Dars turi: Aralash.
Darsda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Darsda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, darslik, bo’r.
№
|
Dars taqsimoti
|
Daqiqa
|
1
|
Darsni tashkil qilish jarayoni
|
2 daqiqa
|
2
|
O`tilgan va uyga berilgan mavzuni so`rash, takrorlash jarayoni
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni
|
8 daqiqa
|
5
|
Darsga yakun yasash, baholash metodlari
|
3 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa berish
|
2 daqiqa
|
|
Jami:
|
45 daqiqa
|
D A R S N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Darsni tashkil qilish jarayoni:
a)O`quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining darsga tayyorligini kuzatish.
s)O`quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O`tilgan va uyga berilgan mavzuni so`rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol - javob orqali aniqlanadi:
1.Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik instituti hamma vaqt mavjud bo`lganmi?
2.Fuqarolar huquqlarini ro`yobga chiqarish uchun zarur shart - sharoitlarni kim ta`minlashi lozim?
3.Fuqaro va davlat o`rtasida qanday o`zaro bog`liqlik vujudga keladi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Shaxs huquq va erkinliklari - kishilik sivilizatsiyasining mushtarak yutug`idir. “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” asarida Prezidentimiz Islom Karimov ma`naviy jihatdan boy, shaxsni tarbiyalash va ma`naviy yuksalgan jamiyatni yaratish milliy g`oyaning asosiy vazifasi ekanligini ta`kidlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning uzluksizligi nechog`liq ahamiyatga egaligi haqida so`z yuritiladi va “barkamol inson”, “ijtimoiy hamkorlik”, “diniy tolerantlik”, “millatlararo kelishuv” tushunchalar milliy g`oyaning tarkibiy qismi ekanligini qayd etadi. O`z zamonasida O`rta Osiyolik mashhur alloma va shoir Yusuf Xos Hojib (XI asr) mamlakatda kuch - qudrat emas, balki qonun hukmronlik qilgan taqdirdagina davlat zabardast bo`lishi xususida yozgan edi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida birinchi navbatda shaxsiy huquq va erkinliklar, keyin esa siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar mustahkamlab qo`yilgan.
Insonning eng muhim shaxsiy huquqi - yashash huquqidir. Aynan shu bo`yicha mamlakatdagi demokratiya mavjudligi belgilanadi.
Davlat va jamiyatning asosiy burchi - ana shu huquqni qo`l ostidagi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqning ro`yobga chiqarilishi davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti - sog`lom yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog`liq.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Do'stlaringiz bilan baham: |