Sharq mutafakkirlarining iqtisodiy tarbiya haqidagi qarashlari
O'rta asrlarda yashab ijod etgan olim va mutafakkirlar o'z ilmiy asarlari orqali mamlakat rivojida iqtisodiyotning ahamiyati, rolini falsafiy jihatdan yoritib berdilar.
248
Eramizdan oldingi mingginchi yillarning o'rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusidagi juda ko'p afsonalar, rivoyatlar ay tilgan bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto"da kiritilgan.
‘'Avesto’'da insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri, ishi birligiga katta e'tibor qaratiladi. "Avesto"da mamlakatni iqtisodiy jihatdan ta’minlashda asosan:
Shahar va qishloqlarni obod qilish;
Bog'larni ko'paytirish;
Chorva va yaylovlarga e'tibor berish;
Kishilarni madaniy turmush tarziga undash g'oyalari o'rin egallaydi.
Shuningdek:
yer, suv, zamin;
kiyim-kechak;
oziq-ovqatlarni toza tutish va saqlashga e'tibor berish lozimligi ta'kidlanadi. Zardushtiylik ta'limotida inson shaxsining takomili, tabiatni muhofaza qilish, o'z ehtiyojlarini qondirish me'yorlarini tarbiyalash masalalari o'rin egallaydi. Zero, unda insonning inson sifatida ma'naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida faqat sharq xalqlarining emas, balki g'arb mamlakatlarining muqaddas merosi bo'lib qoldi. Bu davrda G'arb bilan Sharqni, Uzoq Sharq mamlakatlari bilan O'rta yer dengizini bog'lovchi buyuk savdo yo'li - "Buyuk Ipak yo'li" rivojlanib, madaniy boyliklarni almashuv madaniy taraqqiyot yuzaga keldi.
Sharq uyg'onish davrida qishloq, hunarmandchilik va savdo- sotiqning rivojlanishi yo'l berdi. Natijada Yaqin va O'rta Sharq davlatlari bilan savdo ishlari olib borildi. Buning natijasida ko'plab sug'oriladigan yerlar ochildi, sug'orish inshootlari yaratildi. Paxta, zig'ir, kanop ekilib, ularning Movarounnahrda, asosan, Xorazm, Urganch, Farg'ona, Samarqad va Buxoroda to'qimachilik mahsulotlari ayniqsa, Samarqand va Buxoro shoyisi dunyosi mashhur bo'ldi. Bu davrlarda pul muammosi
249
rivojlandi. Jamiyat siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotida o'zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o'z ta’sirini ko'rsatdi.
Sharq mutafakkir va olimlardan Al-Xorazmiy Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy Ibn Sino, A.Navoiy, A.Temur kabi qomusiy olimlar Inson va uning kamoloti ta’lim-tarbiya iqtisodiyot va tabiat masalalari haqida fikr yuritadilar.
Al-Xorazmiy ilmiy bilim, ta’lim metodlari insonni aqliy kamolotga yetaklash kabi falsafiy qarashlari bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim belgilari va omillarini o'z ilmiy asarlarida yoritib berdi.
Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyas haqida fikr yuritib, har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga boiadi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand mehnatini keltiradi. Beruniy "Minerologiya” asarida qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid qarashlari mamlakat iqtisodiyotini kengaytirish masalalarini ilgari suradi. Ibn Sino materiyanining eng sodda boiaklarga boiinmaydigan shakli to'rt unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o'simlik, hayvonot olamiga ta'siri bebaho boyliklarni asrab-avaylash kerakligi to'g'risida o'zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya" (aqliy bilimlar tasnifi) asarida fikr yuritadi.
Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko'tarishgda savdoning ahamiyatini tushunib bozorlar, rastalar, turli- tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo'lida suv omborlari, to'g'onlar qurishga, yangi yerlarni o'zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqida qoidasi muhim ahamiyatga egadir. Ma’naviyatimizning buyuk siymosi Alisher Navoiy shahar va mamlakat obodonchiligiga katta hissa qo'shib, shifoxonalar, madrasa qurdirib, ularni kerakli jihozlar, mudarrislar, tabiblar va boshqa xodimlarga oylik maosh, ozuqa, kiyim-bosh bilan ta’minladi.
250
Binolar qurilishi, dehqonchilik ishlarini yo'lga qo'yish, mamlakat iqtisodiyotiga o'z hissasini qo'shgan. Navoiy turli soha olimlariga homiylik qilib, o'ylab ilmiy risolalar bitirishga bevosita rahbarlik qilganligi shu asrda davlatchilikni boshqarishda bosh vazifa bu iqtisodiyotni rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidlanadi.
Talabalar uchun "Ixlosiya'' madrasasi, darveshlar uchun "Xalosiya" xonaqoni, bemorlar uchun "Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome yoniga Qorixona (Dor ul-hufroz) qurilib, ular uchun nafaqa ajratib, ularni kitoblar va zaruriy ashyolar bilan doimiy ravishda ta’minlab borilgan.
Alloma tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham farovonligini, turmush darajasini o'stirish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotini ko'tarishga olib keldi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, diyorimizda yashab o'tgan har bir olim-u fuzalolar mamlakat taqdiriga befarq bo'lmay, o'z asarlari va hayot faoliyatlari bilan mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishga o'z hissalarini qo'shganlar.
O'zbekiston diyorimiz mustaqillikka erishgandan so'ng Davlatimiz rahbari tomonidam buyuk bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Mamlakatimizda yangidan qad rostlagan ta’lim muassasalari, maskanlari (maktab, litsey-kollej, maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim);
Shifoxonalar, sanatoriya, dam olish maskanlari;
Madaniy va ma’rifiy inshootlar;
Turli xildagi banklar;
Mashinasozlikka mo'ljallangan korxona va zavodlar;
Yo'l, ko'priklar, mamlakat temir yo'li, yangi Qamchiq do von i;
Respublika havo yo'llari kompaniyasi;
O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik ishlarining eng sermahsul zamonaviy tizimini joriy etishning o'zi ham davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e'tibori nihoyatda katta ekanligidan dalolat beradi.
251
Do'stlaringiz bilan baham: |