Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, 3 ta paragraph, xulosa, adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I bob. Mashg`ulotlarni tashkil etishda pedogogik texnalogiyalar.
Mashg`ulotlarni o`tkazish jarayonidagi interfaol metodlar.
Pedagogik texnologiya (PT) –shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, tarbiyachi faoliyati yangilanadi, tarbiyalanuvchi xurfikrlilik, bilimgachanqoqlik, Vatangamehr-muhabbat, inson parvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shakllanadi. Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1972 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan- texnos (techne)- san'at, hunar va logos (logos) - fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topib, hunar fani ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonini to'liq tavsiflab beraolmaydi.Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo'lsak, texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlariga bosqichma-bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchining faoliyatidir.Ya'ni: PT- bu tarbiyachining o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida tarbiyalanuvchilarga muayyan sharoitda ta'sir korsatish va bu faoliyat mahsuii sifatida ulardan oldin belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir.
Hozirgi kundagi pedagogik nashrlarda (texnologiya) atamasini xilma-xil talqin etilishi holatini kuzatishimiz mumkin: o'qitish texnologiyasi, o'quv jarayoni texnologiyasi, ma'lumot texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi va h.k.
Jahon pedagogik tafakkurida ta'lim— tarbiyaga bunday yondashuv yangi emas. Buyuk pedagog Komenskiy yetmagan orzularga XXI asr pedagoglari yetib. Bu ijtimoiy hodisa pedagogik texnologiya nomini olib, butun dunyo tarbiyach,`oqituvchi va pedagoglariga dasturyl-amal bo'lib xizmat qilmoqda.
Pedagogik nazariyalar yig'indisi hisoblangan pedagogikada katta hajmda nazariy va amaliy bilimlar to'plangan bo'lishiga qaramay, XX asr ikkinchi yarmigacha mashhur pedagoglarning birontasi qayta tiklanadigan, ya'ni izdoshlari tomonidan ular o'tgan yuqori samarali darslarni o'zlariga o'xshatib o'tish imkonini beradigan pedagogik jarayon andozasini ishlab chiqishmagan. Buning boisi mashhur pedagoglar uslubi tarkibida o'zlarining shaxsiy sifatlari yetakchi o'rinni egallaganligidadir.
Bizga esa, ular har bir maktabgacha ta`lim muassasasida, maktabda, har bir litsey va kollejda, har bir oily o'quv yurtida, har bir sinf va darsxonalarida kerak. Bunga yetishishning birdan-bir yo'li- mashhur pedagoglarning darsini pedagogik texnologiya shakliga sotib, loyihasini tuzish va ko'paytirishdir.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko'ra tasnif qilinadi:
qo'llanish darajasiga ko'ra;
falsafiy asosi bo'yicha;
asosiy rivojlantiruvchi omili bo'yicha;
o'zlashtirish kontseptsiyasi bo'yicha;
shaxsiybelgi-sifatlarigako'rayo'nalganligibo'yicha;
mazmun xususiyatlari bo'yicha;
boshqaruv turi bo'yicha;
bolaga yondashuv bo'yicha;
ko'p qo'llaniladigan metodlari bo'yicha;
ta'lim oluvchilar toifalari bo'yicha.
Pedagogik texnologiyalar" fani umumkasbiy fan hisoblanadi, Dasturni amalga oshirish o'quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy (falsafa, etika, estetika, mantiq),
Matematika va tabiiy (yoshlarfiziologiyasi va gigienasi), umumkasbiy (pedagogika nazariyasi, pedagogika fanlarini o'qitish metodikasi, pedagogik mahorat) fanlaribilano'zaroaloqadaolibboriladi.
Keyingi paytlarda jamiyatimizda har bir inson uning boshlang'ich bilim darajasi qanday bo'lishidan qat'inazar istalgan sohadan bilim olishga haqli deb topildi va uning kelajakda davlat muassasalarida yaxshi mansab egallashi maqsadida ta'lim muassasalariga jalb qilish odat bo'lib qoldi. Maktabgacha ta`lim muassasalariga faqatina o`rta ma`lumotga ega tarbiyachilarni jalb qilingani tarbiyalanuvchilarning dunyo qarashi va bilimlarini chegaralangan hamda bir tomonlama bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Haqiqatan ham, tarbiyalanuvchilarga ta'lim berish va malakali tarbiyachi bo'lish juda murakkab hamda ko'p mehnat talab qiladigan faoliyat turidir. Bizning jamiyatda tarbiyachilik professional ish turi hisoblanib, ularning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Ular biror bir sohaning professional mutaxassisi va malakali eksperti hisoblanib, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga kerakli bilimlarni egallashlariga hamda malakali mutaxassis bo'lishlariga yordam beradilar. Zamonaviy tarbiyachilar tibbiyot, texnika, pedagogik texnologiya boshqa soha mutaxassislariga o'xshab, o'ziga xos qoida va standartlar asoSida ishlaydilar. Boshqa tomondan nazar solganda, tarbiyachilik ham o'ziga xos san`at darajasida bo'lishi kerak. Shuninguchun ham, har qanday tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga har qanday soha bo'yicha ta'lim berayotganida uning «Qandav qilib, qaysi usullar orqali bilim olish jarayonini faollashtirish mumkin?»- degan haqqoniy savolni hal qilish zaruriyati kelib chiqadi. Barcha zamonlarning va mamlakatlarning olim hamda yetakchi mutaxassislari bu haqda ko'p yillardan buyon bosh qotirib kelgani hech kimga sir emas. Bularning ichida eng inqilobiy va ijobiy fikrni insonlarning bilim olish jarayonini o'rganish bo'yicha yirik G'arb mutaxassisi Blum bildirgan va o'zining mashhur aktiv (faol) bilim olish tizimi konsepsiyasini ishlab chiqqan.
Tarbiyalanivchilar ushbu zamonaviy ta'lim usullarni ishlatishlari, tegishli fanlardan to'laqonli saboq olishlari va farmi tegishli bosqichda yaxshi (a'lo) o'zlashtirishlari uchun ular maktabgacha ta`lim muassasasi gimnaziya (maktab, litsey, kollej) dasturi hajmida hamda o'rganilayotgan fan haqidagi bir qism tayanch bilimlarga ega bo'lishi lozim. Ya'ni pedagogic texnologiya asoslari, matematika, savodga o`rgatish rasm chizish kabi maktabgacha ta`lim dasturiga oid fundamental bilimlarni puxta o'zlashtirib olishlari lozim. Chunki fundamental bilim doirasiga ega insondagina mantiqiy fikrlash qobiliyati bo'lib, u bilan qandaydir soha haqida fikr almashish va uning dunyoqarashini (bilim doirasini) tegishli yo'nalishda mantiqan rivojlantirish mumkin. Agar bunga ba'zi bir obyektiv va subyektiv sabablargako`rа imkoniyat bo'lmasa, tarbiyalanuvchilarga fundamental yo'nalishlarning tegishli sohalarida boshlang'ich tayyorlash va ularga lozim bo'lgan bilimlar majmuasini berish zarur bo'ladi.
Maktabgacha ta`lim turi O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich bo`g`in hisoblanadi., bola shaxsini sog`lom va yetuk maktabda o`qishga tayorlash inuqtai nazaridan shakillantirish maqsadini qo`llaydi. Maktabgacha ta`lim bola 6-7 yoshga yaetgunga qadar davlat va nodavlat maktabgach ata`lim muasssasalari hamda oilada amalga oshirilishi Kadrlar tayorlash milliy dasturida belgilandi. Bu tizimni rivojlantirishning shartlaridan biri “ zamonaviyo`quv- uslubiy qo`llanmalar, texnik vositalar, o`yinchoqlar va o`yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish”dir. Tabiy hoda savol tug`iladi: bu didaktik majmualar maktabgacha ta`lim muassasi tarbiyalanuvchilari hayotida qanday ro`l egallaydi? Nima uchun bugun bu tarbiya jarayonining og`zaki metodlaridan ko`proq amaliy metodlatiga murojat qilinmoqda? Bu savollarga maktabgacha ta`lim muassasasi bosh maqsadi javob beradi: bolani maktabga tayorlash, uni ruhiyatini o`qishga bo`lgan havasini, qiziqishini uyg`otish va rivojlantirishdir.
Bola maktabga kelishi bilan uni hayotida muhim bosqich boshlanishi, u shaxsning yangi ijtimoiy mavqeyiga- o`quvchiga aylanishiga, unga yangi talablar qo`yilishi, yangi munosabatda ishtirok etishi maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisining etiboridan chetda qolmasligi kerak. Bolani maktabga tayorlash murakkab pedogogik muammo hisoblanadi va bu borada ilmiy- tadqiqod qo`llanmani kengaytirish kerak.
Bolani o`z vaqtida yetarli darajada maktabga tayorlamaslik yoki zamon tili bilan aytganda”o`qish qobilyati” ni shakllantirmaslik hunik oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki u maktabg a kelgach butunlay yangi dunyoga o`zi uchun begona bo`lgan muhitga tushib qoladi. Agar bola o`qituvchi bilan maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi bilan maktab o`qituvchisining farqini bilmasa, hayotida yangi davr o`quvchilik davri boshlanishini anglab yetmasa o`zida qator ruhiy holatlarni kechiradi: men ham boshqalar kabi o`qib keta olamanmi, bolalar men bilan do`stlasharmukan, ular meni xafa qilishmasmikin va boshqalar.
Aslida bolaning maktabda fanlarni yomon o`zlashtirishi aqliy zakovatining yetarkicha rivojlanmaganligidan emas, balki maktabga yetarli darajada tayyor emasligidan kelib chiqadili. Shu bois chet el pedagogikasida “ bolani maktabga tayorlash” konsepsiyasi mavjud.
Shunday kosepsiyalardan biri nemis olimi A. Kern tomonidan o`tgan asrning o`rtalarida ( 50 yillarida ) yaratilgan edi. Unga muofiq:
1) Jismoniy jihat.
2) tabaqalshtirish ( farqlash) qobiyatining ma`lum darajasini, son va qiymatni qabul qilishning ma`lum darajasini , shuningdek, xotiraning rivojlanish darajasini inobatga oluvchi intelektual jihat;
3) Diqqatni , sabr- toqatni boshqarish, topshiriqlarni bajarish tayorgarligi ifodalangan ishga munosabat;
4) Bir qadar tarbiyachidan holi bo`lish, guruh bilan a`loqa o`rnatish qobilayatini ko`rsatuvchi ijtimoy jihat;
Albatta, bolada bu ko`rsatkichlar o`z-o`zidan shakklanmaydi, ular pedagogik jarayon mahsulidir. Shu boisdan tarbiyachi bolalar ongini o`stiradigan, mustaqil fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantiradigan real muhit yaratishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, maktabgacha ta`lim muassasasida olib borilayotgan mashg`ulotlar yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borilishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarga ta'lim berish g’oyasi birinchi bo’lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish mumkinligini ko’rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshini e'tiborga olgan holda kishi o’rganishi lozim bulgan hamma narsaga o’rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ya'ni biz ta'lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko’nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19bo’limdan iborat maktabgacha ta'lim dasturini tuzdi. YA.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta'lim-tarbiyasiga, o’qish metodikasiga katta e'tibor bergan.2
Bugun bolalarning mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantiruvchi chet el metodlaridan (“montessoriy”, “ brenring”) qator makrabgacha ta`lim muassasalarida fotdalanishmoqda va yaxshi natijalarga erishilmoqda. Shuningdek” Bolalarni rivijlantirish va maktabga tayorlash “ tayanch dasturi ishlab chiqilganligiva tajriba-sinovda o`tganligi ham ma`lum. Shu bilan bir qatorda hali –xanuz “ maktabgacha ta`lim muassasasida pedagogik texnalogiya nima degani?” deb yurganlar ham kam emas.
Shu o`rinda pedagogik texnologiyalarni loyihalashning maktabgacha ta`lim muassasalari uchun o`ziga xos tomonlarini ko`rsatib o`tish joizdir:
1)har bir mashg`ulotda ko`zlangan maqsad aniq o`rnatiladi;
2) mashg`ulot mavzusini saralashda bir tomondan bolalarning qiziqishi, ehtiyoji , qobilyatlari, ikkinchi tomondan—maktabgacha ta`lim muassasasidagi mavjud shart-sharoyitlat hisobga olinadi;
3) didaktik jarayon tuzilmasi keskin farqlanadi, ya`ni uning motivitsion bosqichi kuchaytiriladi. Boshqach aqilib aytganda o`yinli didaktik jarayon loyihalashtirilayotgan texnalogiyalarning asosini tashkil etadi;
4) Didaktik jarayonning ikkinchi bosqichi--- bolalarning o`quv- bilish faoliyatini o`yin tashkil etadi;
5) Uchinchi bosqich – boshqaruv faoliyati funksiyasi ham o`zgaradi. Agar o`quv jarayonida o`qituvchi o`quvchining bilish faoliyatiga aralashmaydigan bolsa, tarbiyachi faoliyati didaktik jarayonning o`quv-bilish faoliyatida ham ustuvorlik kasb etadi;
6) Texnologiyalarni qo`llash samarasi yoki yakuniy—natija shu bola shaxsini rivojlantirish va maktabga o`qishga tayorlash ekanligiga tarbiyachi a`lohida e`tibor qaratishi lozim Bola tarbiya jarayoninig sust, harakatsiz obyekti bo`lib qolmasdan---subyektga aylanishi kerak;
O`yin kichkintoylar uchun yaxshi o`zlashtira oladiga faoliyat turi hisoblanib, bu faoliyat jarayonida ular o`qishga , mehnatga, badiiy ijodg a oid hayotiy muommolarni tezda ilg`ab oladilar. Shu boisdan o`yinga tayanib ish ko`rish – bolani maktabga tayorlashning eng maqbul yo`li , tarbiyaviy ta`sirga hayajonli javob berish ni ta`minlash usulidir.
O`yinli vaziyatlardan maqsadli foydalanish g`oyasi bir muncha ilg`or va samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |