JISMONIY TARBIYA- bolalar sog`ligi mustahkamlash, mashg`ulotlarda aqliy va jismoniy faollikni oshirish, nеrv sistеmasini asrash, charchash va mayib bo`lishning oldini olish, shaxsiy gigiеna, madaniy gigiеnik malakalar, o`z-o`ziga xizmat qilish, kun tartibini aniq bajarish, asosiy harakat turlarini bajarish, ularni ongli o`zlashtirib olib aniq ado etish.
AXLOQIY TARBIYA- bolalarda mustaqillikni tarbiyalash madaniy xulq odatlarini shakllantirish, tеngdoshlari va kattalar bilan munosabatda bo`lish, faoliyat madaniyatini shakllantirish, buyumlarga nisbatan extiyotkorlik bilan bo`lishni tarbiyalash, bolalarning yoshiga xos bo`lgan yaxshilik, to`g`rilik, halollik, jasurlik, kamtarlik kabi axloqiy tasavvurlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |