Savodga tayyorlash bo’yicha amaliy mashq
Bolalar, “L” tovushiga so’z top o’yinini o’ynaymiz. “L” tovushi undosh tovush. Men “L” tovushini aytganimda istagancha cho’zib ayta olmayman.
Og’zimni kuzating “L”. Bunda tilim qaerga tegyapti? (Yuqori tish va milkka). Ana shular “L” tovushini cho’zib aytishimga to’sqinlik qildi. Tovushlar to’siqqa uchrasa, qisqa aytilsa undosh tovush deyiladi. “L” tovushi qisqa aytildi, to’siqqa uchradi. Biz yana qanday undosh tovushlarni o’rganganmiz? (“N”)
Shuning uchun “L” tovushini undosh tovush deb nomlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |