III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining alohida guruhini ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar tashkil etadi. Bunga xususiy mulk; mehnat erkinligi; faoliyatni tanlash erkinligi; ishsizlikdan himoyalanish; mehnat qilish va mehnat sharoitiga ega bo‘lish; turarjoy; qonunda taqiqlanmagan iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish; dam olish; onalik va bolalikni himoya qilish; qarilikda, mehnat qilish qobiliyatini уо‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda ijtimoiy ta’minot (pensiya, nafaqa olish); sog‘liqni saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish; sog‘lom yashash muhitiga ega bo‘lish huquqlari kiradi.
Inson huquqlariga putur yetkazilgan barcha hollarda u o‘z huquqlari himoya qilinishiga ehtiyoj sezadi. Hozirgi kunda davlatning o‘zi ana shunday himoyachi rolini qonunlari, sudi va huquq-tartibot organlari orqali bajaradi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |