Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi



Download 14,97 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi14,97 Kb.
#658702
Bog'liq
ertangi mavzu


Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq qiladi. Bu faoliyat oʼquvchilarning doimiy kamol topishlari va taʼlim olishlariga bogʼliq maktabdagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning barcha jihatlarini ochib berishga harakat qilamiz. Respublikamizda maktab oʼquvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy pedagogik tibbiy, psixologik, yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib bormoqda. Soʼnggi yillarda pedagogik jamoalar ham paydo boʼlib, ularda maktab nafaqat taʼlim-tarbiya masalalarini, balki oʼquvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolarini ham yechmoqda. Davlatimizdagi oʼzgarishlar mavjud taʼlim tizimiga ham oʼz taʼsirini koʼrsatdi. Chunki unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozi aks etmasligi mumkin emas. Maktabning asosiy ijtimoiy vazifasi bolaning taʼlim-tarbiya olishga boʼlgan huquqini amalga oshirish hisoblanadi. Zamonaviy maktab sharoitlarida bolalarning ijtimoiy pedagogik himoyasi quyidagicha amalga oshmoqda: Maktab maʼmuriyati, sinf rahbarlari, guruh tarbiyachilari, kam taʼminlangan oilalar farzandlariga moddiy yordam, bepul ovqatlanish tashkil qilishadi. Sinf rahbarlarning bolaning oiladagi holatini oʼrganishadi. Tarbiyasi qiyin bolalar bilan alohida shugʼullanishadi. Maktabda psixologlari, bola qobiliyatlari va qiziqishlarini oʼrganishadi. Psixoterapevt va psixologlar ota-onalar va bolalarga maslahat berishadi va yordam berishadi. Maktabda mavjud boʼlgan sogʼliqni saqlash xizmati maktab oʼquvchilarini tibbiy koʼrikdan oʼtkazishadi, jismoniy tarbiya guruhlari tuzishadi, kuchsiz bolalarga maxsus ovqatlanish tashkil qilishadi, karantin sinflarini nazorat qilishadi. Maktabda ijtimoiy ishga maktab direktori yordamchilaridan biri rahbarlik qiladi. Tarbiya ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari maktabning maktabgacha tarbiya muassasalari, turli hukumat tashkilotlari bilan aloqasiga katta eʼtibor qaratadi. Ota-onalar qoʼmitasi ham oʼz oʼrnida tarbiyasi ogʼir bilan ishlashga yordam beradi. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki yondashuv mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki u maktabning shtatli hodimi hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik qila turib ijtimoiy pedagog tez-tez maktabga borib turadi. Ota-onalar va oʼquvchilarning oʼzaro munosabatlarining yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqlaydi. U bolalar bilan qoʼpol munosabatda boʼlgan oilalarni, jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni aniqlaydi.Bola yoki oilaga yordam berish maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, bola oʼqishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida shugʼullanadi. Bola tarbiyasidagi muammolarni xal qilish uchun huquqshunos, shifokor, milittsiya hodimlari xizmatidan foydalanadi. Ijtimoiy pedagog oʼquvchining maktabdan tashqari vaqtini tashkillashtirib, oʼz tarbiyaviy ishini olib borishida ota-onalar bilan hamkorlik qiladi. Hamkorlik yuzasidan sektsiya, klublar, har xil mehnat, turistik boʼlinmalar tashkil qiladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi ogʼir bolalar bilan ish olib borishini tartibga soladi. U maktab pedagogik jamoasiga doimiy tarzda sinfdagi psixologik muhit toʼgʼrisida axborot beradi. Аynan shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan bolalarga alohida eʼtibor qaratishi kerak. U ularni boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga koʼnikishlariga yordam koʼrsatadi. Ijtimoiy pedagog dars soatlari vaqtida noqonuniy ishlab yurgan bolalarni aniqlaydi, ularning oʼqish masalasini hal qiladi. U koʼp bolali oilalarning barcha imtiyozlaridan foydalanishlari, bolalarning reabilittsiya markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari va sinf rahbarlari tumandagi oila va oʼquvchilarni oʼrganib chiqishadi. ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarga eʼtibor berishadi, tarbiyasi ogʼir bolalarni tarbiyalashda oilalarga yordam berishadi. Oʼquv ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari oʼz faoliyatida toʼgarak, sektsiya, klublarni tashkil qilish, oʼtituvchining oʼquvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar bilan konsultatsiya oʼtkazish, alohida pedagogik eʼtiborga muhtoj bolalar bilan ish olib borishni nazorat qiladi. Аlohida fanlardan dars beruvchi oʼqituvchilar bolalarning qiziqishlarini oʼrganib chiqib, ularni turli toʼgarak va sektsiyalarga jalb qilishadi. Maktabda turli tadbirlar oʼtkazishadi. Bu tadbirlarni oʼtkazishda ota-onalar va sobiq oʼquvchilar yordamidan foydalanishadi, maktabga mashhur kishilarni chaqirishadi. Maktab yoshidagi bolalarning asosiy ijtimoiylashtiruvchi omili bolalar submadaniyatini shakllantiruvchi tengqurlar jamoasidir. Ijtimoiy pedagog bu hodisalarning funktsiyalarini bilishi, ularning oʼquvchilarning shaxsiy hislatlari va ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishdagi oʼrinlarini koʼra olishi lozim. Bola ijtimoiylashuvining shartlaridan biri tengqurlar bilan munosabatga kirishishdir. Bu munosabat bolalar bogʼchasi guruhi, maktab sinflari, turli norasmiy bolalar va oʼsmirlar birlashmalari kabi kichik guruhlarda shakllanadi. Bolalar va oʼsmirlar guruhlarida tengdoshlar orasida funksional, emotsional shaxsiy munosabatlar oʼrnatiladi. Tengqurlar guruhi odatda aʼzolarining hududiy yaqinligi asosida shakllanadi. Tengqurlar guruhi individual qiziqishlarning mos tushishi, rasmiy tashkilot (sinf, gurux va boshqalar) borligi va guruh aʼzolari oʼrtasida shaxsiy munosabatlar mavjudligi tufayli shakllanadi. Bu munosabatlar guruh aʼzolarining xarakter va oʼzaro taʼsirlarida, shuningdek sinfda rollarni taqsimlashda namoyon boʼladi. Ekspurimental tadqiqotlarda yetakchisi boʼlmagan guruh aniqlanmagan. Sohaviy etakchilar ham boʼlishi mumkin. Masalan, aqliy, emotsional, ishbilarmon yetakchi boʼlishi mumkin. Tenqurlar guruhini bir necha parametrlar boʼyicha tasniflashimiz mumkin. Ijtimoiy tizimidagi yuridik maqomiga koʼra tengqurlar guruhlari rasmiy, yaʼni jamiyat tomonidan tan olingan, biror bir davlat yoki jamoat tashkiloti bilan bogʼliq boʼlgan guruhlar va norasmiy oʼz-oʼzidan mavjud boʼlgan guruhlarga boʼlinadi. Ijtimoiy psixologik maqomiga koʼra ular ikkiga boʼlinadi, yaʼni mansublik guruhi-uning haqaqiy aʼzolari mavjud (sinf, sport klubi va boshqalar) va referent guruhi- bunga inson mansub emas, biroq hayolan tayanadi. Soʼnggi 10 yilliklarda tengqurlar guruhlari voyaga etayotgan avlod ijtimoiylashuvida eng muhim mikroomillardan biriga aylandi. Аvvalgi davrlarga qaraganda ularning oʼrni ancha jiddiylashdi, bunga bir qator jarayonlar oʼz taʼsiri koʼrsatdi. Urbanizatsiya shunga olib keldiki, borgan sari koʼp bolalar, oʼsmirlar shaharlarda yashashyapti va u yerda koʼproq tengdoshlar bilan muomala qilish imkoniga ega boʼlishmoqda. bu muomalani kattalar toʼliq nazorat qila olishmaydi. Katta oilaning kichiklashuvi bir bolali va toʼliqsiz oilalarning koʼpayishi, oilalarning notoʼgʼri tashkillashtirilganligi bolalar uchun oiladagi emosianal aloqalarning etishmovchiligini uydan tashqarida toʼldirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bolalar, oʼsmirlar va oʼspirinlar bir vaqtning oʼzida bir necha bir-birdan farqlanuvchi guruhlarga aʼzo boʼlishlari mumkin. Rasmiy guruhlar (sinf, sport toʼgaragi va boshqalar) bolalar ijtimoiylashuviga ular hayotiy faoliyatining mazmuni, ularda shakllangan oʼzaro munosabatlarning xarakteriga bogʼliq ravishda taʼsir koʼrsatadi. Norasmiy guruhlar bolalar, oʼspirinlar va oʼsmirlar ijtimoiylashuviga ularning tarkibi, yoʼnaltirilganligi yetkachilik turiga koʼra taʼsir koʼrsatishadi. Turli yosh va ijtimoiy madaniy xususiyatlarga ega boʼlishiga qaramay tengqurlar guruhining ijtimoiylashuvdagi funktsiyalari universaldir. Birinchidan, guruh aʼzolarini shu jamiyat madaniyatiga oʼrgatadi, yaʼni ularning xulq-atvorini guruh aʼzolarining milliy, diniy, mintaqaviy, ijtimoiy mansubligiga moslashtiradi. Ikkinchidan, tengqurlar guruhlarida ijobiy xulq-atvorga oʼrgatiladi. Bu ularga namunaviy xulq-atvorlarni koʼrsatish, gʼayri ijtimoiy xulq-atvorlarga nisbatan chora qoʼllash orqali amalga oshiriladi. Uinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar, oʼsmirlar va oʼspirinlarning kattalar, xususan ota-onalar taʼsiridan avtanomlashuvlari jarayonida muhim oʼrin tutadi. Toʼrtinchidan guruh oʼz aʼzolariga yosh submadaniyatidan mustaqil boʼlish imkonini beradi. Oʼrtoqlar va ogʼaynilar guruhlari kiyinish, yurish-turish borasida tengdoshlar jamiyatiga mos boʼlishga harakat qilishadi. Shu bilan bir vaqtda oʼz mustaqilliklarini ham saqlashadi. Yaʼni boshqa bolalarni oʼz guruhlariga qoʼshmaslikka harakat qilishadi. Beshinchidan, tengdoshlar guruhlari bolalar tomonidan oʼz-oʼzini anglash, oʼz-oʼzini belgilab olish masalalarini echishga qulay yoki noqulay sharoitlar yaratib beradi. Oltinchidan, guruh oʼz aʼzolari tomonidan “ekologik chuqurlik” sifatida qabul qilinadigan spesifik ijtimoiy tashkilot hisoblanadi. Guruhda emotsional va shaxsiy munosabatlar ham shakllanadi. Bolalar va yosh oʼsmirlar guruhlarida emotsional munosabatlarning asosiy funktsiyasi tengqurlar xulq-atvorini umumqabul qilingan xulq-atvor normalariga moslashdir. Bu holatda doʼstlik rishtalari, simpatiya birinchi oʼringa koʼtariladi. Аslida ular ontogenezda ancha avval paydo boʼlishgan. Аgar maktabgacha yoshdagi bola ularga amal qilsa, bu holat boshqa bolalar tomonidan ijobiy qabul qilinadi. Shaxsiy munosabatlar guruhdagi oʼzaro bogʼliqlik boʼlib, bunda bir bola xulq-atvorining sababi boshqa bola uchun shaxsiy maʼnoga ega boʼladi. Shaxsiy munosabatlar bola atrofdagilar bilan munosabatda kattalar rolini bajarganda yorqin namoyon boʼladi. Bolalar hamjamiyati bolalar submadaniyatining tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati–bu bolalarga jamiyatga koʼnikishlariga va oʼz normalarini yaratishlariga koʼmaklashuvchi madaniy hudud va muomala doirasidir.
Download 14,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish