I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATBUOT
MATERIALLARI ASOSIDA ODOB MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
1.1 Barkamol avlodni tarbiyalashda matbuotning o’rni
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy xayotning boshqa sohalari
qatorida ommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat vujudga keldi.
O’zbekiston ommaviy axborot vositalari endilikda xorijiy mamlakatlarda yuz
berayotgan voqyea-hodisalar haqidagi axborotlarni, yangiliklarni, o’sha mamlakatlar
yoki yirik axborot agentliklaridan bevosita, to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib olish
imkoniyatlariga ega bo’ldilar. O’z navbatida respublikamiz haqidagi muhim yangilik
va axborotlar ham mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy axborot
agentliklari vakillari va muxbirlari tomonidan o’sha mamlakatlar axborot vositalari
uchun bevosita yetkazib berilmoqda. Axborot almashinuvi, dunyo voqyealaridan
xabardorlik, o’zini namoyon qilish imkoniyati tug’ildi. Umuman olganda, istiqlol
erkin fikrlashga, har kimning o’z fikrini oshkora bayon qilishga, hurriyatga keng
eshik ochdi. Hurfikrlilikni barqaror etishning yangidan yangi imkoniyatlarini yaratdi.
Jumladan, vaqtli matbuot turlari va sonlari ko’paydi. Demokratik erkinlik sharoitida
bir necha mustaqil siyosiy harakatlar, jamoat birlashmalarining nashrlari tashkil
qilindi. Mustaqil nashrlar o’z muassislari g’oyalari va dasturlari yo’nalishlari
doirasida mustaqil ish olib boradilar. Islohotlar va yangilanishlarga o’z
munosabatlari, muammolarga yondashish usullari bor. Biroq, yagona maqsad —
istiqlol taqdiri, mamlakat va xalq istiqboli ularni birlashtirib turadi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti I. Karimov ommaviy axborot vositalarining rolini alohida
ta’kidlab, - ―Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari har tomonlama rivoj
topishi lozim. Ular haqli ravishda hokimiyatning to’rtinchi tarmog’i bo’lishi darkor‖
degan edilar. Ommaviy axborot vositalari demokratik islohotlarni amalga oshirish
jarayonining qanday kechayotganligini quruq bayon qilibgina qolmay, uning tahliliy
tomoniga, insonlar hayotidagi o’rniga ham jiddiy e’tibor qaratishi lozim. Jamiyatni
demokratlashtirish
tarbiyaviy
jarayonga
ham
ta’sirini ko’rsatadi, iqtisodiy
muammolarni hal qilishda, turli hil salbiy hodisalarga qarshi kurashda yoshlar
13
o’rtasida ijtimoiy fikrni uyg’otadi. Har qanday millatning yuksak taraqqiyoti va jahon
hamjamiyatida yuqori mavqyeni egallashida shu millatga xos bo’lgan ruhiy-ma’naviy
xususiyatlar subyektiv omil sifatida muhim rol o’ynaydi. ―Milliy g’urur‖ tushunchasi
maxsus adabiyotlarda, ommaviy axborot vositalarida ko’p qo’llanilsa-da, uning asl
mazmun-mohiyati, o’ziga xos boshqa jihatlari ijtimoiy fanlar tomonidan yetarlicha
ilmiy tadqiq etilmagan. Aksariyat hollarda, u insonlarga xos ichki ruhiy-psixologik
xususiyat - tuyg’u sifatida, kishilarning ruhiy kechinmalari, intilishlari, his-
hayajonlarini hamda kayfiyatlarini ifodalovchi his-tuyg’u tarzida talqin etiladi. 2000
yil aprel oyida ―Xalq so’zi‖ gazetasida e’lon qilingan akademik S.G’ulomov va
professor V.Karimovalarning ―Ijtimoiy muhit va sog’lom madaniyat‖ maqolasida
oliy o’quv yurtlarida olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar xususida shunday bayon
qilinadi: ―Oxirgi paytlarda shunday voqyealarning ham guvohi bo’ldikki, fakultetda
a’lo bahoga o’qigan talaba turli aqidaparastlar to’dasiga qo’shilib yoki ular ta’siriga
berilib, o’zidagi bilimga, ezgulik yo’liga bo’lgan e’tiqodining sustligini ko’rsatib
qo’ymoqda. Talabalar yurtimizda 1999 yilda qabul qilingan ―Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar to’g’risida‖gi qonun haqida eshitganlar, lekin ularning bilim
darajalari bugungi kun talabiga javob bermaydi. Yoshlar orasida qonunni biladiganlar
30-31 foizni, u xavda eshitganlar o’rtacha 45 foizni, bilmaydiganlar esa 21-22 foizni
tashkil etadi‖. Ko’rib turganimizdek, oliy o’quv yurtlarida a’lo baholarga o’qish yosh
yigit-qizlarning ahloqan mustahkam va e’tiqodli bo’lishining yagona kafolati emas
ekan. So’rovlarning talabalar orasida olib borilganligi keltirilgan ma’lumotlardan
ko’rinib turibdi. Demak, agar so’rov qishloq va ishchi yoshlar orasida olib
borilganda, bu raqamlar ancha pastroq bo’lishi ham mumkin edi. Yoshlarning diniy
ta’sirga berilib ketishining asosiy sabablaridan biri ham shunda. OAVning asosiy
vazifalaridan biri demokratik davlat va fuqaroviy jamiyat talablariga muvofiq
ravishda ijtimoiy fikrni shakllantirishga faol hissa qo’shishdir. Bu yo’nalishda milliy
axborot vositalarimiz olib borayotgan katta hajmdagi ishni e’tirof etgan holda, bu
ishning samaradorligini oshirish maqsadida ayrim kamchiliklarni sanab o’tishni
lozim topdik. So’nggi vaqtlarda respublikaning davriy nashrlari sahifalarida islom
dinining tinchlik, sahovat, oqibat dini ekanini, uning ezgulik, musulmon kishining
14
fazilatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mohiyatini ochib beradigan maqolalar
deyarli chop etilmay qo’ydi. Ba’zi gazetalar turli manbalardan olingan rivoyatlarga
ko’p o’rin beradi. Mavjud holat voqyelikni buzib ko’rsatish, xatto diniy vaziyatni
chigallashtiradigan muhit paydo bo’lishi uchun zamin yaratishi mumkin. Hozirgi
zamon ilm-faniga taalluqli maqolalarni malakali va xolis mutaxassis taqrizidan
o’tkazib, so’ng e’lon qilish maqsadga muvofiqligi ma’lum. Amalda esa mutaxassis
taqrizidan o’tmagan maqolalarning nashr etilishi aholi o’rtasida noto’g’ri
ma’lumotlarning tarqalishiga, tushunmovchiliklarning vujudga kelishiga zamin
yaratmoqda. Masalan, ―2012 yil 21 dekabrda oxir zamon bo’larmish‖ kabi xabarlar
ko’pgina shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ko’pchilik hohlaydigan axborotni anglamaslik
va tanlay bilmaslik, axborotni o’quvchi yo tomoshabin bajonidil qabul qiladigan
tarzda uzatmaslik odamlarni tabiiy ravishda boshqa axborot vositalari tomon
yetaklaydi. Bu esa mamlakatimizdagi milliy ommaviy axborot vositalarining ta’sir
kuchiga putur yetkazadi, ularning muxlislarini yo’qotadi. Butun dunyoda odamlar
turmush tarziga umuminsoniy qadriyatlar, xususan, xalqaro demokratiyaning norma
va prinsiplari jadallik bilan kirib kelayotgan hozirgi sharoitda, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, ―Ommaviy axborot
vositalari jamiyatimizda haqiqiy ―to’rtinchi hokimiyat‖ga aylanishi, fuqarolarning
siyosiy huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarishda eng ta’sirchan omil bo’lishi
kerak‖. Bizning jo’shqin davrimizda barcha sohalarda bo’layotgani kabi ommaviy
axborot vositalarini erkinlashtirish va demokratlashtirish yo’lidagi e’tiborga molik
ijobiy natijalarimiz, ilg’or yutuqlarimiz izchillik bilan qonunlarimizda o’z aksini
topishi, qonunlarimiz bilan mustahkamlanishi ayni muddaodir.
Yosh avlodni o’z imkoniyatlariga tayanadigan, atrofda sodir bo’layotgan
voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni paytda shaxsiy
manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har
jihatdan barkamol etib tarbiyalash davlat ahamiyatiga molik vazifa sifatida
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonun, ―Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖, Prezident I.A.Karimov asarlarida aks ettirilgan.
15
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi o’zini, o’zligini
bilgan, oq-qorani, do’st-dushmanni ajratadigan, jamiyat taraqqiyoti yo’lida tinmay
faoliyat ko’rsatadigan, madaniyatli, ma’rifatli yosh avlodni, komil insonni voyaga
yetkazish masalasiga doimo zo’r e’tibor berib kelmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov o’zining ―O’zbekistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li‖ (1992), ―O’zbekiiston – kelajagi buyuk davlat‖ (1993),
―O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li‖ (1993), ―Yuksak
malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili‖ (1995), ―Fan ravnaqisiz buyuk davlat
qurib bo’lmaydi‖ (1995), ―Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q‖ (1996), ―Yangicha
tafakkurga keng yo’l‖ (1997), ―Zamonaviy kadrlar – taraqqiyotimizning muhim
omilidir‖ (1997), ―Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ (1997),
―Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q‖ (1998), ―Yuksak ma’naviyat – jamiyat
taraqqiyotining asosi‖ (1998), ―Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va
albatta baxtli bo’lishlari shart‖ (1998), ―Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot
pirovard maqsadimiz‖ (2000), ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖ (2008) kabi
ko’plab asarlari, ma’ruza va nutqlarida yuksak taraqqiyotni ta’minlashda barkamol
avlod tarbiyasiga alohida jiddiy e’tibor berganlar.
Komil inson – iymon va e’tiqodlilik, halollik va poklikning oliy timsoli.
Mustaqil O’zbekistoning bozor munosabatlariga o’tish sharoitida iymonli bo’lish,
halollik va poklik, vijdonli va diyonatli bo’lish nechog’lik zarur ekanligi
hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham Prezidentimiz ma’naviy barkamol
inson tarbiyasida yoshlarimizni elini, vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash
ishiga alohida ahamiyat berib kelayotir. Prezidentimizning quyidagi ta’rifida komil
insonning asosiy xususiyatlari har taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib
berilganligi diqqatga sazovordir. ―Komil inson deganda – deb yozadi Islom Karimov,
- biz avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o’zgalarga
ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz‖.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya mustaqil davlatimiz siyosati darajasiga ko’tarildi.
Chunki Prezidentimiz ta’kidlaganidek, taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk
odamlar hal qiladi.
16
Yurtdoshlarimizning
texnikaviy
bilimi,
murakkab texnologiyani egallash
qobiliyati, ma’naviy barkamollik, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy
zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanoti bo’ladi. Butun
ma’naviy va ma’rifiy tarbiya ishimizni shu qoidaga asoslanib qurmog’imiz zamon,
Mustaqil taraqqiyotimiz bozor munosabatlari davri talabidir.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib, quyidagi
to’rt jihatga e’tiborni qaratdi, ya’ni har bir fuqaro:
- o’z haq-huquqini taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin;
- o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga solib,
samarasini ko’rsin;
- atrofida sodir bo’layotgan voqyea-hodisalarga mustaqil munosabat bildira
olsin;
- shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg’un holda qurib,
faoliyat yuritsin. Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta’rifdir.
Komil inson tushunchasi ma’naviy barkamol inson tushunchasi bilan
hamohangdir. Ma’naviy barkamollika erishmay komil inson darajasiga yetish
mumkin emas. Demak, ma’naviy barkamollikka intilish – bu komil inson darajasiga
erishish uchun intilishdir. Komillika inson butun umri davomida erishib boradi.
Uchala tushuncha: sog’lom avlod, ma’naviy barkamol, komil inson – darajama-
daraja chuqur ma’no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, komil inson
bo’lishning aniq cheki va chegarasi yo’q. Bizning ko’hna tariximizda yuzaga kelgan,
xalq, mamlakat tarixida katta ma’naviy-axloqiy tarbiya rolini o’ynaydigan tasavvuf
komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta’limot
va amaliyot sanaladi.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon Sharqi
axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturilamal, qo’llanma vazifasini o’tagan ko’p
pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo’lgan. Bularga Kaykovusning ―Qobusnoma‖,
Sa’diyning ―Guliston‖, ―Bo’ston‖, Amir Temurning ―Temur tuzuklari‖, Abdurahmon
Jomiyning ―Bahoriston‖, Alisher Navoiyning ―Mahbub ul-qulub‖, ―Nasoyim ul-
muhabbat‖, Husayn Voiz Koshifiyning ―Axloqi Muhsiniy‖ va boshqalarni
17
ko’rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning ko’pchiligida odil sho hva adolat halollik,
soflik, poklik, to’g’rilik, rostgo’ylik, insonparvarlik, ma’rifatli bo’lish kabi insonning
sharqona fazilatlari berilgan.
Shuningdek, barkamol avlodni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining
ham o’rni katta. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1997 yil 24 apralda ―Axborot
olish kafolatlar va erkinligi to’g’risida‖, ―Jurnalistik faoliyatini himoya qilish
to’g’risida‖, 1997 yil 26 dekabrda ―Ommaviy axborot vositalari to’g’risida‖gi
qonunlar qabul qildi. Bu qonunlar O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot
vositalarining demokratik jamiyatga xos huquqiy asoslarini belgilab berdi. Ommaviy
axborot vositalarini rivojlantirish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Axborot Markazi Milliy matbuot klubi
tashkil etildi. Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro jamoatchilik markazi tuzildi.
Markaz jurnalistlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish yo’lida faoliyat
ko’rsatmoqda. 1996 yil may oyida O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini
demokratlashtirish va qo’llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi tashkil qilindi.
Bu ommaviy axborot vositalari vakillarining mustaqil o’z-o’zini boshqaruvchi,
hukumatga qarashli bo’lmagan ijtimoiy xayriya tashkiloti hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalari milliy mustaqillikning Vatanimiz, xalqimiz
taqdiridagi buyuk o’rni va ahamiyatini yaqin o’tmish fojealari va xalqimizning
bugungi yaratuvchilik ishlari misolida keng targ’ib qilib, yosh avlod qalbida Vatanga
muhabbat va sadoqatni tarbiyalamoqda.
Ommaviy axborot vositalari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik
islohotlarning mohiyatini, davlat siyosatini odamlar ongiga yetkazmoqda, ularning
mag’zini tushunishga ko’maklashmoqda. Inson va jamiyat manfaatlarini himoya
qilishda, davlat va jamiyat o’rtasida vositachi bo’lishdek rolni bajarishda muhim
ishlarni amalga oshirmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi
qabul
qilinganligining
18
yilligiga
bag’ishlangan tantanali
yig’ilishidagi ma’ruzasida: ―Yoshlarda ommaviy madaniyat niqobi ostidagi xurujlar,
diniy
ekstremizm,
xalqaro terrorizm, xalqimizga yot bo’lgan g’oya va
18
qadriyatlarining chetdan ―eksport‖ qilinishiga qarshi qat’iy pozisiyani shakllantirish
bo’yicha axborot va pedagogik texnologiyalarning zamonaviy yangi shakllari joriy
qilindi. Tabiiyki, bu borada ―Ommaviy madaniyat‖ning saviyasi past, yengil-yelpi
namunalariga qarshi haqiqiy san’at asarlarini yuksak darajada keng targ’ib va tashviq
qilish muhim vazifalardan biri bo’lib qolmoqda‖, - deb ta’kidlagan edi.
Davlatimiz rahbarining bu ko’rsatmalari hamda istiqbolli g’oyalaridan kelib
chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo unib-o’sib kelayotgan yosh
avlodning ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb
ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdir.
Matbuot – barcha bosma mahsulotlar majmui, tor ma’noda davriy nashrlar,
asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi. Matbuot ijtimoiy ongning o’tkir va ta’sirchan
vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta’sir ko’rsatadi, jamoatchilik
fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli
g’oyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli yo’nalishlarda yoritadi.
Matbuot XV asrning o’rtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 asr
mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari – radioeshittirish va
televideniye paydo bo’lgunga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va
g’oyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola
va varaqalardan iborat bo’lgan, XVII asrning boshlarida gazetalar, keyinroq esa
jurnallar tashkil topdi. XIX asrning o’rtalarida matbuot agentliklari vujudga kela
boshladi. XX asrda ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari
turlarining paydo bo’lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, matbuot hamon kishilik
jamiyatidagi o’z o’rni va mavqyeini tobora kengaytirib borayapti. Ijtimoiy-siyosiy
hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali ta’sir ko’rsatayapti.
Butun dunyoda matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir.
O’zbekistonda matbuot XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topdi. Toshkentda
1870 yilda o’lkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan ―Turkenstanskiye
vedemosti‖ va ―Turkiston viloyatining gazeti‖ Markaziy Osiyodagi matbuotning ilk
namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar Milliy Gazetalar 1905-
1907 yillardan faoliyat ko’rsata boshladi (―Taraqqiy‖, ―Xurshid‖, ―Xurshid‖).
19
Ularning yo’lini XX asrning ikkinchi o’n yilligida chop etilgan ―Sadoi Turkiston‖,
―Sadoi Farg’ona‖, ―Najot‖ gazetalari. ―Oyina‖ jurnali davom ettirdi. Milliy nashrlar
Turkistonni savodli, ma’rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga
aylantirish g’oyalarini targ’ib qildilar.
Istiqlol tufayli O’zbekiston matbuoti taraqqiyotga ham sifat jihatidan butunlay
yangi demokratik rivojlanish bosqichi boshlandi. Endilikda tashkilotlar, partiyalar,
uyushmalar, ayrim jamoalar, fuqarolar ham matbuot nashrlarini ta’sis etish huquqiga
ega bo’ldilar. Mamlakatimizda matbuot erkinligini ta’minlashga imkoniyat yaratila
borildi. Ommaviy axborot vositalarining normal faoliyat ko’rsatishi uchun shart-
sharoit yaratish, ularni nashr etish va tarqatish bilan bog’liq moliyaviy va texnik
masalalarni yechishda, ijodkorlarning demokratik jarayonda faol ishtirok etishi uchun
amaliy yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi ommaviy axborot
vositalarini demokratlashtirish va qo’llab quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg’armasi
tashkil qilindi. Bu jamg’arma ommaviy axborot vositalarining mustaqil, o’z-o’zini
boshqaruvchi, hukumatga qarashli bo’lmagan tashkiloti hisoblanadi.
O’zbekiston matbuoti ishiga umumiy rahbarlik qilib kelgan O’zbekiston
Respublikasi Davlat matbuot qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
―Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish to’g’risida‖gi farmoniga
binoan O’zbekiston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi etib qayta tashkil
etildi. Shunga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi Matbuot va axborot agentligi,
viloyat hokimliklari huzurida matbuot va axborot hududiy boshqarmalari tuzildi.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |