Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
-U qanday tovush ekan?
-Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o’rganamiz?"
- “Z” tovushi ishtirok etgan so’zlarni ayting.
-Qaysi transportning nomida “Z” tovushi bor? (kamaz, rasm asosida)
-Qaysi ho’l mevaning nomida “Z” tovushi bor? (uzum)
-Qaysi hayvonning nomida “Z” tovushi bor? (zebra)
-Qaysi qushning nomida “Z” tovushi bor? (zag’cha)
3-mashg’ulot
Mavzu: “Sher bilan sichqon”masalini qayta hikoya qilishga o’rgatish
Maqsad: Asarni ketma-ket va aniq qayta so’zlab berishga o’rgatish.
Vazifalar:
Masal mazmunini tushunishga o’rgatish. O’z nutqlarida sodda, yoyiq gaplarning turli xillaridan foydalanish.
Ovoz kuchining past-balandligini o’zgartirishni shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |