Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim kafedrasi
katta o`qituvchisi Jo`rayeva Dilafro`zning
“Boshlang`ich ta’limda xalq og`zaki ijodidan foydalanish”
nomli uslubiy ko`rsatmasiga
Taqriz
“Go`zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O`zbekistonim!” shiori ostida bebaho yurtimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonladik. O`tgan davr mobaynida jahon hamjamiyati O`zbekiston davlatini tan oldi, uning “o`zbek modeli” deb nom olgan rivojanish yo`lidan boxabar bo`ldi. Ana shu tarixiy jarayonda erishilgan asrga ta’tigulik yutuqlar, keng ko`lamli islohotlarning, jumladan ta’lim sohasidagi yangilanishlar tub mohiyati va ahamiyatini keng targ`ib qilish asosiy maqsadimizdir.
Ta’lim sohasida xalq og`zaki ijodidan foydalanish xalqimiz ming yillar davomida yaratgan, asrab-avaylab kelayotgan ilmiy bilim xazinalariga, boy qadimiy merosga asoslanadi. Chunki, ota-bobolarimiz hayot tajribalari natijasida yaratgan o`git va pandnomalari-yu dunyoviy bilimlariga mehnat, mehnatni ulug`lash kabi ko`plab g`oyalari mavjudki, ular nafaqat bugungi kunda, balki kelajakdagi avlodlar uchun ham ahamiyatli va qadrlidir.
Kichik yoshdagi o`quvchilarni bilimli qilib tarbiyalashda “O`zbek xalq og`zaki ijodi”ning o`rni beqiyosdir. Chunki bolalar ertak, topishmoq va maqollarni berilib eshitishni va o`qishni xush ko`rishadilar. O`zbek xalq og`zaki ijodini o`rganish asosida boshlang`ich sinf o`quvchilarini barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishda asosiy prinsiplardan biri hisoblangan, ya’ni boshlang`ich sinf o`quvchilarini nutqini o`stirish, pirovard natijada ularni ravon so`zlatishga o`rgatish hisoblanadi.
Ushbu uslubiy ko`rsatmada boshlang`ich ta’lim darslari samaradorligini oshirish maqsadida tayyorlangan. Unda xalq og`zaki ijodi namunalari bo`lmish ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, hikoyalardan darslarda foydalanishda o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqlarini o`sishi va jozibador bo`lishidagi o`rni haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Muallif o`z ishida boshlang`ich sinf o`quvchilariga o`zbek xalq og`zaki ijodini o`rgatish usullari va ulaming tarbiyaviy-ta’limiy tomonlarini ochib bergan.
Mazkur ko`rsatmadan boshlang`ich sinf o`qituvchilari darslarni xalq og`zaki ijodi namunalaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida foydalanishlari mumkin.
Samarqand DU Boshlang`ich ta’lim
metodikasi kafedrasi dotsenti X.Rabbanaqulov
Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus ta’lim kafedrasi
katta o`qituvchisi Jo`rayeva Dilafro`zning
“O`z kasbining fidoiysi” nomli uslubiy ko`rsatmasiga
Taqriz
Zamonaviy o`qituvchining maqsadi o`quvchilarni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdan iborat. Yurtimiz ertasi – og`il-qizlarning og`zaki nutqi ravon, tafakkuri boy va dunyoqarashi keng bo`lishiga jiddiy ahamiyat qaratish dolzarb vazifadir. Har bir pedagog fanlarda turli metod va usullarni qo`llashda o`quvchilar nutqi rivojlanishini ham e’tiborga olmog`i lozim. Bu masala boshlang`ich ta’limning asosiy negizi hisoblanib, nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta’limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarni ongli o`qish, o`qiganini ravon qayta so`zlab berish va yozishga o`rgatadi. Dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan, multimedia mahsulotlaridan foydalanish o`qituvchi uchun ham, o`quvchilar uchun ham katta yordam bo`ladi.
Mazkur uslubiy ko`rsatmada mahoratli o`qituvchi Samarqand shahridagi 47-umumta’lim maktab boshlang`ich sinflarda dars berib kelayotgan Nasimova Zulayhoning ish faoliyati haqida fikr yuritilgan. O`qituvchi uchun eng yuksak mukofot bu el-u xalq hurmatidir. Buning uchun esa o`qituvchi xalqning farzandlariga, yurtimiz kelajagi bo`lmish o`quvchilariga to`g`ri ta’lim va tarbiya bera olishidadir. O`qituvchi Z.Nasimova har bir darsida ilg`or pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanadi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan boshlang`ich ta’limning 1-3-sinf o`qituvchilari uchun ishlab chiqilgan uslubiy qo`llanmalar, multimedia ilovali darslardan samarali foydalangan.
Ushbu ko`rsatmada o`qituvchining boshlang`ich sinf o`quvchilarining nutqni o`stirishga qaratilgan dars ishlanmalari hamda kitob taqdimoti sseneriysi kiritilgan. Har bir ishlanma texnologik xarita asosida tuzilgan, ularda pedagogik texnologiyalar qo`llanilgan. Mavzuni yorituvchi slaydlardan foydalanilgan.
Mazkur ko`rsatmadan boshlang`ich sinf o`qituvchilari uslubiy qo`llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Maktabgacha, boshlang`ich va maxsus
ta’lim kafedrasi katta o`qituvchisi T.Tolipova
Do'stlaringiz bilan baham: |