Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi.
Bolalar asar voqealarni so’zlayotganda xilma-xil ovoz ohangi turini: so’roq, hayratlanish kabilarni qo’llay olishni, jumla tuzishni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
“Tulki bilan turna” o’zbek xalq ertagi asosida surat
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar, mana bu surat qaysi ertakdan? Bugun shu ertakni gapirib berishni o’rganamiz. Siz diqqat bilan eshiting, men o’qib beraman.
Asar bo’yicha savollar:
1. Ertak qanday boshlanadi?
2. Kimlar birga yashay boshlashdi?
3. Turna ovqat izlab ketganda tulki nima qilibdi?
4. Tulki turnaning bolasi yo’qolganini kimga to’nkabdi?
5. Tulkiga turna nima taklif qildi?
6. Turna tulkini qanday jazoladi?
Tarbiyachi savol-javobdan so’ng bolalardan ertakni qayta hikoya qilib berishni so’raydi? (3-4 bolaning javoblari).
Do'stlaringiz bilan baham: |