Maktabgacha ta'lim Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta'minlash;
davlat ta’lim talablari takomillashtirilishini va rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o'rganish asosida ta'lim sifati monitoringi olib borilishini tashkil etish;
o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish va nashr etish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtirish;
bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni, ijtimoiy qo'llab- quvvatlash va reabilitatsiya qilishni tashkil etish;
maktabgacha ta’lim muassasalariga axborot-kommunikat- siya texnologiyalarini joriy etish;
602
Vazirlik tizimida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
hududiy bo'linmalarda va idoraviy mansub tashkilotlarda kadrlar bilan ta'minlashni muvofiqlashtirish;
idoraviy mansub tashkilotlarni rivojlantirishga ko'makla- shish, ularni rivojlantirish konsepsiyalari va istiqbollarini belgilash.
Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan ta'minlaydi;
-hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari bajarilishi ustidan muntazam nazoratni ta’minlaydi;
0 'zbekiston Re sp ublikasi M aktabgacha ta' lim vazirligi vaziri [keyingi o'rinlardaVazir deb ataladi) va uning o'rinbosarlarining buyruqlari va farmoyishlari amalga oshirilishini o'z vakolatlari doirasida tashkil etadi;
Vazirlik tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
hududiy bo'linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati monitoringi olib borilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'limni rivojlantirish maqsadida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilishiga ko'maklashadi;
-Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tendensiyalari to'g'risida Vazirlik rahbariyati uchun axborotni to'playdi, umumlashtiradi va tahlil qiladi;
603
maktabgacha . ta’lim masalalari bo'yicha tadbirkorlik subyektlariga axborot, metodik, tashkiliy va maslahat yordami beradi;
Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug'ullanadi;
Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini nazorat qiladi va tahlil etadi;
Vazirlikning hududiy bo'linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda o'ziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini ta'minlaydi;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
o'quv-metodik komplekslarni ishlab chiqish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtradi va metodik ishlarni tashkil etadi;
maktabgacha ta’lim va tarbiya sifati monitoringini olib boradi;
maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalarida sog'lom ovqatlanish tashkil etilishini muvofiqlashtiradi;
O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Vazirlik tizimi davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida va hududiy bo'linmalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etadi va amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;
maktabgacha ta’lim muassasalarining binolari va insho- otlaridan joriy foydalanish bo'yicha ishlar monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;
604
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmaiari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
Quyidagilar Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlashda ishtirok etish;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura hududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda
605
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini qo'llab- quvvatlash;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyatlarmaktabgachata'limboshqarmalarivaToshkentshahar maktabgacha ta'lim bosh boshqarmasi ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi va ularning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan kiritiladiganhujjatlarningsifatliva o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini qo'llab- quvvatlash va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo'yicha maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;