Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
- Bolalar, bugun qaysi tovush ishtirok etgan rasmlarni nomladik va ular haqida gap tuzdik?
-Nechta so’zdan iborat gaplar tuzdik?
-Qaysi so’zda “R” tovushi so’zning boshida keldi?
-Qaysi so’zda “R” tovushi so’zning o’rtasida keldi?
-Qaysi so’zda “R” tovushi so’zning oxirida keldi?
8-mashg’ulot
Mavzu: Surat bo’yicha hikoya tuzish: “Qo’l yuvish odobi”
Maqsad:
Surat bo’yicha tasviriy hikoya tuzishga o’rgatish.
Bolalarga shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etishni o’rgatish.
Vazifalar:
Bog’langan nutqni rivojlantirish. Voqealarni ketma-ket bog’langan holda grammatik jihatdan to’g’ri jumlalar tuzib bayon etishga o’rgatish.
Bolalarni suratda tasvirlangan voqealarga munosabat bildirib, mustaqil hikoya tuzishga o’rgatish. Berilgan so’zdan gap tuzishga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |