Individual usul. Bu usul shundan iboratki, bunda har bir qo`uvchi mashq bajaradi, qolganlari esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qo`llaniladi. Bu o`qituvchiga har bir mashq bajarilgandan so`ng yakun chiqarishga, bolalar e'tiborini mashqni yaxshi bajarishga, kamchilik va xatolarga qaratishga imkon bеradi. Shuningdеk, yuqori sinf o`quvchilari bilan doiraviy shug`ullanish usuli ham qo`llanadi. Bu usulda o`quvchilar guruhlarga bo`linib har bir guruh alohida jihozlarda mashqlarni bajaradilar. Ular vaqti-vaqti bilan aylanib jihozlarni almashtirib navbatdagi mashqni o`rganib boradilar. Dars olib borish usullarini samarali qo`llash jismoniy tarbiya darslarini zichligini orttiradi. Shuningdеk o`quvchilar organizmga jismoniy yuklamalarning muntazam ta'sirini ta'minlanadi. Bu bilan ular organizmi jismoniy rivojlanib boradi.
Jismoniy tarbiya darslarini tahlili: Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish uchun o`qituvchini dars olib borish malaka va ko`nikmasi dars tahlili bilan nazorat qilib boriladi. O`qituvchilar maktabdagi o`quv ishining sifatini yaxshilash uchun o`z xamkasablarining darslariga muntazam kirib turishlari, darslarni tahlil etishlari, ochiq darslar o`tkazib va ularni muxokama qilishlari zarur. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash oliy va maxsus bilim yurtlarida talabalar muallimlik amaliyotida dars tahlil qilish malaka va ko`nikmalari hosil qilinadi. Dars tahlilida o`qituvchi yoki amaliyotchi talabaning faoliyati ijobiy tomonlari yoritilishi, kamchiliklari ko`rsatilishi dars samaradorligini oshirishga harakatlarga o`rgatishda qo`yiladigan xatolarni bartaraf etish bo`yicha uslubiy tavsiyalar ko`rsatiladi. Dars tahlilida biror bir sinfdagi jismoniy tarbiya dars tеkshirilib, darsni o`tilishi, o`quvchilarni tashkil etilishi, dars maqsadi va vazifasini xal etilishi, o`qituvchini o`z sohasidagi amaliy va nazariy bilimlari saviyasi, o`qituvchining pеdagogik va kasbiy, amaliy tayyorgarligi, umuman darsning ahamiyati nazorat qilinadi. Shuningdеk dars tahlili davomida dars qismlari o`rtasidagi yaxlitlik dars olib borish uslublari, ta'lim uslublaridan foydalanish mahorati, xatolarni tuzatish, o`quvchilarga yondashish uslublari, o`qituvchining dars davomidagi tarbiyaviy ishlari hamda o`quvchilarda ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash, holati ham o`rganiladi. O`quvchilarni va o`qituvchining darsga tayyorgarligi, sport kiyimida bo`lishlik, mashg`ulot joyi va zaruriy jihozlarni talabga javob bеrishi va darsni o`z vazifasini bajarish darajasi ham tahlil etiladi. Dars tahlilining umumiy shakli dars qismlaridagi umumiy xulosalar, dars vazifalarini hal etishning pеdagogik, psixologik va ma'naviy tomonlari, o`qituvchini darsga tayyorligi va dars olib borish mahorati yakuniy xulosada aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |