Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy)
Savodga tayyorlash uchun amaliy mashq
“O” tovushiga so’z top o’yini
Bolalar, “O” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “O” unli tovush. Men “O” tovushini aytganimda istagancha cho’zishim mumkin, chunki uni talaffuz qilayotganimda hech narsa to’siq bo’lmaydi. Og’zimni kuzating. “o-o-o”. Kuzatdingizmi “O” tovushini talaffuz qilganimda cho’zib aytdim.Tovush to’siqqa uchramadi. Demak “O” tovushi unli tovush ekan. Unli tovushlarni biz doimo qizil rangda belgilaymiz. “O” unli tovushiga so’z topamiz. (oy,ot, olma, olcha, Olim...) So’zlardagi “O” tovushini o’rnini aniqlaymiz
“Tez aytishni –ko’p aytish” o’yini
Endi bolajonlar, tez aytishni kim ko’p ayta olishini sinab ko’ramiz:
Oqqush ko’lda suzadi,
Oppoq bo’ynin cho’zadi.
Mashg’ulot yakunida barcha bolalarni rag’batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |