O’yinning borishi: Bolalar doira shaklida turadilar. Tarbiyachi koptokni qo’liga olib, o’yinni boshlab beradi. U “Qo’lni sovunlab yuvish - foydali odat” yoki “Qo’lni yuvmaslik - zararli odat” deb to’pni xohlagan bir bolaga otadi. Koptokni ilib olgan bola oxirgi jumla “foydali odat” deyilishi bilan biror bir foydali odatni aytishi kerak. Aksincha “zararli odat” deyilgan bo’lsa, bola biror bir zararli odatni aytadi-da, koptokni boshqa bolaga otadi. Koptokni otayotgan paytda u ham albatta “foydali odat” yoki “zararli odat” deyishi kerak. O’yin shu tarzda davom etadi.
Izoh: Tarbiyachi o’yin davomida koptok har bir bolaga borishiga va javoblar qaytarilmasligiga ahamiyat berishi kerak.
Mashg’ulot yakunida bolalarni rag’batlantirish
Do'stlaringiz bilan baham: |