Dolzarb - muhim.
Istiqbol reja - maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya jarayonini 1 yoki 3 oyga mo'ljallangan ish rejasi.
Frontal-yalpi - muassasa ishini har tomonlama butunlay yalpi tekshiruv.
642
Tematik - tarbiya yoki bo'limning ma'lum bir qismini tekshirish.
Hisobot - kundalik yozuv.
Nazorat uchun savollar:
Nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
Nazorat qilishning maqsadi va vazifalarini izohlang.
Nazorat qilishda nazoratchi-metodistning tayyorgarligi nimalardan iborat?
Nazorat qilishning usullarini izohlang.
Nazorat qilish bosqichlari qaysilar?
Frontal-yalpi tekshirish deganda nimani tushunasiz?
Qaysi muddatlarda va qay tarzda yalpi tekshirish o'tkaziladi?
Tematik tekshiruvni izohlang.
АКТ va unga qo'yiladigan talablar nimalardan iborat?
Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:
Maktabgacha ta'lim tizimi nazoratchi-metodistining boshqaruv tamoyillari qaysi bandda to'g'ri yoritilgan?
Hamkorlik, aniqlik, ish yuritishni boshqarish, nazorat qilish
Demokratik, liberal, avtoritar
v) Avtoritar, ishbilarmon, tadbirkor
g) Demokratik, yakkaboshchilik, aniqlilik, yangilikni his etish, xo'jalikni boshqarish, tanqid va o'z-o'zini tanqid, farq qilmoq
Maktabgacha ta'lim bo'yicha nazorat ishlarini tashkil etishning ahamiyati.
Maktabgacha ta'lim muassasasining ta'lim-tarbiyaviy ishlarini samaradorligini oshiradi
Metodik, ta'lim-tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish
643
v) Maktabgacha ta’lim xodimlarining mutaxassislik malakasini o'stirish
g) Smeta bo'yicha xarajatlarni to'g'ri sarflash
Maktabgacha ta’lim tizimida nazorat turlarini aniqlang.
Ogohlantiruvchi, qayta-ikkilamchi, tematik, frontal-yalpi- yalpi, qiyosiy
Guruhlarga maqsadli kirish, ochiq mashg'ulotlar tashkil etish
v) Kundalik nazorat, tematik nazorat, qiyosiy nazorat
g) Qiyosiy nazorat, ikkilamchi nazorat, yalpi-frontal-yalpi nazorat
Rahbar tomonidan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishni nazorat qilish yo'llari bu...
Ochiq mashg'ulotlar jamoa tarzda kuzatish va tahlil qilish, kundalik nazorat, ish rejalarni ko'rib, tahlil qilish, baholash
Ochiq tadbirlar tashkil etish, metodik birlashma ishlariga qatnashish
v) Guruhlarga maqsadli kirish, mashg'ulotlarni kuzatish va tahlil qilish
g) Ogohlantirish, suhbatlashish, davra suhbati
Monitoring tizimiga to'g'ri ta’rif qaysi bandda to'g'ri berilgan
Davlat va Vazirlar qarorida belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib berish
Pedagogik ta'lim-tarbiyaviy ishlarni uzluksiz kuzatib borish va tahlil qilish
v) Pedagogik faoliyat mazmunini uzluksiz kuzatib borish va rivojlantirishni oldindan bilishni ta'minlovchi pedagogik tizimdir
g) Ota-onalar bilan ish usullarni takomillashtirishga qaratgan ish usuli.
644
Do'stlaringiz bilan baham: |