Dars turi: Aralash.
Darsda qo`llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O`quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O`quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O`tilgan va uyga berilgan mavzuni so`rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol - javob orqali aniqlanadi:
1.Jamoat birlashmalarining davlat organlaridan asosiy farqlarini ayting.
2.O‘zbekiston Respublikasida mavjud jamoat birlashmalari turlari nomlarini sanang.
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Hozirgi kunda axborot jamiyat hayotini tashkil etishning zaruriy omillaridan biriga aylanib bormoqda. Binobarin, inson faoliyatining axborot olish va uni qayta ishlash jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lmagan biror bir tarmog‘i qolmagan. Tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan hozirgi dunyoda fuqarolarning yangi sharoitlarga moslashishlariga ko‘maklashish, ularga bo‘layotgan voqealar, jarayonlar, hodisalar to‘g‘risida axborot berib borish, shuningdek, fuqarolar, ijtimoiy institutlar
va davlat hokimiyati organlari o‘rtasida samarali munosabatlar tizimini o‘rnatishga sharoit yaratishda, eng avvalo, fuqarolarning axborotdan foydalanish bilan bog‘liq konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish va kafolatlash masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot nafaqat muayyan ma’lumotlardan iborat obyekt, masalan, maqola yoki xabar sifatida, balki subyektning o‘zi o‘rganayotgan obyekt bilan o‘zaro aloqa qilish jarayoni sifatida ham tushunilishi lozim. XX asrning oxirlariga kelib, axborot jamiyatda tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqa resurslarga nisbatan ham kuchli va sezilarli mustaqil ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Axborot «kim», «qachon», «nima», «qayerda», «qancha», degan so‘zlar bilan boshlanuvchi savollarga
javob ko‘rinishida ifoda etiladi.
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasidan
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |