Maktabgacha pedag


Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish



Download 0,52 Mb.
bet143/233
Sana16.09.2021
Hajmi0,52 Mb.
#176168
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   233
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Kunning ikkinchi yarmini rejalashtirish. Kunning ikkinchi yarmi ikki qismdan iborat: guruhdagi va sayrdagi ishlar kunning ikkinchi yarmida bolalarning guruhdagi o'yin faoliyati rejalashtiriladi.

Uyqudan keyingi o'yin uchun kichik guruhda - 45daqiqa, o'rta guruhda 1 soat, katta guruhda - lsoat, tayyorlov guruhida -1,5 soat ajratiladi.

Syujetli-rolli o'yinlar ham rejalashtiriladi ffaqat nomigina yoziladi). Rejada, shuningdek, stol usti bosma o'yinlari, didaktik o'yinlar ham mo'ljallanadi. Rejaga stol usti bosma o'yinlari qoidasi, tushuntirilishi ham yoziladi. Bu vaqtda dramalashtirilgan o'yinlar ham rejalashtiriladi.

Tarbiyachi qurilish o'yinlarida o'zining qatnashishini ham rejaga yozib qo'yadi. Unda tarbiyachining bolalar bilan atributlar yasashi ham mo'ljallanadi.

Kechqurunga ko'ngil ochish o'yinlarini rejalashtirish mumkin. U haftasiga bir marta o'tkaziladi. Katta va tayyorlov guruhida kitoblarni bir necha kun davomida o'qib berish ham rejalashtiriladi. Tarbiyachi har gal o'qishdan oldin "O'tgan gal





men sizlarga nima o'qib bergan edim”, deydi. Bolalar buni esga tushirib, so'zlab berishadi. Tarbiyachi savollar bilan yordam berib turadi.


Running ikkinchi yarmida asosan bolalarning xilma-xil o'yin faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalarning syujetli-rolli o'yinlari uchun sharoit yaratish, o'yinchoqlar bilan o'ynashga o'rgatish va boshqalar kalendar rejasiga yoziladi. O'yinda tarbiyachining qatnashishi ham rejada qayd etiladi. Bu bolalar o'yinini tashkil etish va unga tarbiyachining rahbarlik qilishi uchun shart- sharoit yaratadi.

Katta va tayyorlov guruhlarida tarbiyachining bolalar o'yiniga rahbarligi o'zgarib; bevosita rahbarlikdan bavosita rahbarlikka o'tadi, tarbiyachi bolalarning mustaqil faoliyatlarini rag'batlantiradi. Tarbiyachi qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarni, sahnalashtirilgan va qoidali o'yinlarni ham rejalashtiradi.

Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig'ishtirish, yirtilgan kitoblarni ta'mirlash, qo'g'irchoq kiyimini yuvish, kichik bolalar uchun o'yinchoqlar yasab berish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tarbiyachi, shuningdek, ko'ngilochar o'yinlarni ham unutmaydi. Bunga qo'g'irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy ko'ngil ochish soatlari, musiqa eshitish va shunga o'xshashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o'qib berish, klassik va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham esdan chiqarmaydi. Running ikkinchi yarmida har kuni sayr o'tkaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o'yinlar, mehnat faoliyati kiradi.

Buyumlarni, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt bilan muloqotda bo'lish ham kalendar rejasidan o'rin egallashi kerak.

Tarbiyachi bolalarning o'zlari qiziqqan faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir bola mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug'ullanadigan qilib tuzilishi kerak.





Taiim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va o'yinlariga rahbarlik usullari, bolaning bo'sh vaqti, ko'ngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim,


O'qitishning har bir boiimiga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda bilimlarni egallashning asosiy bosqichlari hisobga olinadi. Rejada bilimlar mazmunining takrorlanishi, ularni sekin-asta murakkablashtirish nazarda tutiladi. Istalgan boiimga doir mashg'ulotlarni rejalashtirishda mazkur boiim bilan bog'langan asosiy taiim-tarbiyaviy masalalardan tashqari dasturning boshqa boiimlaridan ayrim masalalarni kiritish kerak. Mashg'ulotlarni bunday yaxlitlash ularni rivojlantiruvchi samarasini oshiradi.

Taiim-tarbiyaviy ishlar mashg'ulotlardan tashqarida: kun- dalik turmush, o'yin, mehnatda ham davom ettiriladi. Rejada bolaning xulq-atvorini: bir-birlariga xayrixohlik munosabatini, bir-birining o'yiniga qiziqishlari bilan hisoblashishni, yuzaga kelgan nizolarni haqgo'ylik bilan hal qilish kabilarni tarbiyalash vazifalari nazarda tutiladi.

Rejada o'yinda bolalarni o'zaro munosabatlari va xulq- atvorlarini tarbiyalash vazifasini kiritib, tarbiyachi bolalar o'yinlarining mazmunini, ularning o'ynash ko'nikmalarini hisobga oladi. Kun davomida tarbiyachi xilma-xil harakatli va didaktik o'yinlarni uyushtiradi, ularga rahbarlik rejalashtiradi.

Bolalarning mehnat faoliyatlarini tashkil etish shakllariga doir rejalashtirish muhimdir. Mehnatni tashkil etish shakli sifatida barcha guruhlarda topshiriqlardan foydalaniladi. O'z mazmuniga ko'ra topshiriqlar turlicha boiishi mumkin. Tarbiyachining ish rejasida yangi topshiriq mazmunini





qayd etish, so'ngra uni bajarishga jalb etiladigan bolalar ismlarini ko'rsatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachi bolalar navbatchiligiga rahbarlikni rejalashtirar ekan, tarbiyachi mehnat hajmi va mazmunini, bolalarga navbatchilik vazifalarini tanishtirishda foydalanadigan jihoz, metod va usullarni ko'rsatadi.


Rejada bolalarning jamoa shaklidagi mehnatlarini tashkil qilish mazmuni va tarkibi, o'tkazish vaqti ko'rsatiladi. Zarur jihozlar belgilanadi va joylashtiriladi.

Mustaqillik bayramlari, mustaqil yurtimizdagi muhim sanalar va hodisalar bilan bog'liq bayramlar, maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga Vatanga muhabbat, baynalminal hislarni tarbiyalash, ularni xalqimizning boy milliy va umumbashariy qadriyatlari asosida tarbiyalash maqsadida bayram ertaliklari o'tkaziladi. Bayramlarni tarbiyaning muhim vositasi sifatida puxta rejalashtirish lozim. Rejada muassasaning butun jamoasi, bolalarning tayyorlarligi aks ettiriladi. Pedagogik kengashda bayram ssenariysi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasi ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibotni amalga oshiradi. Ularni oila va maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarga ta’sir ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadlarida ta'lim- tarbiyaviy ish mazmuni bilan tanishtiradi. Bolalarni oilada tarbiyalashning ilg'or usullarini o'rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi. Bu ish izchil tarzda amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi tomonidan yillik rejada, tarbiyachi tomonidan ham rejalashtiriladi. Ishni tashkil etish usullari quyidagilarni: ota-onalar majlisi, bola oilasiga borishni, ochiq eshiklar kunini, mashg'ulotlar o'tkazishni, bolalar ishlari bo'yicha ko'rgazmalar tashkil etishni nazarda tutadi.

Ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish shakllarini ilova etamiz.



Ilova Yilik reja

  1. Hisobot.

  2. MTMning yildagi asosiy o'quv vazifalari.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tadbirlari (tarbiyachilarning ilg'or ish tajribalarini ommalashtirish, tarbiyachilarni metod birlashmalarga olib borish).

  4. Nazariy-amaliy seminarda qatnashish.

  5. MTM pedagogik jamoasi ro'yxati.

  6. Pedagoglarning siyosiy ongini oshirish (Prezident farmonlari, gazeta, Konstitutsiya).

  7. Malakka oshirish rejasi (Tarbiyachining F.I.Sh., yili).

  8. Pedagogik kengash (yillik rejani muhokamasi, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik haqida tarbiyachi hisoboti, pedagogik kadrlarni guruhlarga taqsimlash, ochiq mashg'ulotlar tahlili).

  9. Amaliy, nazariy seminar (bolalarda uchraydigan kasalliklar, aqliy rivojlanish).

  10. Tarbiyachilar uchun maslahatlar.

  11. Yosh mutaxassislar bilan ishlash (F.I.Sh.).

  12. Tashkiliy ishlar (ko'rik tanlovlarda qatnashish: «Yil tarbiyachisi», «Chaqqon ona», «Sog'lomjon, polvonjon»).

  1. . yilda o'tgan tadbirlar.

  1. Pedagogik jarayonni jamoa bilan kuzatish (katta guruhlarda ekologik tarbiya).

  2. MTM va maktab hamkorligi (maktabning yangi o'quv yilining boshlanishidagi marosimida qatnashish, tayyorlov guruhlari bolalarini maktab binosi bilan tanishtirish, o'qituvchisi bilan bolalarni o'zlashtirishi haqida suhbat, «Alifbe» bayramida qatnashish, «Xayr bog'cha, salom maktab»).

  3. Kam ta’minlangan oila bolalari bilan ishlash.

  4. Umumiy ota-onalar yig'ini (ota-onalar komitetini saylash, yillik ish reja bilan tanishtirish, to'garaklar haqida).

  5. Har bir yosh guruhda ota-onalar yig'ilishi.

  6. Yozgi sog'lomlashtirish va tibbiy ishlar rejasi.

  7. Ilg'or tajribalarni o'rganish (tarbiyachi F.I.Sh.ni





Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish