O‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatiga muvofiqligi.
Ta’lim uslublari jismoniy mashqlarning barcha turlari uchun
bir xil. Shu bilan birga ularning har biri o‘zining xarakteri
va murakkabligi bilan muvofiqlikda ta’limning o‘ziga xos
usullarini talab qiladi. Masalan, ba’zi bir umumrivojlantiruvchi
mashqlarni o‘rgatish vaqtida so‘z uslubi bilan chegaralanadilar.
Yengil atletika mashqlarini o‘rgatish vaqtida ko‘rsatish
uslubidan ham foydalanish kerak. “Oddiy mashqlarni” o‘rgatish
vaqtida umuman o‘rgatish uslubi qo‘llaniladi “Murakkab
mashqlar”ni o‘zlashtirish vaqtida yondashtiruvchi mashqlarni
chetlab o‘tib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |