Davlat tuzilishi shakli - hokimiyatlarning markaziy hokimiyat bilan o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir.
Davlat tuzilishi shakli quyidagilarni namoyon etadi:
-davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini;
-mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishini;
-ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaatlari qay tariqa muhofazalanishini.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga egadir. Bu holda davlat hududi ma`muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar va hokazolarga), ya`ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr, О‘zbekiston va boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |