Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va «Qanday» savoli orqali muammo hai qilinadi
V
Nazorat qilishning mazmunli tizimini amalga oshirishda nazorat qilishni olib borish bosqichlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilar:
Tekshirish rejasini tuzish va tasdiqlatish;
Tekshirishning maqsadi va vazifalari to'g'risida mudirani ogohlantirish;
Ishning borishini xarakterlovchi hujjatlarni o'rganish (hisobot, aktva hokazo).
Muassasa xodimlari bilan suhbat;
Maktabgacha ta’limni boshqarish ishini o'rganish, uning holatini tahlil qilish;
Maktabgacha ta’lim muassasalarining ishni tanlangan holda tekshirish;
Maktabgacha ta’limni tashkil etish va uni rivojlantirishda ijobiy natijalari tajribalarini aniqlash, ularni amalda tatbiq etish yo'llarin ishlab chiqish, tavsiyanomalar ishlab chiqish;
Aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish, ularni yo'qotish uchun ko'rsatmalar, amalda yordam berish. Jamoada muhokama qilish;
Tekshirish yakunlari bo'yicha ma’lumotnoma yoki akt tuzish;
634
Bajarilgan ishlar bo'yicha boshqarma, bo'lim (amaliyot rahbari oldida hisobot berish).
Nazorat qilishning usul va uslublari
Bu bosqichlarni amalga oshirish maqsadida biz nazorat qilishning usul va uslublarini o'rganamiz.
Nazorat qilishning asosiy usul va uslublari quyidagilar:
Bolalar hayotini uyushtirish mashg'ulotlari, kun tartibining turli jarayonlarini kuzatish va tahlil;
Pedagogik va moliyaviy xo'jalik ish hujjatlarni o'rganish va tahlil qilish;
Bolalar ishlarini tahlil qilish:
Mudira, tarbiyachilar, ota-onalar va bolalar bilan (ularniig bilimi, ongi, nutqining rivojlanishini aniqlash maqsadida) suhbatlashish;
«Pedagogik kengash», «Ishlab chiqarish majlislarida», ota- onalar kengashlarida ishtirok etish;
Jamoat tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashishdan iborat.
Bu usul, uslublarni qo'llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy-xo'jalik ishlarining qaysi tomonlari tekshirishga, nazoratchi-metodistning mutaxassisligi va ish tajribasiga bog'liqdir.
Bu ko'p qirrali usularni qo'llash - maktabgacha ta’lim ishini har tamonlama o'rganishda g'oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi qiyinchiliklarni yo'qotish va ta'lim- tarbiyaviy ish sifatini o'stirishni ta'minlaydi.
Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy- xo'jalik faoliyatining ahvoliga to'g'ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal-yalpi - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan pedagogik jarayonni o'z ichiga oladi, bunda: rejali, ta'lim-tarbiya ish mazmunini va turli tarbiya ishini
635
muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va tarbiyasini tashkil etish, o'quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning o'yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematiknazorat turida esa kuzatish usuli tanlangan temaga va uning xarakteriga bog'liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo'lsa, unda tekshiruvchi mashg'ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga, metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
O'yin jarayonini kuzatayotganda diqqatni o'yin turiga, o'yin uchun sharoit, bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o'yinga rahbarligiga qaratadi.
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa qo'shimcha yoki takroriy kuzatish o'tkazish kerak.
Tashkiliy-pedagogik faoliyatni kuzatishda:
Mudiraning shu ishni to'g'ri tashkil etganligiga, uning tarbiyaviy va xo'jalik ishlarini bir tekisda olib borishiga, jamoa bilan munosabati, tarbiyachi va xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan suhbatning mazmuniga, ota-onalarni qabul qilish tartibiga qaratish kerak.
Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonning, kun tartibi jarayonlardagi aniqlilik, kun tartibining buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq me’yorlari, tarbiyachining dastur tinglovchilarini va metodikani egallaganligi va boshqa- larga ahamiyat berish kerak.
Kuzatish - jarayonida shu narsa ayon bo'ladiki, tarbiyachining yetarli darajadagi mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi, uning ishdagi tajribasi sayozligi, bolalar jamoasini tashkil eta olmasligi, uning o'ta hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo'ladi.
Moliyaviy xo'jalik ishdagi kamchiUklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish yuritishdan ham kelib chiqish mumkin.
Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi.
636
Kuzatish turlicha xarakterga ega bo'lib, nazoratchi- metodist bu jarayonlarni amalga oshirish uchun tekshirish reja-sxemasini tuzadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |