Мактабгача ёшдаги болаларда матбуот материаллари асосида одоб маданиятини шакллантириш



Download 453,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/29
Sana28.01.2021
Hajmi453,58 Kb.
#56879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda matbuot materiallari asosida odob madaniyatini shakllantirish

Durdona: - Toza kiyinib,  sochlarini  tarab, dastro’mol olib chiqish kerak. 

2.  Ko’chada kattalarga  salom bermagan bolani odobli deyish mumkinmi? 



Abror:  - Yo’q. 

3.  Anvar ko’chada qanday odobsizlik qildi? 



Dilshoda: - Maxsus yo’lakdan yurmadi, tarbiyachi  opaga salom bermadi. 

4.  Qani Vasila,  sen aytib ko’rchi odobli bola yana qanday bo’lishi zarur? 



Vasila:  -  Ko’chada  muzqaymoq  yemaslik  kerak,  o’rtoqlari  bilan  urishmaslik 

lozim. 


5.  Yo’l qoidalariga  amal  qilish  ham odoblilikka  kiradimi? 

Mastura: Faqat yashil chiroq yonganda yurish lozim. 

Bu  kabi  savol-javobda  shuni  angladikki,  bolalar  maqolani  va  unda  aks  ettirilgan 

g’oyalarni,  fikrlarni  to’g’ri anglab ijobiy  xulosa chiqarishibdi. 

Keyingi  kun  biz  yana  mashg’ulot  jarayonida  ishtirok  etdik.  O’tgan  safargi 

mashg’ulot  mavzusiga  hamohang  ravishda  ―Ko’chada‖  hikoyasini  tarbiyachidan 

bolalarga  o’qib berishi so’radik. 



“KO’ChADA” 

Yuz-qo’llari,  kiyimlari  ozoda,  sochlarini  silliq  taragan  Dilnoza  buvisi  bilan 

ko’chaga yo’l oldi.  

Bunaqa  paytlarda  u  gaplashishni  ham  yaxshi  ko’radi.  Buvisi esa unga juda ko’p 

narsa,  qadimgi  binolar,  haykallar,  anhorlar,  chinorlar  haqida  qiziq-qiziq  hikoyalar 

so’zlab berdi. 

Dilnoza  shularni  o’ylab borayotgan edi, bir bolaning xarxashasi  xayolini  bo’ldi: 

- Olib berasiz, mana shu saqichni olib berasiz! – derdi bola. 

Onasi bo’lsa unga nimalarnidir  uqtirmoqchi bo’lardi, lekin  bola yer depsinib: 



 

35 


- Unda ―Snikers‖ olib bering!  – derdi. 

Oyisi uyatdan xijolat  chekib atrofga alanglardi. 

- Buvijon  – dedi Dilnoza, - anavi  bola oyisini  xafa qilyapti-a? 

-  Ha  bolajonim,  bechora  onasining  puli  yo’qdir-da,  -  deya  buvisi  norozi bo’lib, 

boshini sarak-sarak qildi. 

- Men hyech ham bunaqa qilmayman,  kattalarni  uyaltirmayman-a,  buvijon? 

- Buving  aylansin  sendan, o’zimning  aqlli  nabiramsan! 

Hikoyaning  bolajonlarga  nechog’lik  ta’sir  etganligini  aniqlash  maqsadida  yana 

savol-javob o’tkazdik. 

1.  Dilnoza  kim  bilan  ko’chaga chiqdi? 

2.  Ko’chada  xarxasha  qilayotgan  bola  onasidan  nimalar  olib  berishini  talab 

qilardi? 

3.  Bolaning  o’zini bunday tutishi  odoblilikka  kiradimi? 

4.  Nima  deb o’ylaysiz, Dilnoza  odobli qizlar  safiga kiradimi? 

5.  Siz  ham  ko’chada  yurganingizda  onangizdan  biror  narsa  olib  berishini  talab 

qilasizmi? 

6.  Ukangiz  yoki  singlingiz  ko’chada  yig’lab  odobsizlik  qilsa,  siz  qanday  yo’l 

tutasiz? 

7.  Odobli bolaga xos bo’lgan sifatlarni  sanab bering. 

8.  Odobsiz bolaga xos bo’lgan sifatlarni sanab bering. 

Savollarga  imkon  darajasida  javob  berishdi.  Har  bir  savolga  deyarli  barcha 

bolalar  o’z  fikrlarini  bildirishdi.  Tarbiyachi  xatolarni to’g’irlab qo’shimcha izoh berib 

o’tdi. 

Mashg’ulot  yakunida  maqolaga  ilova  qilingan  Tolib Yo’ldoshning ―Odobnoma‖ 

she’ri yodlandi. 

Odob o’zi – bir so’z lekin, 

Aytaversak turi ko’p. 

Katta bir so’z deganida, 

Darrov desak, - labbay, xo’p. 

   

Va bajarsak biz ularning, 



 

36 


   

Aytganlarin shu zamon. 

   

Shuning o’zi bir odobdir, 

   

Odobsizlik – bu, yomon. 

Bolalarning  barchasi mashg’ulot oxirida  she’rni yoddan ayta olishdi. 

Biz  tajriba-sinov  ishlarini  olib  borish  jarayonida  tarbiyalanuvchilarga  odob 

madaniyatini  shakllantirishga  xizmat  qiladigan  bayram  dasturi  ssenariysini  ishlab 

chiqdik va uni  matbuotda chop ettirishga berdik. 


Download 453,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish