Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich to'liq qamrab olishni ta’minlash sohasida:
fuqarolarning maktabgacha ta’limdan foydalanishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlarni ta'minlaydi;
maktabgacha ta'lim muassasalari bazasida bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha har xil muqobil modellarni ishlab chiqadi;
maktabgacha ta'lim tizimi faoliyat ko'rsatishi va rivojlanishiningdolzarb va istiqbolli ehtiyojlari tahlil qilinishini tashkil etadi;
maktabgacha ta’limning amalga oshirilayotgan ta'lim dasturlari va umumta'lim maktablarining 1-sinfi dasturi uzviyligini amalga oshirish masalalarida idoraviy mansub muassasalarga rahbarlik qiladi;
raqobatlashuvchi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha aniq chora- tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tizimiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi amaldagi loyihalarni qo'llab-quvvatlash masalalarida ko'maklashadi,
konferensiyalar, ko'rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim sohasida mamlakatimiz yutuqlarini kengtarg'ib qiladi;
bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish ko'lamlarini kengaytirish maqsadida aholi orasida axborot targ'ibotini amalga oshiradi, shu jumladan, ruhiy-pedagogik
597
ma'rifat bo'yicha fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha moslashuv- chan, muqobil modellarni rivojlantirish maqsadida hududiy boshqaruv organlarida, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida prognozlashtirish bo'yicha axborot-tahlil ishlari o'tkazilishini ta’minlaydi;
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog'ini rivojlantirish masalalarida manfaatdor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga metodik yordam beradi.
Zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish sohasida:
maktabgacha ta'lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni rivojlantirish va joriy etishni rag'batlantiradi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim sifatini baholash natijalarini tahlil qiladi;
milliy mustaqillik g'oyasiga, boy milliy madaniy-tarixiy merosga, milliy urf-odatlarga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy barkamol yosh avlod tarbiyasining samarali tashkiliy va pedagogik shakllari hamda usullarini ishlab chiqadi;
o'qitishning zamonaviy ilg'or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali tarbiyalanuvchilarning har tomonlama kamol topishin-i ta’minlaydi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, samarali shakllar hamda usullardan foydalanib, shu jumladan, tarbiyalanuvchilarning bo'sh vaqtini tashkil etishda ular bilan yakka tartibdagi ishlarni ta’minlashga ko'maklashadi;
598
ilg'or pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni kamol toptirish borasidagi zamonaviy xalqaro tajribani o'rganadi, umumlashtiradi va maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etadi;
maktabgacha ta'lim sohasida mutaxassislarning xalqaro tajribasini o'rganish maqsadida o'quv safarlarini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy- tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi o'quv-metodik, didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o'yin va o'yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash sohasida:
o'quv dasturlari, o'quv-metodik adabiyotlarni pedagogika amaliyotiga joriy etish ustidan nazorat qiladi;
ilg'or pedagogika texnologiyalarini, zamonaviy o'quv- metodik komplekslarni yaratish va o'quv-tarbiya jarayonini didaktik ta'minlash bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantiruvchi o'yinlar va o'yinchoqlar bilan ta'minlaydi;
maktabgacha ta’lim muassasalarini milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob o'qishga qiziqish uyg'otuvchi badiiy adabiyotlar bilan ta'minlashni tashkil etadi;
bolalarni yot g'oyalardan himoya qilish, ularning ma'naviy dunyosini oshirish, milliy va jahon adabiyotini targ'ib qilish maqsadida bolalarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga ko'maklashadi, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi;
maktabgacha ta'lim tizimining jurnallarida Vazirlikning metodik tavsiyalari va buyruqlarini nashr etish orqali ilmiy- metodik axborotni yoyishga ko'maklashadi;
qat'iy hisobot beriladigan hujjatlar namunalarini ishlab chiqadi va ularning ko'paytirilishini tashkil etadi;
599
bolalar badiiy adabiyotlarini, o'quv-metodik qo'llanma- larni, didaktik o'yinlar va o'yinchoqlarni yaratish bo'yicha nashriyotlar, tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik qiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish masalalarini yuqori professional darajada hal etishga qodir bo'lgan maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:
-maktabgacha ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
-maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlar bilan ta'minlanganligi monitoringini olib boradi;
maktabgacha ta’lim sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy- metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimiga maktabgacha ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilg'or xorijiy tajribani joriy etishga ko'maklashadi;
maktabgacha ta'lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni professional tayyorlash amalga oshiriladigan kasblar va mutaxassisliklar ro'yxatini belgilaydi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari va pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazadi;
Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yaratish va tajribali, yuqori malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb qilish sohasida:
maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini moddiy rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqadi;
600
davlat maktabgacha ta'lim muassasalarini malakali kadrlar bilan ta’minlaydi;
har yili oliy ta’lim muassasalariga o'qishga qabul qilish borasida maktabgacha ta’lim sohasida takliflarni shakllantiradi;
o'quv-metodik materiallarni ishlab chiqishga, pedagogik texnologiyalarni maktabgacha ta’lim muassasalarining o'quv- tarbiyaviy jarayoniga istiqbolli joriy etishga ta'lim va ilmiy- tadqiqot muassasalarini, pedagogik jamoatchilikni jalb etish bo'yicha faoliyatni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim sohasida mutaxassislarni ma'naviy va moddiy rag'batlantirish bo'yicha kasb mahorati tanlovlari o'tkazadi, tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi;
-ta'lim, ilmiy-tadqiqot, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida uzoq muddatli dasturlar, loyihalar, rejalarni ishlab chiqadi, ularni bajarish bo'yicha asosiy talablarni belgilaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish sohasida:
jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish sohasida maktabgacha yoshdagi bolalarni kamol toptirishda ruhiy- pedagogik va tashkiliy sharoitlarni ta’minlaydi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni ijtimoiy-kommunikativ, bilishni rivojlantirish, nutq, o'qish va yozishga, chet tilining dastlabki asoslariga tayyorlash, badiiy-estetik va musiqiy tarbiya sohasida to'laqonli kamol toptirishni ta’minlaydi;
bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish dasturlari va tadbirlarini ishlab chiqadi, bolalarning psixofizik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni turli to'garaklar bilan qamrab olish bo'yicha tizimli faoliyatni tashkil etadi;
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchi- larining to'laqonli, oqilona, muvozanatlashgan, sog'lom ovqatlanishini ta’minlaydi;
601
maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini har xil yo‘nalishlardagi to’garaklarda shug'ullanishga jalb etish strategiyasini ishlab chiqadi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish hamda ularning hayoti va sog'lig'ini himoya qilish bo'yicha profilaktika chora- tadbirlarini muvofiqlashtirish sohasida:
maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlarga rahbarlik qiladi va ularni muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalari tibbiyot xodimlarining malakasi muntazam oshirilishiga ko'maklashadi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |