, hisobga olish darsi;
Umumlashtirish, takrorlash darsi.
Yordamchi maktablarda darslar asosan nuqsonni tuzatish maqsadini ko‘zlaydi.
Shuning uchun o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchining bilim ko‘nikma va malkasini hisobga olish bilan birga uning tekshirish usullari va ularni turlarini ham ishlab chiqadi. Darsning rejasi bilan birga o‘qituvchi uning qisqacha mazmunini ham konspektlashtiradi. Darsning rejasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi.
Darsning mavzusi.
Darsning asosiy didaktik maqsadlari: ta’limiy, tarbiyaviy va nuqsonni tuzatish vazifalari.
Darsda foydalanadigan jihozlar;
Darsning tuzilishi, ya’ni darsning qismlari yoki boshqichlari, ularning ketma-ketligi va o‘tkazish uchun ketadigin vaqtni tahminan aniqlash;
YAngi materialni o‘rganish, mustahkamlash, takrorlashga oid va yangi mavzuni o‘rganishga oid ishlar;
Darsning har bir qismida bajaotladigan o‘quv ishining metod va usullari;
Darsning borishida o‘quvchilar olib boriladigan individual ishning, so‘ralishi kerak bo‘lgan o‘quvchilarning familiyalari;
O‘quvchilar bilimini baholash;
Uy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |