Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish tamoyillari va asosiy yo'nalishlari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g'oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o'quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko'plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta'lim tizimini yaratish ko'zda tutilgan edi.
Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o'xshashi yo'q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi - bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta'minlash, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, o'qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko'nikmalarini shakllantirish
bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g'oyalariga sadoqat, tariximiz va boy ma'naviy-ma'rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Maktabgacha taiim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Taiim to‘g'risida»gi Qonun (1992-y.), Kadr lar tayyorlash milliy dasturi (1997-y.), «Maktabgacha taiim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011), Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat maktabgacha taiim muassasasi to'g‘risida’'gi NIZOM (2017), "Nodavlat maktabgacha taiim muassasasi to'g'risida NIZOM", «Ilk qadam» o'quv dasturi (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008-yilda ishlab chiqilgan «Maktabgacha taiim to'g'risida»gi Konsepsiyada maktabgacha taiim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari, taiim- tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan boiib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 19-iyuldagi 528-sonli qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boigan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taiim muassasasi to‘g'risida»gi qaroriga asosan mazkur nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boigan maktabgacha yoshdagi bolalarni sogiomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taiim muassasalarining (keyingi o'rin- larda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taiim muassasasi ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogikva davolash-sogiomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:
maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'lim- tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash;
korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;
bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim- tarbiya muhitini yaratish;
bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;
bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.
O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g‘risida»gi qonunga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
"Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to'g'risida NIZOM”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining sog'lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha taiim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o'rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Respublikadagi barcha maktabgacha taiim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Maktabgacha taiim va Sogiiqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha taiim muassasalarida bola hayoti va sog'lig'ini muhofaza etish tartibi to'g'risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog'lig'ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sogiiqni muhofaza etishga, yong'in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan.
O'zbekistonda maktabgacha taiim muassasalarining zamonaviy tizimi:
Maktabgacha taiim va boshlang'ich taiim muassasasi (bolalar bog'chasi - maktab);
bir necha ustuvor yo'nalishda faoliyat yurituvchi maktabgacha taiim (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va sport yo'nalishlari va h.k);
Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi;
tibbiy-gigiyenik, profilaktik va sogiomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog'lig'ini tiklashga yo'naltirilgan bolalar bog'chasi;
birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi)
Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg'armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o'zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg'iz va qozoq tillarida olib borilmoqda.
O'zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani;
ta'limning uzluksizligi va izchilligi;
o'rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo'nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta'lim tizimining dunyoviyligi;
Davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olish huquqiga ega ekani;
ta'lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirish- ning rag'batlantirilishi;
ta'lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvning o'zaro uyg'unligi.
Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo'g'in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to'g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo'jalik ishlarini to'g'ri va oqilona yuritishni, ta’lim ja- rayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining mustaqil faoliyat
ko'rsatishini ta'minlaydi. Taiim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko'ra, ularga taiim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi.
Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg'armalar va homiylar vakillarini o'z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali taiim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda taiim tizimi, jumladan, maktabgacha taiim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanadi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. jumladan, «Taiim to'g'risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha taiimga bag'ishlangani shundan dalolat beradi.
Unga ko'ra, maktabgacha taiim tizimining asosiy maqsadi
bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog'lom va yetuk boiib voyaga yetishini ta’minlash, ta'limning keyingi bosqichi - o'rta maktabda o'qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg'otishdan iborat. Shuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha taiim olti- yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha taiim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha taiim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, jismoniy, ma'naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an'ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi
tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va ota-onalarning o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda.
Shu ma’noda 1993-yilda qabul qilingan hamda farzandla- rimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma'naviy jihatdan tarbiyalashni ko'zda tutgan «Sog'lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko'zda tutilgan:
maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish;
maktabgacha ta'lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to'garaklarini tashkil etish;
bu borada mamlakatimizda va xorijda to'plangan ilg'or tajribani o'rganish va ommalashtirish;
mashg'ulotlarni qiziqarli o'yin tarzida, xususan, xalq milliy o'yinlari asosida tashkil etish va o'tkazish;
bolalarning sog'lig'ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog'lomlashtirish va chiniqtirish mashg'ulotlarini uzluksiz olib borish.
Maktabgacha ta'lim bo'yicha asosiy qonun hujjatlari:
«Ta'lim to'g‘risida»gi Qonun (Т.: 1997].
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (Т.: 1997].
«Maktabgacha ta'lim muassasalari to'g'risida»gi Nizom (Т.: 2017].
«Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (Т.: 2008; 2011).
maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari (Т.: 2018].
Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko'rsatmalar, yo'riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar.
«Ilk qadam» o'quv dasturi (Т.: 2018).
Munozarali masalalarni hal etish hamda o'quv jarayonini bahs-| munozara tarzida o'tkazishda qoilaniladigan ushbu texnologiya tinglovchilarning o'z nuqtayi nazarini himoya qilishga, erkin fikrlash va o'z fikrini asoslashga hamda bahslashish madaniyatiga o'rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog'ozga o'z fikrlarini aniq va qisqa ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi j fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |