Maktabgacha pedagogika fan sifatida mundarija: Kirish



Download 3,62 Mb.
bet7/8
Sana13.07.2022
Hajmi3,62 Mb.
#789104
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA

Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedogogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yerdamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy zksperiment va labordtoriya eksperimenti pedagogik eksperimentniig asosiy turlari bulib, ular kо‘pgina ishlarni о‘ch ichiga oladi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik- eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning о‘tish sharoitlarini muntazam uzgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi.
Laboratoriya ishi ham ilmiy - tadqiqotning ancha qatiy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish eksperpment utkazish va natijalarni sharhlash.
Eksperimentni tashkil etish va о‘tkazish tartibi belgilangan rejaga katiy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida malumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi.
Tajriba urganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi kо‘p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng manosi talim va tarbiya amaliyotidir.
Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi - maktabgacha muassasalarda olib boriladigan talim - tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini о‘rganishdir.
Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini о‘rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok kilish va qayta ishlab chiqish ya’ni ilg‘or tajribani umumlashtirish, yoyish katta ahamiyatga egadir..

2.2 Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy tushuncha (kategoriya)lari
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir - biri bilan uzviy boglangan quyidagi tushunchalar mavjud tarbiya ta’lim, ma’lumot.
Tarbiya- kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, о‘sib, avloddan - avlodga vorislik ishlarini bajarib kelgan bо‘lsada, ammo xar bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, о‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hodisa bо‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va kо‘nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо‘yadi.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash mummmolari dastlab halq ogzaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan.
Abdulla Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan, hakli ravishda shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».
Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, iymon e’tiqod, mehr - muruvvat, rostgо‘ylik, adolatgо‘ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g‘oyalar vositasida shalkllanib boradi.
Ta’lim – u bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bо‘lib, muayyan kunikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir.
Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon bо‘lib va о‘qitishni о‘z ichiga oladi.
О‘qitish - pedagogik faoliyat bо‘lib, bilim malaka, kо‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
О‘qish - uquvchining bilim, malaka kо‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U о‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bulib, u ijtimoiy hayot voqealarni obyektiv aks ettiradi, Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri tо‘g‘risidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, kо‘nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir.
Ma’lumot kishining bilishga bulgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga kо‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika bola tugʻilgandan to yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini oʻrganadi va Maktabgacha talim tashkilotlari(keyingi matnlarda MTTdeb sharxlanadi) sharoitida taʼlim tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metod va shakllarini ishlab chiqadi. U maktabgacha talim tashkiloti yoshidagi bolalar, oila va maktab ishidagi izchillikni taʼminlaydi hamda bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr boʻlib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor qoʻyiladi. Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini oʻrganadi. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalq ogʻzaki ijodida: ertak, qissa, pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan. Taʼlim-tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va Gʻarbning qomusiy olim va pedagoglarining oʻrni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar oʻzlarining qator asarlarida taʼlim-tarbiyaga katta eʼtibor bilan qaraganlar. Faylasuf olim Forobiy oʻzining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqaliʻ insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi. Abdulla Avloniy esa tarbiya haqida gʻoyat ibratli fikrlarni bildiradi. “Pedagogika — Abdulla Avloniyning yozishicha, — bola tarbiyasining fani, demakdir” . “Dars ila tarbiya ikkisi jon ila tan kabidir”, “Dars oluvchi—biluvchi, tarbiya oluvchi—amal qiluvchidir”. Bu yerda pedagogika faniga qisqa va loʻnda taʼrif berib, taʼlim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga oʻxshatib, ularni bir-biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning taʼkidlashicha, tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur. Bolaga avvalo, kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugʻullanadi, chunki bunda inson taqdiri hal etiladi deydi. Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his- tuygʻulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va ijtimoiy munosabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil boʻladi. Maktabgacha pedagogika bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanishini taʼminlashga xizmat qiladi. Maktabgacha talim tashkilotlari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. “Maktabgacha pedagogika” “Pedagogika” ning bir qismi boʻlib, oʻzining nazariy, ilmiy va amaliy asoslariga ega. Maktabgacha pedagogikaning nazariy asoslari: yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, taʼlim-tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, Oʻrta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va taʼlim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari taʼlimtarbiya muammolarini, muayyan millatning milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bogʻlagan holda hal etish, har bir millatning maʼnaviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylantirishdan iborat. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yoʻlida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, eʼtiqodini oʻstirish, xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogikaning dolzarb muammolaridan sanaladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari maʼnaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni oʻzida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi.
Maktabgacha pedagogikaning maqsadi tarbiyachi murabbiylarning oʻz oldiga aniq maqsad qoʻyishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun oʻz ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, taʼlim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida taʼminlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chiqishga erishish, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali taʼlim-tarbiyaning mohiyati mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha pedagogikaning qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz taʼlim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal etish maktabgacha pedagogikaning oldiga qator vazifalarni qoʻyilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga qarab belgilanadi.


Xulosa
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir. Bu sohada Sharq va Gʻarb xalqlari yaratgan ogʻzaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning taʼlim-tarbiyaga doir ilgʻor fikrlarini oʻrganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayonini oʻrganish biz uchun juda qimmatlidir:

  • taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi qonun-qoida tamoyil, metod va usullarni MTTda amaliy hayoti bilan bogʻlab, boʻlajak tarbiyachi — oʻqituvchilarga oʻrgatish hamda xalq taʼlimini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur oʻrganib, boʻlajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini hal qilish;

  • maktabgacha talim tashkilotlarida oila bilan uzviy hamkorlikda bolalarni har tomonlama rivojlantirish ishini amalga oshirish. Bunday vazifalarda tadqiq etish;

  • birinchidan, bolalar sogʻligʻini saqlaydi va mustahkamlaydi, jismoniy rivojlanishini taʼminlaydi;

  • ikkinchidan, ilmga qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantiradi;

  • uchinchidan, Vatanga, tabiatga, jonajon oʻlkaga muhabbat, kattalarga hurmatni, oʻrtoqlik va jamoatchi- lik, xayrixohlik, xulq madaniyati, mustaqillik, uyushqoqlik va intizom, mehnatsevarlik kabi ijobiy fazilatlarni tarbiyalaydi;

  • toʻrtinchidan, estetik tarbiyani amalga oshiradi.

  • Keyingi yillarda jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya boʻyicha olib borilgan ilmiy- pedagogik tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalarini ularning psixik-fiziologik imkoniyatlarini eʼtiborga olgan holda belgilash zarurligini koʻrsatib berdi. Ular MTTning “Ilk qadam” oʻquv dasturida oʻz aksini topgan.


Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish