II BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATBUOT
MATERIALLARI ASOSIDA ODOB MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING MAZMUNI, SHAKL VA METODLARI
2.1 Mashg’ulotlar jarayonida bolalarda odob madaniyatini tarbiyalashda
matbuot materiallaridan foydalanish
O’tgan yillarimizga, o’tgan yo’llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak,
mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Maktabgacha taa’lim
butunlay yangilanish, yangi jarayongi tom ma’noda o’tish va unga moslashish
davrini boshdan kechirdi.
1991-1992 o’quv yillaridan boshlab, barcha maktabgacha ta’lim muassasalari
yangi ta’lim-tarbiya dasturiga o’tdilar. Bu dasturlar asosida bolalarga bilim va
ko’nikmalar o’yin majmuasi mashg’ulotlari orqali singdirildi. Respublikamizning bir
qator maktabgacha ta’lim muassasalari sinov maydonchalariga aylantirildi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarimizda xorijiy tillar kompyuter saboqlari hamda
jismoniy tarbiya va musiqa mashg’ulotlari yanada chuqurroq o’rganila boshlandi.
1997 sil 29-avgust O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul
qilingan ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida
uzluksiz ta’limning birinchi bosqichi maktabgacha ta’lim deb olindi. ―Ta’lim
to’g’risida‖gi Qonunning 11-moddasida: ―Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom
va yetuk, maktabdan o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini
ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk
shaklidan qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib borilida‖, - deb ta’kidlanadi.
Soha
mutaxassislari
tomonidan
―Maktabgacha
yoshdagi
bolalarning
rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari‖ hamda ―Bolajon‖ tayanch dasturlarining
bajarilishini uslubiy jihatdan ta’minlash bilan birga uning ijrosini amalga oshirish
maqsadida zarur adabiyotlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Respublika
an’anaviy, noan’anaviy maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan
bolalarning ota-onalari uchun uslubiy qo’lanmalar, tavsiyanomalar, mashg’ulotlar
to’plamlari homiy tashkilotlar tomonidan ajratilgan mablag’lar hisobidan nashr
qilinmoqda.
32
Bugungi bolalar uchun o’yinchoq oddiy ovunchoq emas. O’yinchoqlar, o’yin
vositalari sifatida ta’lim-tarbiya uchun xizmat qiladi. Ta’limiy o’yinchoqlar, o’yin
vositalari, ko’rgazmali qurollarga yangi gigiyenik talablar me’yorida ishlab chiqilgan
bo’lib, bu ularning didaktik imkoniyatlarini muntazam kengaytirib boradi. Ta’limiy
o’yinchoqlarni amaliyotda qo’llash orqali yuqori natijalarga erishish usullari bo’yicha
qo’llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqarildi.
Shuningdek ta’limni boshqaruvchi tashkilotlarning buyurtmalariga muvofiq
hozirgi zamon maktabgacha ta’lim sohasidagi uslubiy yangiliklar, texnologiyalar,
xorijiy mamlakatlardagi maktabgacha ta’limning shakllari to’g’risida qo’llanmalar,
uslubiy ishlanmalar tayyorlanib mutaxassislarga taqdim etilmoqda.
Bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda mashg’ulotlarning o’rni katta. Biz
tadqiqotimiz doirasida matbuot materiallari asosida boshlalarda odob madaniyatini
shakllantirishni o’z oldimizga maqsad qilib olar ekanmiz, buning imkoniyatlarini
mashg’ulotlar jarayonida ko’rib chiqishga harakat qildik. ―Badiiy adabiyot‖
mashg’ulotida ―Maktabgacha ta’lim‖ jurnalining 2012 yil 8-sonida berilgan ―Odob
durdonalari‖ turkumidagi mavzu asosida bolalar bilan mashg’ulot olib bordik.
Odob (arabcha adab so’zining ko’pligi) – xulq-atvor, jamiyatda etirof etilgan
xulq me’yori shaxs ma’naviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va u boshqalar
bilan munosabatda namoyon bo’ladi. Odob asosida axloqiy tamoyillar, me’yorlar,
tarbiyalanganlik darajasi va estetik ideal talablari yotadi. Odob kishining jamoat
orasida o’zini qanday tutishi, odamlar bilan qay yo’sinda muomala qilishi, o’z
turmushi, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, inson tashqi qiyofasi fanday bo’lishi
lozimligiga mansub qoidalar (masalan: or-nomus, sharm-hayo, iffat, kamtarlik,
xushmuomalalik, tarovat, fasohatlarni o’z ichiga oladi). Odob birinchi navbatda oila
muhitida,
qolaversa,
ta’lim-tarbiya, ijtimoiy-foydali mehnat, amaliy tajriba
jarayonida shakllanadi.
Demak, bolalarda odob madaniyatini shakllantirishda ta’lim muassasalarining
ham o’rni katta. Biz tajriba-sinov ishlarimizni Samarqand shahri 102-sonli ―Lola‖
MTM-sida olib bordik. Bunda bizga katta guruh tarbiyalanuvchilari va katta guruh
tarbiyachisi malakali pedagog
Hakimova Marg’uba
opa yordam berdi. Biz
33
matbuot materiali sifatida tayyorlangan mashg’ulot mavzusi va materialini u kishiga
taqdim etdik va mashg’ulot jarayonini kuzatdik. Dastlab tarbiyachi ―Ko’chada yurish
odobi‖ maqolasini bolalarga o’qib berdi.
Ko’chada odob xususidagi qaydlar, qoidalar, yo’l-yo’riqlar juda ko’p. Ko’cha
odobi eng avvalo, odamlar orasida o’zini xushxulq tutishdan boshlanadi. Darhaqiqat
ko’chaga chiqqan kishining orasta kiyinishi ham odoblilik belgisidir. Kiyim-
kechaklar toza, sochingiz taralgan bo’lishi kerak, dastro’molsiz ko’chaga chiqmang.
Ko’chada kattalarga salom bering, ularni turtib o’tmang. Bordi-yu
shoshilayotgan bo’lsangiz, o’tib ketish uchun uzringizni aytib, ruxsat so’rang.
Ko’cha-ko’yda kamsuqum, kamtar, shirinsuxan bo’ling. Bekordan-bekor shovqin
solmang, ovozingizni ko’tarib, xoxolab kulmang. Yo’l harakati qoidalariga amal
qilish, yurish mumkin bo’lmagan joydan yurmaslik, gulzorni payhon qilmaslik, non
uvog’ini ko’rganda olib qo’yish, yo’lda harakatga xalaqit beradigan tosh, kesak,
shox-shabbalarni olib tashlash ham ko’chada yurish odobi sanaladi.
Shundan so’ng bu ma’lumotlar bolalarning yodida yanada yaxshiroq saqlanishi
va to’g’ri xulosa chiqarib olishlari uchun aynan shu maqola asosida tayyorlangan
sahna ko’rinishi ssenariysini havola etdik. Guruhdagi 16 nafar tarbiyalanuvchidan 2
nafari bizga yordam berdi. Qolgan tarbiyalanuvchilar ularni e’tibor bilan kuzatib
turishdi.
Mashg’ulot
maydonchasida
yurish
yo’lakchasi,
svetafor,
ekinzorni
ifodalaydigan yashillik va uch dona daraxt maketlari qo’yildi. Birinchi bola (Doston)
uyidan chiqishda toza kiyimlarda chiqib, oynaga qarab sochlarini, kiyimlarini tuzatdi.
Piyodalar yo’lidan yurib svetafor belgilariga amal qildi. O’zidan katta (tarbiyachi
opa)ni ko’rgach odob bilan salom berdi. Yo’lda yotgan tosh va shoxlarni
ehtiyotkorlik bilan chetga olib qo’ydi va manzilga yetib bordi.
Ikkinchi bola (Anvar) pala-partish kiyinib, sochlarini taramasdan, oynaga
qarmasdan yo’lga tushdi. U maxsus yo’lakdan emas, ekinzorni payxon qilib yurib
ketdi. Daraxtdagi qushlarga tosh otdi. Kattalarga bepisandlik bilan o’tdi. Salom ham
bermadi, iltifot ham ko’rsatmadi.
34
Bu ikki holatni ko’rgan tarbiyachilarga har ikki holatni tahlil qilish uchun biroz
vaqt berdik va keyin maqola hamda namoyish etilgan ko’rinishlarning nechog’lik
ta’sir etganligini, ularda ko’chada yurish odobi qay darajada shakllanganligini
aniqlash maqsadida savol-javob o’tkazdik. Quyida savol-javob natijasini havola
etamiz:
1. Odobli bolalar ko’chaga qanday chiqishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |