Kutilayotgan natijalar:
Bolalarning bog’langan nutqi rivojlanadi.
Bolalarning so’zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasi mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar:
A.Navoiyning “Bir kabutar” asari bo’yicha rasmlar
Mashg’ulotning borishi
Tarbiyachi: Bolalar, men sizga bir kabutar haqida hikoya o’qib bermoqchiman. Agar yaxshilab eshitsangiz, kabutar o’z uyini qanchalik yaxshi ko’rishini bilib olasiz.
(Tarbiyachi hikoyani ifodali o’qib beradi).
Hikoya bo’yicha savollar:
1. Hikoya qanday boshlanadi?
2. Kabutar qanday qafasga solinibdi?
3. Kabutar qafasda o’zini qanday his qilibdi?
4. Kabutar qafasdan qochib qaerga boribdi?
5.Kabutar uychasining buzilganini ko’rib, podshohning uyiga qaytdimi?
(Tarbiyachi hikoyani yana bir bor o’qib beradi, so’ngra 5-6 nafar bolalar hikoyalari eshitiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |